AJRATILGAN TO'LDIRUVCHILAR
Ajratilgan to'ldiruvchilar ikki xil:
Ko'makchili konstruksiya oboroti formasidagi ajratilgan to'ldiruvchi.
Oddiy gap bo'lagi formasidagi ajratilgan to'ldiruvchilar Ko'makchili kostruksiya oboroti formasidagi ajratilgan to'ldiruvchi kesim yonida kelmaydi. To'ldiruvchilarning ajratilishida qaraganda, ustiga, tashqari, ilgari, bilan birga va shu kabi ko'makchi vazifasida kelgan so'zlar ishtirok etadi. Qaysi ko'makchi yoki ko'makchi vazifasidagi so'z bilan kelishiga qarab ajratilgan to'ldiruvchilar quyidagi ma'nolarni ifoda qiladi.
Masalan:
Tashqari ko'makchisi bir predmetni boshqasidan ajratib ko'rsatsa, qaraganda, ko'makchilar predmetlarni qiyos qilishda yordam beradi, bilan, ustiga, ko'makchilar esa ma'noga ikkinchi ma'noning qo'shilishi ko'rsatdi.
Masalan:
Usta amaki o'ymakorlikdan bo'lak, boshqa ustaxonalar uchun qog'ozga naqsh va gullar ham chizib beradi. (S.A)
Qamishkapaliklar odamlarni nomlari bilan atashdan ko'ra xususiyatlari bilan ta'kidlashni afzal ko'radi. (P.T)
Men o'qishimni davom ettirish bilan birga, kechki smenada ishlab ham turibman.
ODDIY GAP BO'LAGI FORMASIDAGI TO'LDIRUVCHILAR
Bu xil to'ldiruvchilar o'zidan oldingi to'ldiruvchining ma'nosini izohlaydi, unga aniqlab kiritadi, boshqa turdagi ajratilgan bo'laklar kabi, uziga xos intonasiyaga ega bo'ladi. Vositasiz to'ldiruvchilar ham, vositali to'ldiruvchilar ham ajratiladi.
AJRATILGAN VOSITASIZ TO'LDIRUVCHILAR
Endi ular faqat birgina saylni-dushman ustidan g'alaba qilingan kun tantanasini umid qiladilar.
Qaynotangni, Zunnunxo'jani, oldin ham ko'rganmiding?
AJRATILGAN VOSITALI TO'LDIRUVCHILAR
U oilasi bilan-xotini, chaqaloq qizi, o'n besh yoshli singlisi bilan, Oltiariqqa ko'chib bordi. (E.V)
Bektemirga, sobiq sodda cho'ponga, komandiring g'oyat ёqdi.
Ajratilgan to'ldiruvchi bilan ajratilmish to'ldiruvchi bir xil grammatik shaklda bo'lib, bir xil so'roqqa javob bo'ladi. Bu jixatdan uyushiq bo'laklarga o'xshaydi. Biroq bularda intonasiyada o'ziga xos pauza bo'ladi. Oddiy gap bo'lagi formasidagi ajratilgan to'ldiruvchilar o'zlari izohlab kelayotgan to'ldiruvchilar bilan, ya'ni, shu jumladan, masalan, kabi, yordamchi so'zlar orqali bog'lanishi ham mumkin. Masalan: Jahon kitobxonalari qirg'iz yozuvchisi, ya'ni Chingiz Aymatovni yaxshi biladi, yoki: Bu xabar ko'plarni, shu jumladan, Maxkamni ham, juda quvontirdi. (P.K)
Do'stlaringiz bilan baham: |