ma`ruza: Gapning uyushiq bo‘laklari; uyushishning ifoda vositalari: sanash ohangi va teng bog‘lovchilar. Uyushiq bo‘lakli gaplarda umumiy va umumlashtiruvchi birliklarning qo‘llanishi soat reja


Uyushuq bo’laklar haqida ma’lumot


Download 50.46 Kb.
bet3/14
Sana31.01.2024
Hajmi50.46 Kb.
#1817822
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
ma`ruza Gapning uyushiq bo‘laklari; uyushishning ifoda vositala-fayllar.org

Uyushuq bo’laklar haqida ma’lumot.
Gap bir so’roqqa javob bo’lib, bir xil sinttaktik vazifani bajarib, o’zaro teng bog’lovchilar yoki sanash intonatsiyasi orqali birikkan gap bo’laklari gapning uyushuq bo’laklari deyiladi.
Masalan: Tobora ko’tarilayotgan quyosh o’rik, olma, shaftoli va giloslarning shohlariga o’zining ertalabki sel-sel yog’dusini sepmoqda. (P.T.)
Yoki: Sherga soldim tuprog’u yulduz,
Mehru vafo, do’st yor suratin.
(T. Sodiqova.)
Mazkur misollarning birinchisida o’rik, olma, shaftoli, giloslar, nimalar? So’rog’iga javob bo’lib, uyushib kelgan bo’lsa, keyingisida tuproq, yulduz, mehr, vafo, do’st, yor so’zlari qaratqich aniqlovchi vazifasida kelib, nimaning? So’rog’iga javob bo’ladi hamda bir xil sintaktik vazifa bajarib kelyapti. Har bir gap bo’lagi uyushib kelishi mumkin.
Masalan:
Egalarning uyushib kelishi.
Gulos, To’ti, Qumri, Oyxon, Erkinlar,
Navro’z kuni devorlarga qararlar.
(Cho’lpon)
2. Kesimning uyushib kelishi
Haqiqat bukilar, lekin sinmas. (maqol)
3. To’ldiruvchining uyushib kelishi
a) vositasiz to’ldiruvchi: Botir filosofiyani, fan axillarini va siyosiy arboblarning obrazlari tasvirlangan badiiy asarlarni sevadi. (S.N.)
b) vositali to’ldiruvchi: Navoiy tarixda mashhur shaxslarning xayotlari, fikrlari, maqsadlari va ularga doir afsonalar haqida asar yozishni Jomiyga taklif etadi. (O.)
4. Aniqlovchining uyushib kelishi.
a) Sifatlovchi: maktabimiz bog’ida oq, qizil, sariq, safsar gullar ochildi.
b) Qaratuvchi: Oq o’rik, shotut, shaftoli, g’aynflining sap-sariq yaproqlari hovli betini ko’mib yotibdi.
5. Hollarning uyushib kelishi.
Ariq suvi bir hilda, jimgina, sharpasiz va shabodasiz oqmoqda. (I.R.)
Uyushuq bo’laklarning har biri boshqa bo’laklar bilan kelib, `yiq holda bo’lishi ham mumkin. Masalan: Yo’lning har tomonida bir-biriga tutash bog’chalar, kichik-kichik ekin maydonlari, mevazorlar, chamanlar bor edi. (O.)

Download 50.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling