Maruza ish joyini tayorlashga va ishlashga ijozat berishga ruxsat etish
Himoya vositalari holatini nazorat qilish va ularning hisobini olib borish
Download 91.58 Kb.
|
5-6-7-8
Himoya vositalari holatini nazorat qilish va ularning hisobini olib borish
Raqamlanishi zarur bolmagan gilamchalar, tagliklar, hamda xavfsizlik plakatlari va belgilaridan tashqari, ishlatilayotgan barcha izolyasiyalovchi himoya vositalari, himoya belboglari ham raqamlangan bolishi zarur. Elektrostansiya, elektr tarmoqlari va podstansiyalarda har bir himoya vositasi uchun alohida raqamlanadi. Inventar raqamlar bevosita himoya vositasiga yozib qoyiladi. Agar himoya vositalari bir necha bolaklardan iborat bolsa (kuchlanish korsatgichlari, izolyasiyalovchi shtangalar va hokazolar), ushbu vosita uchun umumiy bolgan raqam jami bolaklarga alohida yozilishi zarur. Himoya vositalarining raqami barcha bolaklarda bir xilda bolsa, zavod raqamini qollash mumkin. Elektrostansiya sexlari, podstansiya (markazlashtirilgan xizmat korsatilganda bolim va uchastkada) laboratoriya, qurilish-montaj tashkilotlari uchastkalari va boshqa joylarda himoya vositalarini hisobga oluvchi va holatini nazorat qiluvchi, ularning nomi va raqami qayd qilingan, saqlanish joyi korsatilgan, vaqti-vaqti bilan sinash va korikdan otkazish muddati korsatilgan qayd etish jurnali olib borilishi zarur. Jurnal tavsiya qilingan shaklda (1-ilovaga qaralsin) toldirilib borilishi va har 6 oyda bir marta himoya vositalari holatiga javobgar mamuriy texnik xodim tomonidan nazorat qilib turilishi zarur. SHaxsiy foydalaniщda bo‘lgan himoya vositalari ham, himoya vositalarini hisobga olish va saqlash jurnalida qayd kilinishi, ularning berilgan vaqti va xodimning vositani olganligi to‘g‘risidagi imzosi bolishi zarur. Himoya vositalari tayyorlangandan song har bir himoya vositasi namunasini qabul qilish va topshirish, davriy (vaqti-vaqti bilan) va namunaviy sinovlardan otkazish talab qilinadi (GOST 16504-81). Ishlatilayotgan himoya vositalari davriy va navbatdan tashqari (tamirlashdan kyoyin otkaziladigan) sinovlardan otkazilishi lozim. Izolyasiyalovchi tagliklar, dielektrik gilamchalar, kochma erga ulagichlar, tosiqlar, plakat va belgilardan tashqari, zavodlardan yoki omborlardan ishlatish uchun olingan hamma himoya vositalari ishlatish sinovlari meyorlari boyicha sinovdan tekshirilishi shart. Izolyasiyalovchi dastakli uskuna va 1000 V gacha bolgan kuchlanish korsatgachlaridan tashqari, sinovga bardosh bergan barcha himoya vositalariga quyidagi shakllarda keltirilgan shtamplardan biri qoyilishi zarur. Elektr himoya vositalari uchun shtamp namunasi:
Elektr uskunalari kuchlanishidan qati nazar ishlatiladigan himoya vositalari va saqlagich moslamalari (dielektrik qo‘lqoplar, protivogazlar, montyorning himoya belbog‘lari, xavfsizlikni ta’minlovchi xavfsizlik arqonlari va h.k. lar) uchun shtamp namunasi:
SHtamp rezina mahsulotlari chetiga, saqlagich moslamalari va elektr himoya vositalarini izolyasiya qismidagi chegaralovchi halqa yoniga chidamli hamda yuvilib ketmaydigan boyoq bilan bosilgan bolishi yoki elimda yopishtirilishi kerak. Bir necha bolakdan iborat bolgan himoya vositasiga shtamp himoya vositasining faqat bir bolagiga bosilishi lozim. Ishga yaroqsiz deb topilgan himoya vositasining eski shtampi qizil boyoq bilan ochirib tashlanishi zarur. Himoya vositalarini sinovdan otkazuvchi laboratoriya elektr va mexanik sinov natijalarini ixtiyoriy shakldagi jurnalda qayd qiladi. Dielektrik rezinadan qilingan kop miqdordagi himoya vositalarining sinov natijalarini alohida jurnalda qayd qilish mumkin (2-ilova). Begona tashkilotlarga tegishli himoya vositalariga ham shtamp bosiladi va bundan tashqari, buyurtmachiga sinov bayonnomasi beriladi (3-ilova). Download 91.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling