Ma’ruza. Elektr maydonida o’tkazgichlar. O’tkazgichlar elektr maydonida
Download 0.92 Mb. Pdf ko'rish
|
6-maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- 20-7 rasm
Doimiy magnit maydon
Eng oddiy magnit maydon bu doimiy - bir nuqtadan boshqasiga o’tganda yo’nalishi va qiymati o’zgarmaydi. Katta yuza bo’ylab mukammal yagona magnit maydonni yaratish oson emas. Magnitning ikki yassi parallel qutb bo’laklari o’rtasidagi maydon deyarli doimiydir, agar qutb maydoni yuzlari ularning orasidagi farqdan 20-7 rasmda ko’rsatilganidek yetarli darajada katta bo’lsa. CHekkalarida, maydon nimanidir chegaralaydi; magnit maydon chiziqlari parallel va doimiy emas. Parallel maydon chiziqlari intervalning markaziy mintaqasida shunday vaziyatni yuzaga keltiradiki, maydon chekkalariga yaqin bo’lmagan nuqtalardagina, xuddi ikki parallel plitalar orasidagi elektr maydon kabi doimiydir (17-1 rasm). 20-7 rasm. Ikki magnit kutb orasidagi magnit maydon deyarli doimiy, chekka qirralarini hisobga olmagan holda. 20-8 rasm (a) Tok-tashuvchi simning oldida, kompas strelkasining magnit maydonning yo’nalishini va mavjudligini ko’rsatgan holda og’ishi. (b) Temir qipiqlarini tok-tashuvchi simning oldida hosil bo’lgan magnit maydon chiziqlari yo’nalishi bo’ylab harakatlanishi. (s) Simdagi elektr toki bo’ylab yo’naltirilgan magnit maydon chiziqlari tasviri. (d) Magnit maydon yo’nalishini eslash uchun o’ng qo’l qoidasi: qachonki bosh barmoq tok yo’nalishini ko’rsatganda, sim bo’ylab bukilgan panjalar magnit maydon yo’nalishini aks ettiradi ( magnit maydon belgisi). 6.2 Elektr toki magnit maydonni yuzaga keltiradi. 18-asr davomida ko’plab olimlar elektr va magnetizm orasidagi bog’liqlikni topishga astoydil kirishishdi. Harakatsiz elektr zaryadi va magnit orasida hech qanaqa bog’liqlik yo’qligi ko’rsatilib o’tilgan. 1820-yilga kelib, Xans Kristian Ersted (1777-1851) shuni aniqladiki, agar elektr toki tashiydigan simning oldiga kompasni joylashtirsak uning, kompas strelkasining og’ishi kuzatiladi. Tajribaning ko’rsatishicha, kompas strelkasi magnit maydon tufayli harakatlanadi. SHunday kilib, Erstedning tajribasi elektr tokining magnit maydon hosil qilishini yaqqol ko’rsatdi. U elektr va magnetizm orasidagi bog’lanishni aniqladi. Tok tashuvchi to’g’ri sim kesimining oldida joylashgan kompas strelkasi kuch ta’siri ostida bo’ladi, strelka sim bo’ylab hosil qilingan aylanaga urinma sifatida joylashadi, 20-8a rasm. SHuning uchun ham, to’g’ri simdagi tok orqali mavjud bo’lgan magnit maydon chiziqlari aylana shaklida bo’ladi (sim markazda bo’lgan holatda), 20-8b va 20-8c rasmlar. Bu chiziqlarning yo’nalishi kompaslarning shimoliy qutblari orqali aniqlanadi, 20-8a rasm. Bu holatda magnit maydon chiziqlarini yo’nalishini eslab qolish uchun oddiy usul bor. Bu usul o’ng qo’l qoidasi deyiladi: o’ng qo’l bilan simni qattiq ushlab turib, bosh barmoqni musbat tok yo’nalishi bo’ylab harakatlantiring, shunda sizning siqilgan barmoqlaringiz sim bo’ylab magnit maydon yo’nalishini ko’rsatadi, 20-8d. Tok tashuvchi sim orqali vujudga kelgan magnit maydon chiziqlari halqa bo’ylab turli joylarga kompasni joylashtirish orqali aniqlanishi mumkin. Natija 20- 9 rasmda ko’rsatilgan. Yana o’ng qo’l qoidasi ishlatiladi, 20-10 rasmdagidek, 20-7 rasmdagi doimiy maydondan farqli o’laroq, 20-8 va 20-9 rasmlarda ko’rsatilgan magnit maydonlar doimiy emas – maydonlar yo’nalishi va qiymatiga ko’ra turli hollarda turlichadir. O’ng qo’l qoidasi-1: Magnit maydon yo’nalishi elektr toki orqali vujudga keladi. Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling