Ma’ruza II o‘zbek xalqining etnografiyasi, etnogenezi va etnik tarixi Reja
Download 108.44 Kb.
|
2-mavzu (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kashtado‘zlik
Misgarlik san'ati ham kandokorlik san'ati an'analariga yaqin turadi. Misdan ishlangan buyumlar qadimdan o‘zbek xonadonlarida keng qo‘llanib kelingan. Bu buyumlar Buxoro, Qarshi, Shahrisabz, Qo‘qon, Toshkent singari yirik hunarmandchilik markazlarida keng miqyosda, har biri o‘z milliy an'analariga mos uslubda ko‘plab miqdorda tayyorlangan.
Buxoroda asosan choy idishlar, oftobalar, chilimlar, dastsho‘ylar tufdonlar, har xil shakldagi oziq-ovqat saqlash idishlari yasalgan. Bu buyumlar “islimiy” hamda “chashmi bulbul” naqshlar bilan ziynatlangan. Qarshi, Shahrisabz misgarlik buyumlari Buxoro mis buyumlariga qaraganda oddiyligi va bir hilligi bilan ajralib turadi. Toshkentda misdan kashkul, barkash, obdasta, satil, suv tashiydigan, ovqat saqlaydigan idishlar, Qo‘qonda choy idish, choynak, ko‘za, oftoba, lagan, dastsho‘ylar yasalgan. Qurol-aslahalar ishlash san'ati ham juda qadimiy bo‘lib, o‘z milliy uslubini saqlab qolgan hunarlardan biridir. O‘zbek ustalari ishlagan qinli hanjar va qilichlar, sovut, qalqon, dubulg‘a, yugan, bo‘yin bog‘ich, oyboltalar naqsh bezaklariga juda boy nafis buyumlardir.
Toshkent naqqoshlari qo‘lidan chiqqan bir tavaqali va qo‘sh tavaqali eshiklar, darvozalardagi naqshlar o‘ymakorlik san'atining kamolotidan dalolat beradi. O‘zbekiston Fanlar akademiyasining faxriy a'zosi Respublikada xizmat ko‘rsatgan san'at arbobi buxorolik marhum usta Shirin Murodov qo‘li bilan bunyod etilgan ajoyib o‘ymakorlik namunalari respublikamiz o‘ymakorlik san'ati tarixida o‘chmas iz qoldirdi. Iste'dodli ustalar T. Arslonqulov, Sh. G‘ofurov, K. Jalilov va ularning qobilyatli shogirdlarining nomlari ko‘hna elimiz tarixida doimo minnatdorchilik bilan tilga olinadi.
Kashtado‘zlik nafaqat respublikamiz, ayni paytda butun Markaziy Osiyo hududiga keng tarqalgan amaliy san'at turidir. U bilan deyarli har bir xonadonda shug‘ullanishadi. O‘zbek chevarlari kashtado‘zlikda xilma-xil choklarni qo‘llashadi: bosma chok, qanda-xayol, iroqi yo‘rma. Kashta, gul tikib bezatilgan buyumlarning turi ko‘p: shohi so‘zana, darpech, palak va boshqalar. O‘zbek xalqi necha asrlar davomida taraqqiy etib kelgan amaliy san'ati tarixi an'analariga nihoyatda boy, bitmas tuganmas noyob xazinadir.
Download 108.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling