Ma’ruza I markaziy Osiyo xalqlari etnologiyasi fаnigа kirish. Etnоlogiya fаni prеdmеti, mаqsаd vа vаzifаlаri, tаdqiqоt usullаri. Markaziy Osiyo xalqlari etnologiyasigа оid mаnbаlаr va tаriхiy-etnologik tаsnifi Reja


Download 80.07 Kb.
bet4/8
Sana02.01.2022
Hajmi80.07 Kb.
#200875
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-mavzu (3)

Etnografiyatarixiy fan, u jahondagi barcha xalqlarning, turmush tarzi, urf-odatlari, moddiy va ma'naviy hayot an'analarini, ularning katta-kichikligi, irqi, ijtimoiy tuzumi, qoloq yoki rivojlangan bo‘lishidan qat'iy nazar, teng, bab-baravar o‘rganuvchi muhim ilm sohasidir. Etnografiya - dastlab hozirgi etnoslarning kelib chiqishi va shakllanishi, joylanishi va etnik tuzilishi, mashg‘uloti, madaniy-tarixiy munosabatlari, moddiy va maishiy turmushi, urf-odatlari, ma'naviy madaniyati va milliy xususiyatlarini tarixiy jarayonlar bilan bog‘liq holda o‘rgangan. Etnograflarning diqqat markazida hozirgi davrdagi xalq va elatlarning maishiy va madaniy hayotida paydo bo‘layotgan barcha yangilik (innovatsiya)lar, tub ijtimoiy o‘zgarishlar, turmush tarzidagi umumiy va xususiy belgilar hamda boshqa muhim masalalar, muammolar turadi. Tarixiy etnografiya yo‘qolib ketgan xalq va elatlar, o‘tmishdagi etnik jarayonlar, maishiy turmush va ma'naviy madaniyat xususiyatlarini ham tadqiq qiladi.

Har bir fan dastlab faktik bilimlarni to‘playdi, keyin ularni tahlil etish orqali mohiyatini tushunib olib, nazariy xulosalar chiqaradi. Etnografiya ham ayni shunday yo‘ldan boradi. Etnograflar xalq orasida yurib, kuzatib hamda axborotchilar ma'lumotlarini yig‘ib, moddiy va yozma yodgorliklarni tahlil etib, to‘plangan material mazmun e'tibori bilan yo‘nalishlariga, maqsad va vazifalarga qarab tasnif etadi. So‘ngra ular muayyan ilmiy maqsad bilan tahlil etiladi va zarur xulosalar chiqariladi. Lekin qadim zamonlarda etnografik bilimlar kundalik hayotiy jarayonlarda o‘zga xalqlar bilan o‘zaro aloqalar davomida amaliy ehtiyojlarni qondirish uchun qo‘llangan. Bunda hali etnografik bilimlarga ilmiy ma'no berish alomatlari bo‘lmagan. Masalan, ayrim qo‘shni qabila, xalq va elatlarning maishiy turmushi, madaniyati, urf-odatlari, etnik xususiyatlarini o‘rganish, ularni aniq tushunish amaliy ehtiyojlarni qondirish taqozosi bilan vujudga kelgan. Eng qadimgi sharq mamlakatlarida uzoq-yaqin qo‘shnilar bilan samarali savdo-sotiq munosabatlarini o‘rnatish, shuningdek, ularga qarshi muvaffaqiyatli urushlar olib borish uchun ham, birinchi navbatda etnografik bilimlarga ega bo‘lish zarur edi.

Jahonda eng qadimgi yozuvlar hisoblan ierogliflar, shumer va eroniy mixxat qoya tosh bitiklari guvohlik berishicha, qadimgi Misr, Mesopatamiya va Eronda qo‘shni va uzoq xalqlar, elatlar to‘g‘risida yaxshi bilganlar. Ular faqat yozma manbalardagina emas, balki xalq og‘zaki ijodida ham turli rivoyatlar, hikoyalar va afsonalar tarzida aks etgan. Masalan, “Gilgamesh” dostoni, miloddan avvalgi XX asrlarda Misrda yaratilgan “Sinuxeta sarguzashtlari”, keyinroq tosh va qabr toshlarga bitilgan zafarnomalar, Tell-Amarnda topilgan arxiv hujjatlari, qadimgi Shumer va Ossuriya obidalaridagi yozuvlar, eron-ahmoniy podsholari bittirgan deklarativ (bayonot) matnlari tevarak atrofdagi mamlakatlar aholisi to‘g‘risida nodir ma'lumotlarni bizgacha yetkazgan.

Yahudiylarning qadimiy muqaddas kitobi Tavrot (Bibliya) miloddan avvalgi XIII – V asrlar oralig‘ida turli janrdagi har xil adabiy asarlar yig‘indisidan tashkil topgan va taxminan V asrlarda to‘plab kodifikatsiya qilingan. Uning “Podsholar kitobi” va “Payg‘ambarlar” nomli tarixiy qismlari, yahudiylar olib borgan urushlar to‘g‘risidagi rivoyatlar ham juda boy etnografik ma'lumotlarni saqlab qolgan. Nuh payg‘ambarining uch o‘g‘li Som, Xom, Yafasdan tarqalgan avlodlarning nomlari roviy “Jahon xalqlari shajarasi”ning boshida turadi. Shu an'anaviy “nazariya” asosida hatto dunyodagi tillarning klassifikatsiyasi ham tuzilgan: Somiy, Xomiy va Yafas tillari. Tavrotda tilga olingan xalqlar haqiqiy shajaraga asos bo‘lmasa-da, qadimgi ko‘chmanchi xalqlarning o‘troqlikka o‘tishdagi turmush tarzi va madaniy hayoti, turli shakllarini ifodalovchi rivoyatlar deb baholanishi mumkin. Shunisi muhimki, Nux avlodlarining nomlari ko‘pincha Arab yarim orolining qadimgi badaviy va qo‘shni ko‘chmanchi qabilalari nomlariga o‘xshaydi. Aslida yahudiylarning o‘zi ham dastlab ko‘chmanchi badaviylarning*1alohida qabilasi sifatida paydo bo‘lgan. Antik davrga kelib, etnografik bilimlar bir muncha kengayib va ko‘payibgina qolmay, madaniyatning o‘sishi bilan ba'zi nazariy xulosalar ham yuzaga keladi. Qadimgi Gretsiya dostonlari “Iliada va “Odisseya”da yaqin qo‘shni elatlar to‘g‘risida afsonaviy ma'lumotlar keltirilgan bo‘lsa, greklarning Kichik Osiyo, Qora dengizning shimoliy qirg‘oqlarida “buyuk kolonizatsiyasi” (mil. av. VII – V asrlar)dan keyin tevarak-atrofdagi xalqlar to‘g‘risida bilimlari doirasi juda kengayadi va boyiydi. Ayniqsa Gerodotning noyob etnografik ma'lumotlar bilan mashhur 9 jildlik “Tarix” nomli asari nafaqat oddiy etnografik kuzatuv, balki tadqiqiy xarakterga ega manbaga aylangan.

Buyuk Iskandarning Sharqqa qilgan yurishlari natijasida vujudga kelgan katta imperiya g‘arbdan sharqqacha keng hududda yashagan xalqlarning turmush madaniyatini bilishda yangi bosqich bo‘ldi. Bu davrda greklarning umumiy madaniy saviyasida ham o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Fanning barcha sohalari gurkirab o‘sdi.


Download 80.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling