Ma’ruza III qоrаqаlpоq, qоzоq, tоjik, turkmаn, qirg‘iz хаlqlari etnologiyasi Reja


Tojik xalqining etnogenezi va etnik tarixi


Download 103.76 Kb.
bet3/6
Sana02.01.2022
Hajmi103.76 Kb.
#200771
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3-mavzu

Tojik xalqining etnogenezi va etnik tarixi.
1-savolning bayoni: Tojiklar Markaziy Osiyodagi qadimgi xalqlardan biri. Tojikiston Respublikasining asosiy aholisi (4 mln. 898 mingdan ortiq, 2001). O‘zbekistonda (1 mln. 165 mingdan ortiq, 2000; asosan Buxoro, Samarqand shaharlari, Urgut atroflarida, Surxondaryo, Sheroboddaryo, Katta va Kichik O‘radaryo bo‘ylari, Qashqadaryoning yuqori oqimi, Qarshi vohasi, Nurota tog‘lari, Jizzax shahri, Farg‘ona vodiysining So‘x daryosi bo‘ylari, Farg‘ona, Qo‘qonning janubiy qismlari, Namangan tog‘ tizmalari etaklari), Qirg‘izistonning Tojikiston bilan chegaradosh hududlarida ham tojik qishloqlarini uchratish mumkin, Afg‘onistonda (3 mln 700 ming), Xitoyning g‘arbida, Eron Xurosonida, Rossiyada, Qozog‘istonda va Turkmanistonda, shuningdek Pokistonda yashaydilar. Tojiklarning umumiy soni 10 mln. dan ortiq.

Asosiy qismi tojik-doriy tilida so‘zlashadi. Davlat tili - tojik tili. Tog‘li Badaxshon muxtor viloyati hamda Yag‘nob aholisining asosiy qismi sharqiy eron tillari guruhiga kiruvchi maxsus shevalarda so‘zlashadi.

Adabiy tojik tilida qadimgi fors-tojik tili (IX – XV asrlar)ga – fors, tojik va dari tillarida so‘zlashuvchilar uchun umumiy manbaga borib taqaladi. XX asrda adabiy tilning so‘zlashuv tili bilan yaqinlashuvi natijasida unda, ayniqsa, leksikada, jiddiy o‘zgarishlar ro‘y beradi.

Tojik tilidagi ilk yozma yodgorliklar IX asrlarga mansub. Tojikiston Respublikasida 1929 yilgacha arab, 1940 yilgacha lotin, 1940 yildan esa rus grafikasi asosidagi yozuvdan foydalaniladi.

Tojiklar asosan islom dinining sunniy mazhabiga, Badaxshon vohasi aholisining aksariyati esa shia mazhabining ismoiliya oqimiga e'tiqod qiladi.

Yirik shaharlari Dushanba, Xo‘jand, Qo‘rg‘ontepa, Ko‘lob (Amudaryoning o‘ng sohilida joylashgan viloyat; qadimda Xuttalon (Xatlon), XVI asrdan Ko‘lob nomi bilan ma'lum; XVI – XVIII asrlarda Balx xonligi tarkibiga kirgan. G‘arbda Vaxsh va Qubodiyon, sharkda qirg‘iz yerlari bilan tutash), Ustrushona, Xorug‘ va boshqalar.

1925 yilda Tojikistonni hamda undan tashqarida yashayotgan eroniy xalqlarni o‘rganish jamiyati tuzildi. Unga rus olimlari A. A. Semyonov, M. S. Andreev va boshqalar kiritildi. Jamiyat tomonidan qator ilmiy ekspeditsiyalar tashkil etilib, tojik xalqi tarixi, arxeologiyasi, etnografiyasi va antropologiyasiga doir qator asarlar nashr qilindi.

Tojiklarni o‘rganishda rus olimlari V. V. Bartold, A. Yu. Yakubovskiylarning hissasi katta bo‘ldi. 1925 yilda V. V. Bartold “Tadjiki” deb nomlangan ocherkini hamda O‘rta Osiyo xalqlari tarixiga oid qator asarlarni e'lon qildi. B. G. G‘ofurov 1917 yilgacha bo‘lgan davrni qamrab olgan “Istoriya tadjikskogo naroda v kratkom izlojenii” nomli birinchi umumlashma ishini bajarish asosida 1979 yilda “Tadjiki” deb nomlangan fundamental asari nashr qilindi.

1946 yili A. Yu. Yakubovskiy rahbarligida tojik arxeologiya ekspeditsiyasi tashkil etildi. 1952 yilda A. Donish nomlari Tojikiston F.A. Tarix institutida arxeologiya va numizmatika sektori tashkil etildi. Tojikiston arxeologiya faniga B. A. Litvinskiy, A. M. Mendelshtam, N. N. Negmatov, V. A. Ranov, ye. A. Davidovich va V. L. Voroninalar samarali hissa qo‘shganlar.

Tojikiston Respublikasi hududidan so‘nggi paleolit davriga oid ko‘plab mehnat qurollari topilgan. Bu hududlar qadimgi Baqtriya davlati tarkibiga kirgan, keyinchalik Tojikiston hududida Ahamoniylar hukmronligi o‘rnatilgan. Miloddan avvalgi 329 yilda makedoniyalik Iskandar qo‘shinlari bostirib kelgan, xalq unga qattiq qarshilik ko‘rsatgan. Natijada Tojikiston hududining bir qismi Salavkiylar davlati tarkibiga, so‘ng hududning aksariyat qismi Yunon-Baqtriya podsholigi tarkibiga kirdi. Kushonlar davrida yirik sug‘orish kanallari qurildi, shaharsozlik, hunarmandchilik yuqori darajaga ko‘tarildi, ayniqsa, mamlakatlar bilan savdo-sotiq va ijtimoiy aloqalar rivojlana bordi. Yunon yozuvi asosida kushon yozuvi paydo bo‘ldi. V – VI asrlarda Markaziy Osiyoning sharqiy qismini ko‘chmanchi xiyoniy qabilalari, so‘ngra eftaliylar egallab oldi. VI asr ikkinchi yarmida Tojikiston hududi Turk hoqonligi tarkibiga qo‘shib olindi. VIII asr o‘rtalarida arablar bostirib kelishi natijasida islom dini joriy qilina boshlandi. IX – X asrlarda Tojikiston hududi Tohiriylar va Somoniylar davlati tarkibida, IX – XIII asrlarda G‘aznaviylar, Qoraxoniylar, G‘uriylar, Qoraxitoylar, Xorazmshohlar davlatlari tarkibida bo‘lgan. Tojikiston hududiga bostirib kirgan Chingizxon qo‘shinlari (1219–21) aholining qattiq qarshiligiga duch keldi (Xo‘jandda Temur Malik boshchiligidagi halq qarshiligi va boshqalar). Mo‘g‘ullar istilosi iqtisodiy-ijtimoiy va madaniy hayotga jiddiy zarar yetkazdi. XIV asrning ikkinchi yarmiga kelib xo‘jalik qaytadan tiklana boshladi. Tojikiston hududi bu davrda Amir Temur va temuriylar, XVI asrda esa Shayboniylar saltanati tarkibida bo‘ldi. So‘ngra Buxoro amirligi qo‘l ostiga o‘tib, XIX asrning boshlarida Buxoro amirligi va Qo‘qon xonligi o‘rtasida taqsimlandi. XIX asrning ikkinchi yarmida Rossiya imperiyasi tomonidan zabt etildi. Rossiyada Oktyabr voqyealaridan so‘ng aholining jiddiy qarshiligiga (Ibrohimbek, Eshon Sulton, Davlatmandbiy, Fuzayl Maxsumlar boshchiligida) qaramasdan, Tojikiston bolsheviklar tomonidan bosib olindi.

1917 yil noyabr - 1918 yil fevralda Shimoliy Tojikistonda sovet hokimiyati o‘rnatildi va u Turkiston ASSR tarkibiga kirdi. Tojikistonning qolgan hududi Buxoro amirligi tarkibida bo‘ldi. 1924 yil O‘rta Osiyo respublikalarini “milliy-davlat chegaralanish” deb atalgan bo‘lib tashlash natijasida Tojikiston, O‘zbekiston SSR tarkibida muxtor respublika, 1929 yil esa SSSR tarkibida ittifoqdosh respublikaga aylantirildi.

1991 yil 9 sentyabrda mustaqillik to‘g‘risida Deklaratsiya e'lon qilindi va “Tojikiston Respublikasi” nomi tasdiqlandi.

Tojiklar (ushbu etnos tojikcha - toҷik, forscha - تاجیک‎, doriy tilida – تاجک [tɔːd͡ʒɪ›k] deb nomlanadi) Markaziy Osiyodagi qadimgi xalqlardan biri bo‘lib, Tojikiston Respublikasining asosiy aholisi hisoblanadi. Tojiklarning etnik maydonda shakllanishiga Markaziy Osiyoda yashovchi bir qator etnik guruh va qabilalar, chunonchi sug‘diylar, baqtriyaliklar, toxarlar, ko‘chmanchi saklar katta ta'sir ko‘rsatdi.

Tojikiston tojiklari shimoliy va janubiy tojiklarga bo‘linib, har bir guruh geohududiy kelib chiqishiga qarab yana bir qancha guruhlarga bo‘linadi. Chunonchi: xo‘jandlik, ko‘loblik, garmlik, pomirlik, darvozlik, romitlik, vaxonlik, gazimalik-lik, yovonlik va hokazolar), hamda o‘zbek, rus, qirg‘iz, turkman va boshqalar ham yashaydi.

Tojiklarning kelib chiqishi, miloddan avvalgi II ming yillikning oxiri – I ming yillikning boshlariga to‘g‘ri keladi. Bu davrda Markaziy Osiyoga yevroosiyodan eroniy tillarda so‘zlashuvchi qabilalar kelib, tub mahalliy aholi bilan aralashib ketgan. Tojiklar shakllangan hududda (Baqtriya, Sug‘diyona, Farg‘ona) dehqonchilik bilan shug‘ullangan elatlar bilan birgalikda ko‘chmanchi shaklar ham yashagan. Miloddan avvalgi II asrda Baqtriyaga yuechjilar va shak qabilalari bostirib kirib qudratli Kushon davlatiga asos soladi.

Tadqiqotchilar fikricha, tojiklarning ajdodlari shak – massaget qabilalariga borib taqaladi. Davrlar o‘tishi bilan bu qabilalarga yangi urug‘ – qabilalar aralashib ketgan. Sug‘diylar, parkanaliklar, qisman toxarlar tojik xalqi shakllanishida ishtirok etgan. Yunon – makedonlar, yuechjilar, xioniylar, kidoriylar, eftaliylar, “oq xunnlar”, so‘ngra turkiy qabilalarning bir qismi mahalliy aholi bilan aralashib ketgan. Arablar hukmronligi davrida, Somoniylar davlati tashkil topgan vaqtga kelib (IX – X asrlarda) tojik xalqi shakllangan. Hozirgi tojik tili Somoniylar hukmronligi davrida qadimgi sug‘d va baqtriya tili asosida vujudga kelgan. O‘sha davrda tojiklarning adabiy tili (doriy) paydo bo‘ldi.

Sug‘diy aholi, o‘z tili o‘rniga tojik tilida gaplashadigan bo‘lib qoladi. Tojiklar yashayotgan hududlarda tojik tili boshqa sharqiy eroniy tillarni siqib chiqara boshlaydi. IX asr oxiri – X asr boshlarida tojik xalqi etnik tarkibiga kirgan barcha guruhlarning umumiy va yagona tili bo‘lib qoladi.

So‘nggi davrlargacha tojiklar orasida turli etnografik guruhlar mavjud bo‘lgan. Hozir ham tog‘lar va vohalarda yashovchi tojiklar o‘rtasida etnik tafovutlar saqlanib qolgan.

Tojiklar o‘zlari yashaydigan joylariga qarab bir qancha guruhlarga bo‘linadi. Yaxsuv va Qizilsuv daryolari atrofida, tog‘ etaklari va tog‘larda qadimdan yashab kelayotgan tojiklar o‘zlarini tojik ko‘lobi deyishadi. Yaxsuv daryosining yuqori qismidagi yerlarda joylashgan tojiklar yaxsuvliklar nomi bilan ataladi.

Obimozor daryosi sohillaridagi tojiklar xovalinglar, Sho‘robdaryo atrofidagi tojiklar sho‘robdaryoliklar, Baljuvon yerdagilar baljuvonlilar, Baljuvonning shimoli – sharqiy qismidagi daralarda yashayotgan tojiklar darachilar, Qizilsuv daryosining o‘ng irmog‘i atrofida joylashgan tojiklar dashtlilar deyiladi.

Gazimalak tog‘ tizmasida joylashgan tojiklar gazimalaklilar, Vorzob havzasidagilar vorzoblilar; Qashqadaryo havzasining janubi – sharqiy qismidagi tojiklar, harduri tojiklari O‘zbekistonning janubiy mintaqalalarida yashovchi lokal etnografik guruh hisoblanadi. Hardurilar mintaqaning qadimiy mahalliy etnografik guruhlaridan biri bo‘lib, ular asosan tojik va o‘zbek tillarida so‘zlashadalar. Ushbu etnografik guruh asosan Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarining tog‘li hududlarida istoqomat qiladilar. Ular, Qashqadaryoning Dehqonobod G‘uzor tumanida hamda Qarshi cho‘li hududida yashab, sosan tojik va qisman o‘zbek tilining qarluq lahjasida so‘zlashadilar. Ilmiy adabiyotlarda va mahalliy aholining ta'kidlashicha, harduri – har joydan kelib qolgan, yig‘ilib qolgan aholi deb qaraladi, ya'ni boshqacha aytganda, qurama so‘zining ma'nosiga deyarli mos keladi. Lekin ushbu guruhning quramalar bilan hyech qanday aloqadorligi yo‘q.

1924 yilgi O‘rta Osiyoni rayonlashtirish komissiyasi materiallariga ko‘ra tojik tilli hardurilarning asosiy qismi Qashqadaryo havzasining janubi-sharqiy qismida joylashgan. Shuningdek,, Sheroboddaryoning (Surxondaryo viloyatining tog‘li qishloqlari) yuqori qismi – Yuqori Machay (300 xo‘jalik bo‘lgan) va Xo‘jadiyak qishloqlarida (XX asrning 20- yillarigacha 50 xo‘jalik bo‘lgan) o‘zbek tilida gaplashuvi hardurilar yashagan deb ko‘rsatilgan. O‘z navbatida hardurilar tiliga asta-sekinlik bilan o‘zbek-chig‘atoylari ta'sir o‘tkaza borgan va keyinchalik o‘zlarini o‘zbek-hardurlari deb atay boshlaganlar.

Harduri qishlog‘i Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida ham bor. Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanidagi Harduri qishlog‘ida o‘zbeklar yashaydi. Bu yerdagi hardurilar Machaydan uzoqda bo‘lmagan Kichik O‘radaryoning yuqori havzasida joylashgan Dehqonobod tumanidagi Boshchorvoq qishlog‘idan kelganligini aytadi. Etnografik manbalarda yozilishicha, Boshchorvoqda tojik-hardurilari bilan birgalikda turklar 1200 xo‘jalikni tashkil etgan.

Surxondaryo vohasida esa Taroqli qishlog‘ida yashaganligi ilmiy tadqiqotlarda qayd etilgan va ushbu qishloq mahalliy aholi orasida Harduriqishloq tarzda nomi bilan ham ma'lum va mashhur bo‘lgan. 1926 yilgi aholi ro‘yxati materiallarida ular o‘zbek tilli ekanligi qayd etilgan. Harduri yoki Harduri-soy toponimlari To‘palangdaryosining o‘ng irmog‘i Malandsoy atroflarida uchraydi. Ammo bu qishloqlarning aholisi aynan hardurilar ekanligi ma'lum emas. Chunki bu qishloqlarda yashovchi mahalliy aholi o‘zlarini hardurilar deb atamaydi.

Hardurilar asosan xo‘jalikda sug‘orma dehqonchilik, bog‘dorchilik va qisman tog‘ yaylov chorvachiligi bilan shug‘ullanishadi) deb yuritiladi. Shuningdek,, tromiti tojiklari, ko‘histon tojiklari, yag‘nob tojiklari, rog‘i tojiklari bor.

Bosib o‘tgan tarixi davomida tojik xalqi va uning madaniyati, Markaziy Osiyodagi turkiy xalqlar bilan jumladan, o‘zbeklar bilan etnomadaniy aloqalarda kengayib rivojlanib borgan.

XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asrning boshlarida sodir bo‘lgan Markaziy Osiyodagi siyosiy, iqtisodiy voqyealar tojiklar turmush tarziga turlicha ta'sir qildi. Masalan, Rossiya imperiyasi tomonidan hozirgi Tojikistonning shimoliy qismlari bosib olingan bo‘lsa, janubiy qismi Buxoro amirligi tarkibiga kirgan.


Download 103.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling