Ma’ruza II o‘zbek xalqining etnografiyasi, etnogenezi va etnik tarixi Reja
Download 108.44 Kb.
|
2-mavzu (1)
Bosh kiyimlari. Erkaklarning yozda ham, ko‘klam, kuzda ham, hatto mo‘tadil sovuq kezlarda ham asosiy bosh kiyimi do‘ppi bo‘lgan. Do‘ppi qachon va qaerda paydo bo‘lgani haqida hozircha aniq malumot yo‘q. Lekin do‘ppiga o‘xshagan uchli, cho‘qqi bosh kiyimi juda qadimdan ishlatilib kelinayotgani ma'lum. Chorsi hamda yumaloq do‘ppilar nisbatan ancha kech qo‘llanila boshlangan. Taxminan XIX asr 20- yillarida keng tarqala boshlagan degan fikr mavjud.
Erkaklarning eng qadimiy bosh kiyimi quloh deb ataladi. Ommaviy bosh kiyimini Farg‘ona viloyatida do‘ppi, O‘zbekistonning boshqa viloyat va tumanlarida to‘ppi deb yuritilgan. Do‘ppilar shaklan uch xil bo‘ladi: cho‘q qisimon (konussimon) shaklda (quloq), yumaloq, sharsimon (araqchin) va yassi, usti tekis (tus do‘ppi). Quloh darveshlar bosh kiyimi uchburchak parchalardan bichilib, yonlamasiga tikiladi. Quloh gardishi unchalik sezilmay turadi. Shahrisabz, Nurota, Buxoro tumanlarida uchraydigan quloqsimon bosh kiyimlari rang-barangligi va hoch (salib) ko‘rinishi bilan ajralib turadi. Yumaloq do‘ppilar orasida Urgut do‘ppisi ayniqsa jozibali. U o‘zining bayramonaligi, yorqinligi bilan kishi diqqatini jalb qiladi. Respublikamizning har qaysi viloyat va tumanlarida shu yerning o‘ziga xos milliy urf-odatlariga monand do‘ppilar tikiladi. Masalan, Surxondaryo qishloqlari piltado‘zi uslubida tikilgan do‘ppi kiyiladi. Bu xil do‘ppi qozoqlarning chiyiga o‘xshab ketadi. Toshkentda yumaloq do‘ppi bosma, iroqi, kanda hayol, chakmatur deb ataladigan chok ustalarida tayyorlanadi. Farg‘ona do‘ppilari qadimiy bosh kiyim nusxalari bilan Xorazm, mo‘g‘ul yassi chorsi, cho‘qqili qalpoqlarga o‘xshatib tikiladi. Tus do‘ppi yassi, tekis do‘ppilarning eng ko‘p tarqalgan nusxasidir. U sakkiz xil chok uslibida tikiladi: to‘g‘richok, zanjira, chita, kungura, yetalatma, ova, taroq, qalandar, pildiroq. Erkaklar ilgari rangli do‘ppilar, keyinchalik oq-qora Chust do‘ppilari kiyadigan bo‘lishdi. Bu do‘ppilar, asosan bodom yoki qalampir nusxa bo‘lib aslida qush tasvirining bir bo‘lagidir. Ilgari do‘ppining to‘rt tomonida ham qush tasviri bo‘lgan. Keyinchalik uni ixchamlashtira borib, qushning boshi va oyoqlarini tikmay qovishgan. Do‘ppilar ichida Qo‘qon va Marg‘ilon do‘ppilari odmiligi va va rasoligi bilan ajralib turadi. Bu do‘ppilarda choklari nisbatan ancha kam. XX asrning 50- yillardan do‘ppilarda mitti qushlar, jumladan, bulbulni, tovusni tasvirlash odat tusiga kirdi. Lekin bu xil do‘ppilarga talab unchalik ko‘p bo‘lmadi. Qish kunlari erkaklar mo‘yna telpak kiyishgan. Bu kiyim qulohga o‘xshab tikiladi. Mo‘yna telpaklarning turi ko‘p bo‘lgan. Ular bir-biridan bichimi va tililishi jihatidan farq qilgan. Samarqand bilan Buxoro atrof-tevaragidagi qishloqlarda kalta mo‘ynali telpak kiyilgan. Samarqand telpagining astari yumshoq, arzon, mo‘yna ko‘pincha qo‘y, ba'zan tulki mo‘ynasidan tikilgan. XX asrning 20- yillar oxiridan qizlar, yosh juvonlar xam do‘ppi kiya boshladilar. Qashqadaryo va Surxondaryoda o‘rta yoshdagi ayollar kulta kiyishgan va uni “do‘gshi” deb atashgan. Do‘ppilar naqshlari va matosining turiga qarab turlicha nomlangan. Turli rangdagi do‘ppilar “chaman-dagul”, baxmal, parcha matodan tikilgan, yo‘l-yo‘l naqsh tushirilgan do‘ppi esa iroqi do‘ppi deb nomlangan. Shahrisabz do‘ppichilik maktabining iroqi chok usuli: sanama va chizma usulga bo‘lingan. Iroqi uslubida, xomdozi bezak bilan tikilgan xotin-qizlar do‘ppisi do‘ppido‘zlik ravnaqining eng yorqin namunasi desak bo‘ladi. Ko‘kragiga tasvirlangan kelin bilan kuyov surati do‘ppiga tantanavor tus berib turadi.
Manbalarning ko‘rsatishicha, salla butun Movarounahr halqlarining xorazmliklardan tashqari) asosiy bosh kiyimi hisoblangan. XIII asrda bu hududga, shu jumladan, Samarqandga kelgan sayyohatchilarning dalolatiga binoan nafaqat ruhoniylar, ayni vaqtda oddiy halqning hammasi salla o‘rab yurgan. Salla so‘zining ma'nosi va qaerda vujudga kelgani xususida har xil fikrlar mavjud. Olimlarning dalolatiga asosan salla Toshkent shevasiga xos so‘z bo‘lib, “solmoq” so‘zidan olingan. Ba'zi manbalarda, chunonchi o‘rta asr yozma ma'lumotlarida esa “salla” so‘zi “savat”, “tuguncha” ma'nosini anglatadi, deb yozilgan. Salla so‘zi turkiycha so‘z deyiladi. Hozirgi tojik tilida ham salla so‘zining ma'nosi aynan shunday izohlanadi. Binobarin, u vaqtlarda salla hali asosiy bosh kiyimi sifatida odat tusiga kirmagan. Salla so‘zining savat, tuguncha so‘zlariga nima aloqasi bor degan savol tug‘iladi. XVIII asr o‘rtalarida buxorolik ayollar boshlariga to‘qilgan savat kiyib yurishgan. Buxoroda bayram, sayillar vaqtida xaloyiq oldida tomosha ko‘rsayotgan mas’haraboz katta sallali qozi obrazini gavdalantirish uchun boshiga atrof-tevaragi oq mato bilan o‘ralgan katta savat qo‘yib chiqqan. Ehtimol, shu tufayli salla deb atalgan bo‘lishi mumkin. Salla so‘zi sug‘diycha so‘z “sallata”dan olingan degan fikr ham mavjud. Yag‘nob shevasida “sallata” ayollar ro‘moli degan ma'noni anglatadi. Agar shu fikr to‘g‘ri bo‘lsa, u holda salla avvallari ayollarning bosh kiyimi bo‘lgan, keyinchalik uni erkaklar ham boshga o‘raydigan bo‘lishgan. Markaziy Osiyoda sallaning ikki xili ishlatilgan: katta salla, kichik salla. Kichik sallani ba'zi joylarda masalan, Samarqandda futa deyishgan (kelinlar nikoh kuni boshiga kiyib chiqadigan fata shu so‘zdan olingan). “futa” arabcha so‘z bo‘lib, Hindistondan kirib kelgan ( bosh yo belni o‘rashga ishlatilgan, shuningdek bosh yopiladigan bir bo‘lak matoni hindlar “fo‘ta” deyishgan). Asosan turmushga chiqqan ayollar o‘ragan. Kelinga nikoh kuni otasini uyida salla kiydirishgan. Kuyovnikida salla o‘rash hollari ham bo‘lgan. Sallani ayollar tug‘ishdan qolgan yoshiga qadar o‘rab yurgan (taxminan 45–50 yoshlargacha). Ayollar sallasi kiygich yoki do‘ppi va o‘ramdan iborat bo‘lgan. O‘ramning har xili bor. Boy ayollar 14 metr matodan (“Boy bosh”), qambag‘allar 6 metr matodan (“kambag‘al bosh”), salla o‘rashgan. Kambag‘allar yaxlit mato topolmasalar kalta latta va paxta ishlatishgan. Salla uchun ko‘k yoki qizil rang ishlatilgan. Salla o‘rami ustidan to‘rttadan tortib yettitagacha ro‘mol bog‘langan (“boy bosh”), kambag‘allar esa bitta qizil ro‘mol o‘rab qo‘ya qolishgan. Machrakalarda katta yoshdagi ayollar 10 metr oq matodan salla o‘rab, ustidan oq ro‘mol bog‘lashgan. O‘rta yosh va yosh juvonlar esa 10 metr havo rang satin salla o‘rashgan. Download 108.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling