Pillachilik. O‘zbeklar xo‘jaligining yana bir azaliy tarmog‘i bu pillachilikdir. Markaziy Osiyo, shu jumladan O‘zbekiston yerlariga ipak qurti milodning IV asrida Xitoydan keltirilgan.
Ipak qurtini boqish va uning pillasidan sifatli xomashyo tortish juda ko‘p mehnat talab qiladigan murakkab, og‘ir ish bo‘lganligi uchun, pillachilik bilan nisbatan kam shug‘ullangan. Mayda kosib-hunarmandlar ipakdan ro‘mol, darparda, har xil uy jihozlari, popuklar tayyorlangan. Pillachilik Buxoro, Farg‘ona, Qo‘qon, Marg‘ilonda ayniqsa keng rivojlangan. Bu yerlarning pillalari Turkistoning barcha shahar, qishloqlariga olib borib sotilgan va oldi-sotdida juda yuqori baholangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |