Ma’ruza II o‘zbek xalqining etnografiyasi, etnogenezi va etnik tarixi Reja


Download 108.44 Kb.
bet11/29
Sana02.01.2022
Hajmi108.44 Kb.
#200880
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   29
Bog'liq
2-mavzu (1)

Transport. O‘zbekiston, qadimiy karvon yo‘llariga boy o‘lka hisoblangan. Buyuk Ipak yo‘li butun dunyoga mashhur bo‘lgan. Bu yo‘ldan ot, tuya karvonlari ketma-ket o‘tib turgan. Karvon yo‘llari ko‘hna Xorazmdan shimolda - Kazalinsk, Perovsk, Irgiz shaharlari tomon, g‘arbda Astraxan, Kaspiy dengizi qirg‘oqlari sari, sharqda Jizzax, Toshkentga, janubda esa Ashg‘obot, Mari, Buxoroga olib borgan.

Buxoro karvon yo‘llarining ayni chorrahasi hisoblanar edi. Shimoldan - Kazalinskdan, sharq bilan g‘arbdan Qorako‘l, Karmana, Samarqand, janubdan Qarshidan qatnar edi. Toshkentda bir tomondan Orenburg, ikkinchi tomondan Verniy (Alma-Ata)dan keladigan yo‘llar tutashgan edi.

Ko‘pincha tuya karvonlari bilan yo‘l yurilgan. Odatda har bir karvonda 20–30 ta, ba'zan esa hatto 60–70 ta tuya bo‘lgan. Karvonboshiga nor tuya qo‘yilgan. Boy savdogar yoki karvon egalari bu tuyaga yuk ortmasdan, uni chiroyli yasatishgan. Egari chetlariga popukli qizil jihozpush solinib, bo‘yniga charm tasma bilan katta “dum-dum qo‘ng‘iroq, pastrog‘iga undan kichikroq “tuqur” qo‘ng‘iroq, oldingi ikki oyog‘ining ostiga beshtadan dumaloq shiqildoq-qo‘ng‘iroqchalar osilgan. Bu qo‘ng‘iroqchalar “tizgir” deyilgan.

Karvonning oxiriga luk tuya qo‘yilgan. Uni bo‘yniga “tusay qo‘ng‘iroq”, quloqlari ostiga bittadan “chakka qo‘ng‘iroqlar” osilgan. Karvon orasidagi tuyalarga ham bittadan “chakka qo‘ng‘iroqlar” osilgan.

Tuyalardan biron yerga borib kelish uchun ham foydalanilgan. Xotin-qizlarni tuyaga o‘tkazish uchun kajava (soyabon) o‘rnatilgan. Kelinni olib ketayotganda bezak parda tutilgan kajavadan foydalanilgan.

Yuk tashishda tuyadan boshqa ot, eshak ham ishlatilgan. Otga odatda 120 kg gacha, eshakka 300 kg gacha yuk ortilgan. Cho‘ponlar, dehqonlar, karvonchilar ko‘pincha eshak minishgan.

Cho‘lga chiqish kerak bo‘lgan hollarda aravadan ham foydalanilgan. Aravalar asosan ikki xil bo‘lgan: Qo‘qon arava va Xorazm aravasi. Yana Qoraqalpoq aravasi ham bor. Arxeologik qazilmalardan topilgan yodgorliklarga qaraganda, Xorazm aravasi ancha qadimiy arava hisoblanadi. U Qo‘qon aravasiga qaraganda ancha vazmin bo‘lib g‘ildiraklari kattaroq. Xorazmlik aravakash aravadagi maxsus o‘rinda o‘tirib, otni boshqaradi. Qo‘qon aravasida esa otga o‘tirilgan. . Qorqalpoq aravasida ham aravakash uchun maxsus o‘rindik qurilgan.

Daryo, ko‘l, dengizlarda suzib yurishi uchun qayiq, kema ishlatilgan. Qamish bog‘lamlaridan yasalgan soldan ham foydalanilgan.




Download 108.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling