Ma’ruza. Elektr maydonida o’tkazgichlar. O’tkazgichlar elektr maydonida


Download 0.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana25.01.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1122486
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
6-maruza



6-Ma’ruza. Elektr maydonida o’tkazgichlar. O’tkazgichlar elektr maydonida. 
O’tkazgichlar elektr sig’imi. Kondensatorlarning sig’imi. Elektr maydon 
energiyasi va zichligi. 
 
Magnitlar magnit maydonlarini hosil qiladi, o’z navbatida elektr toklari 
magnit maydonlarini yaratadi. Kompas ko’rsatkichlari magnitdan iborat va ular 
magnit maydoni yo’alishida yotadi. Bu rasmda kompaslar zaryad tashiyotgan sim 
magnit maydonni hosil qilganini ko’rishimiz mumkin. Bu bobda biz magnit 
maydonni qanday aniqlashni va magnit maydonning zaryadga va zaryadlangan 
jismlarga ta’sirini o’rganamiz. Yana biz elektr zaryadi va magnit maydoni 
o’rtasidagi munosabatni va elektr zaryadini harakatlantiruvchi elektr dvigatellarini 
o’rganamiz. 
Magnetizm 
Bobni boshlovchi savol: Kuyidagilardan kaysi biri magnit maydoni ichida kuch 
ta’siriga uchraydi? 
A) Tinch turgan elektr zaryadi S) O’tkazgichdagi elektr toki 
B) Harakatdagi elektr zaryadi D) Boshqa magnit 
Magnetizm tarixi ming yillarga borib taqaladi, ulardan birinchilari Kichik 
Osiyoning Magneziya degan hududidan topilgan toshlar bo’lib, ular orasidagi 
tortishish kuchi tufayli ular bir birlarini tortib turgan. Bu toshlar, topilgan joy nomi 
sharafiga «MAGNIT» deb atalgan. O’n to’qqizinchi asrgacha magnetizm va elektr 
tokining bir biriga bog’liqligi kashf qilinmagan. Keyinchalik elektr toki oqimi magnit 
maydoni hosil kilishi aniqlangan. Hamma turdagi elektr jihozlari, kompasdan tortib 
to elektr dvigatel, ovoz kuchaytirgich, kompyuter xotirasi va generatorlar ham 
magnetizmga bog’liqdir. 
6.1 Magnit
 
va magnit 
maydonlari
Ko’rib turganimizdek, magnitlar o’zlariga temirdan yasalgan buyumlarni 
tortadilar. Istalgan magnit xoh u to’g’ri turtburchak 
yoxud taqa shaklida bo’lishidan qat’iy nazar, uning ikkita 
qutbi bo’ladi. Agar to’g’ri to’rtburchakli magnitni 
o’rtasidan o’q o’tkazsak va u o’q atrofida erkin aylansa, 
uning bitta uchi doim shimolni ko’rsatadi. Bu dalil - 
msbot qachon topilganini bilmasmiz, lekin xitoyliklar buni 
o’n birinchi asrda balki undan ham avvalroq buni kema 
qatnovlarida qo’llashgan.  
Albatta kompasning ishlashi ham shu printsipga 
asoslangan. Kompas strelkasi - bu oddiygina magnit 
bo’lib, uning og’irlik markaziga tayanch qo’yilgan va u 
erkin aylana oladi. Erkin osilib turgan magnitning 
shimolga qaragan qutbi magnitning shimoliy qutbi (N) 
deyiladi. Qarama qarshi qutb esa janubga qaragan bo’lib, u 
janubiy qutb (S) deyiladi. 


Ma’lumki, agar ikkita magnitni bir biriga yaqinlashtirsak ular orasida o’zaro ta’sir 
kuchi paydo bo’ladi. Magnitlar bir biri bilan yo tortishadi, yoki itarishadi; ularning 
ta’sirlashuvi hattoki ular bir biriga tegmasa ham kuzatiladi. Agar bir magnitning 
shimoliy qutbiga ikkinchi magnitning shimoliy qutbini yaqinlashtirsak, ular 
itarishadilar; xuddi shu hol ular janubiy qutblari yakinlashtirilsa ham kuzatiladi. 
Ammo, agar bir magnitning shimoliy qutbini ikkinchisining janubiy qutbiga 
yakinlashtirsak, magnitlar orasida tortishish paydo bo’ladi (20-2-rasm). Bu elektr 
zaryadlari ta’sirlashishini eslatadi: bir xil qutblar itarishadi, har xil qutblar 
tortishadi. Biroq magnit qutblarini elektr zaryadlari bilan adashtirmaslik lozim: 
bular umuman boshqa boshqa narsalar. 
20-2-rasm. Magnitlarning bir xil qutblari itarishadi, har xil 
qutblari esa tortishadi.
Kuchli magnit xossalar faqat temir va boshqa bir nechta 
moddalarda kuzatiladi, masalan kobalt, nikel, gadoliniy. Bu 
moddalar ferromagnitlar deyiladi (lotinchadan ferrum - 
temir), boshqa moddalar ham magnit xususiyatlariga ega, 
ammo ular shu darajada zaifki, ularni sezgir asboblar bilan aniqlash mumkin.
Biz elektr zaryadini o’rab turgan elektr maydon tushunchasi qanchalik 
foydali ekanligini ko’rgan edik. Xuddi shunga o’xshash, magnit atrofida ham 
magnit maydon mavjudligi haqidagi tasavvur o’rinli. Bir magnitning ikkinchisiga 
ta’sir kuchini bir magnit bilan ikkinchi magnitning magnit maydoni o’zaro ta’siri 
natijasi sifatida qarasa bo’ladi. Xuddi elektr maydoni kuch chiziqlarini 
tasvirlaganimizdek, magnit maydoni kuch chiziqlarini ham tasvirlash mumkin. 
Elektr maydonidagidek, ular quyidagicha o’tkaziladi 
1) 
Magnit maydoni har bir nuqtada kuch chizig’iga urinma bo’yicha yo’nalgan
2) 
Yuza birligiga to’g’ri keluvchi chiziqlar soni magnit maydon qiymatiga 
proportsional. 
Magnit maydon yo’nalishini aniqlash uchun, shu nuqtaga magnit strelkasi kiritiladi 
va uning shimoliy qutbi qaragan tomon magnit maydon yo’nalishiga mos keladi. 
20-4-rasmda esa xuddi shu usulda chizilgan magnit maydon kuch chiziqlari 
ko’rsatilgan. Bizning ta’rifga mos ravishda kuch chiziqlar magnitning shimoliy 
qutbidan janubiy qutbiga yo’nalganligiga e’tibor bering. 
20-4 –rasmda, sterjensimon magnit kuch chiziqlarining magnit strelkasi yordamida 
tasvirlanishi ko’rsatilgan. 
Ixtiyoriy nuqtada magnit maydonni yo’nalishi yuqorida aytilganidek aniqlanadigan 
vektor sifatida aniqlash mumkin. B kattalikni magnit strelkasi magnit kuch 
chiziqlari bo’yicha joylashmaganda unga ta’sir qiluvchi aylanma momenti orqali 
aniqlasa bo’ladi. Moment qanchalik katta bo’lsa magnit maydoni shunchalik kuchli 
bo’ladi. Hozircha biz faqat shu (unchalik to’g’ri bo’lmagan) ta’rifdan 
foydalanamiz; aniqroq ta’rif keyingi bo’limlarda beriladi. 
vektorni oddiygina 
“magnit maydon” deb emas, “magnit oqim zichligi” yoki magnit induktsiyasi deb 
atash afzalroq. 



Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling