Maʼruza: Elektr energiyasini hisoblash texnologiyalarining rivojlanishi


Download 206.42 Kb.
bet2/4
Sana20.06.2023
Hajmi206.42 Kb.
#1635665
1   2   3   4
Bog'liq
Reja 1 Elektr energiyani hisoblash qurilmalaring turlari

Umumiy maʻlumotlar. DDS28 bir fazali turgʻun elektr energiyasi elektron hisoblagichi faol (aktiv) elektr energiyasini 50 Gts chastotali 220 V kuchlanishli, bir fazali ikki oʻtkazgichli elektr tarmoqlarida oʻlchash uchun moʻjallangan. Elektr hisoblagich GOST 30207 (IES 61036) standart talablariga javob beradi va 1,0 aniqlik klassiga ega.
Elektr energiyasini hisoblagichining oʻziga xos xususiyatlari uning yuqori aniqlik darajasi va ishonchliligi, hamda elektr energiyasidan nooʻrin foydalanishni bartaraf etish imkoniyatlariga ega ekanligidadir. Elektr hisoblagich bevosita oʻlchash uchun moʻljallangan.
Elektr energiyasini hisoblagichning blok qismlaridan iboratligi va unda LST texnologiyasidan (katta sigʻimli integrallashgan sxema) va SMT dan foydalanilgani, hamda uning oʻta ishonchliligi va uzoq muddat xizmat koʻrsatishini taʻminlaydi.
Elektr energiyasini hisoblagich mustahkam tuzilmalardan iborat boʻlib, yopiq binolarda foydalanishga yaroqli va uzoq muddat undan foydalanishga imkonini beradi.
Elektr energiyasini hisoblagichda impulsli uzatish mavjud, bu isteʻmolchi uchun masofadan turib boshqarish sxemasini ishlatish imkoniyatini beradi.
Tuzilishi. Elektr energiyasini xisoblagichning qobigʻi (korpusi) bakelitli asosdan iborat boʻlib, yaltiroq polikarbonat qopqoq va elektr hisoblagichning qisqichlaridan iborat. U ikkinchi toifali himoya - izolyatsiya talablariga javob beradi. Elektr hisoblagichning qobigʻi qattiq va mustahkamdir.
Displey suyuq kristalli segment indikatordan iborat boʻlib, besh razryadli butun raqamlar va bir razryadli oʻnlik raqamli yacheykalardan iborat.
Elektr energiyasini hisoblagichda Ye 2 RROM doimiy xotira joylashtirilgan boʻlib, bu esa hisoblagichdagi maʻlumotlarni elektr energiyasi oʻchganidan soʻng xam 40 yil davomida saqlash imkoniyatini beradi.
Nazorat chirogʻi elektr hisoblagichning ish xolatini koʻrsatib turadi. Nazorat chirogʻining yonib – oʻchishi chastotasi elektr hisoblagichda oʻlchanayotgan quvvat bilan mutanosibdir.
Elektr hisoblagich qisqichlari elektr izolyatsiyali rangsiz qopqoqqa ega.
Vazifalari:

  1. Faol elektr energiyasini oʻlchash;

  2. Elektr energiyasini hisoblagich suyuq qristalli displey (LSD) orqali isteʻmol qilingan elektr enegiyasini koʻrsatadi;

V. Impulʻsli nazorat chirogʻi elektr hisoblagichning ishchi xolatini koʻrsatib turadi.
G. Optik bogʻlanish bilan muhofazalangan sust impulsli chiqish.
Texnik maʻlumotlar.



Belgilanagn kuchlanish, V

220

Belgilangan chastota, Gts

50

Nominal (maksimal) tok, A

5(30), 10(60)

Kuchlanishning ishchi diapazoni

(0,85  1,1)Un

Tok boʻyicha sezuvchanlik

0,004 In

Oʻzi yurishi (ishlashi)

 1 impul

Isteʻmol qilinayotgan quvvat

 1 Vt (6 V.A)

Xisoblagich ishlashining muhit harorati, 0 S  20  55


Oʻrtacha ishlash muddati, yil 30


Xisoblagichni qiyoslash vaqti oraligʻi, yil 10
Indukatorning maksimal xajmi, kVt/s 0,1
Aniqlik sinfi 1,0
Aniqligi: maʻlumotlar jadvalda berilgan.
Oʻrnatish va foydalanish.
Elektr energiyasini hisoblagichni oʻlchash tartibi 5.12 – rasmga muvofiq boʻlishi lozim. Bu yerda L, L1 faza simi, N, N1 – neytral sim.

5.12-rasm. Elektron hisoblagichni struktura sxemasi.


Avval simning uchi, elektr xisoblagichning qisqichga ulanadigan qismi tozalanadi. Mayda tolalardan iborat simlarning uchi eshilgan va oʻralgan boʻlishi yoki maxsus kabel uchi bandlagich bilan qotirilgan boʻlishi kerak. Soʻngra bu uchlari qisqichning orasiga qistiriladi. Ulanish joyini qizib ketishini oldini olish uchun klemma qisqichlaridagi vintlarini oxirigacha qotirish kerak.
N 5 va N 7 qisqichlar yuqori kuchlanishga ega boʻlgan oʻtkazgichlarga ulanmasligi kerak. Ular hisoblagichni tekshirish lozim boʻlganda ulanadi.


3.3-rasm.«Energiya–9» CTK3-10A1HXR.VU hisoblagichi lemmalarining


joylashishi

3.5-rasm. «Energiya–9» CTK3-10A1HXR.VU hisoblagichini toʻridan-toʻgʻri ulash sxemasi





    1. Download 206.42 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling