Ma’ruza II o‘zbek xalqining etnografiyasi, etnogenezi va etnik tarixi Reja
Download 108.44 Kb.
|
2-mavzu (1)
Kandakorlik. Metall buyumlarga bo‘rtma usulda ishlov berish kasb-hunari ajdodlarimizning azaliy amaliy-san'ati turlariga kiradi. Qadimgi va ilk o‘rta asr davrida asosan xallangan kumush buyumlarga bo‘rtma naqsh solingan.
Milodiy III – VIII asrlarda kandakorlik chinakamiga rivojlana boshlaydi. Qizil misdan ko‘za, degchalar, idish, sariq mis hamda jezdan oaymonalar, shamdonlar, oq mis brinchdan piyolalar, ko‘zalar, kir tog‘oralar yasaladi. XI asr o‘rtalariga kelib mis va uning qotishmasidan yangi xil buyumlar-to‘g‘ri to‘rt burchakli barkashlar, qorni-yumoloq bo‘yni naqshdor ko‘zalar, yarim doira paymolnlar, xovonchalar, siyohdonlar, brinch ko‘zalar tayyorlanadi. Yozuvli naqshlar keng miqyosda qo‘llana boshlanadi. Zeb-ziynat badavlat xonadonlar xon, amir, sulton, bek, hokimlarning saroylari, uy ichida o‘zining tanholigi va mo‘l-ko‘lligi bilan hamisha kishilarni hayratga solib kelgan. Ispan elchisi Rui Gonsales de Klavixonning Samarqanddagi Amir Temur saroyiga sayohat kundaligida Sohibquron saroyi ichida ko‘rganlarini quyidagicha tasvirlaydi: Darvozaning ro‘parasida chodir o‘rtasida javonga o‘xshash kichik bir sandiq qo‘yilgan, unda kumush hamda (boshqa) idishlar saqlanardi. Sandiq oltindan yasalgan bo‘lib, sirkor va boshqa bo‘yoqlar bilan sayqallangan. Balanligi odam ko‘kragidan keladigan sandiqning usti silliq, gardishi mayda tishli kunguralar bilan bezalgan. Kunguralari moviy va oq sirli ranglar bilan bo‘yalib, marvarid va (qimmatbaho) toshlar qadalgan. Sirtining bir joyiga marvarid va toshlar orlig‘iga xiraroq tusda, mayda yong‘oq xajmida dum-dumaloq bir don o‘rnatilgan. Sandiqning kichik eshikchasi bor, ichida chinni piyolalar saqlanadi. Ustida zumurrad va marvaridlar qadalgan oltita tilla kuvacha turibdi. Shuningdek,, durli noyob tosh donalari bilan bezatilgan oltita dumaloq oltin piyola ham qo‘yilgan. Ushbu sandiq yonida balandligi bir qarich keladigan kichik oltin xontaxta turardi. Xontaxta ham (qimmatbaho) toshlar va yirik mavaridlar bilan bezatilgan. Uning ust tarafiga jozibali rangda, taxtaday silliq zumurrad o‘yib o‘rnatilgan. Zumurradning uzunligi qariyb to‘rt qarich, eni bir yarim qarich bo‘lib, butun xotaxta sirtini kesib o‘tgan. Ushbu xontaxta qarshisida eman daraxti shaklidagi “oltin” daraxt turibdi. O‘zbeklar hunarmandchiligi, amaliy san'atining qadimiy ko‘hnaligi, rang-barangligi, ravnaq, kamoloti jihatidan ular bilan teng keladigan xalq bo‘lmasa kerak. O‘zbek amaliy san'ati Sharq mamlakatlari tarixida shubhasiz oldingi saflarning birida turadi. U nihoyatda chuqur ildiz otgan, tarixi miloddan oldingi necha ming yilliklarga borib taqaladi. Farg‘ona, Buxoro va Samarqand kandakorligida me'morchilik obidalarining tasvirlari paydo bo‘ladi. Qo‘qon ustalari afsonaviy parrandalar obrazini kandakorlik san'atiga tadqiq etishadi.
Download 108.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling