Maʼruza: Elektr energiyasini hisoblash texnologiyalarining rivojlanishi


Elektr energiyasini hisoblashning nazariy taʼmoyillari


Download 206.42 Kb.
bet3/4
Sana20.06.2023
Hajmi206.42 Kb.
#1635665
1   2   3   4
Bog'liq
Reja 1 Elektr energiyani hisoblash qurilmalaring turlari

Elektr energiyasini hisoblashning nazariy taʼmoyillari


Elektr energetikasining rivojlanishi, yirik energetika tizimlarining yaratilishi avtomatizatsiyani keng joriy etishni talab qildi.
1500 yil oldin hisoblagichdan (schet) foydalanish boshlangan.
1642 yilda Blez Paskal (1623-1662) mexanik qoʻshish va ayirish qurilmasini ixtiro qildi.
1673 yilda G.V. Leybnis toʻrtta arifmetik amallar bajarish mumkin boʻlgan arifmometrni yaratdi.

  1. -asrning birinchi yarmida ingliz Ch.Bebbij inson ishtirokisiz ishlaydigan hisoblash qurilmasi gʻoyasini ishlab chiqdi. 1941 yilda nemis Konrad Suze analitik mashinani yaratdi. 1943 yilda amerikalik Govard Eyken mexanik relelari asosida "MARK-1" hisoblash mashinasini ishlab chiqdi va qurdi. 1943 yilda D. Mauchli va P. Ekkort elektron lampalari (rele oʻrniga) asosida elektron hisoblash mashinasini qurdilar -EVM.

Birinchi kompyuter matematik Jon Neyman tomonidan ishlab chiqilgan va 1949 yilda Moris Uilksom tomonidan yaratilgan.
Taʼkidlash joizki, Mauchliy va Ekkort elektron hisoblash mashinalarida 18 ming elektron lampa, 15 ming rele boʻlgan va 150 kVt elektr energiyasini talab qilgan. Bu mashinaning dasturi kommutatsiya disklari va pereklyuchatellar (kaytulagich) da qoʻlda yozilgan.
Birinchi avlod elektron hisoblash mashinalari lampa tizimlarida ishlagan. Ikkinchi avlod elektron hisoblash mashinalari yarimoʻtkazgichli tranzistorli tizimlarda ishlatilgan. Ishlash tezligi va ishonchlilik yaxshilandi, kam energiya sarflana boshlandi. Operatsiyalar soni- sekundiga 1 mln. edi.
Kichik integral mikrosxemalar (MIS) uchinchi avlod elektron hisoblash mashinalari uchun asos boʻldi. Ularda elektron qurilmalar va elementlar moddaning oʻzida - kristalda maxsus texnologiya asosida yaratilgan. EVM (EVM)
ning oʻlchamlari va quvvat sarfi yanada kamaydi, tezligi esa oshdi; mashina nafaqat raqamli maʼlumotlarni, balki alifbo maʼlumotlarini ham qayta ishlay boshladi.
Toʻrtinchi avlod elektron hisoblash mashinalari katta integral sxemalarda ( BIS) qurilgan. Kristalning 1 sm2 yuzaga toʻgʻri keladigan elementlar soni 100 mingga etkaziladi.

  1. asrning 70 -yillari boshidan mikroEVM lar inson faoliyatining barcha sohalariga joriy etilmoqda.

Beshinchi avlod elektron hisoblash mashinalari nafaqat sonli hisob - kitoblarni bajaradi, balki tahlil va hulosa operatsiyalari bajarilishi bilan mazmun maʼlumotlarni qayta ishlaydi.EVM (EVM) lar BIS, SBIS va mikroEVM larda ishlab chiqarilmoqda.
Rossiyada birinchi kichik hisoblash mashinasi "MESM" 1951 yilda S.A. Lebedev boshchiligida qurilgan. U kodni parallel qayta ishlashga ega edi va 25 kVt quvvat sarflanardi. 1953 yilda "BESM" paydo boʻldi, u ancha tez ishlardi. Xuddi shu 1953 yilda Yu.A. Bazilevskiy boshchiligida "Strela" EVMi yaratildi. 1954 yilda B.I. Rameev boshchiligida “Ural” EVMi qurilgan.
Bu mashinalar yaratilgandan soʻng va tajriba orttirilgach, oltinchi keyingi avlod mashinalari yaratila boshladi.
Elektron kompyuterlar, kompyuterlardan foydalanish elektr mashinalarining otkinchi va turgʻun rejimlari, tizimlarda elektr energiyasini taqsimlash va energo tizibdagi murakkab muammolarni hal qilishga imkon yaratdi.

Download 206.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling