Maruza ish joyini tayorlashga va ishlashga ijozat berishga ruxsat etish
Himoya vositalarini saqlash tartibi
Download 91.58 Kb.
|
5-6-7-8
Himoya vositalarini saqlash tartibi
Himoya vositalarining sozligi va ishlatishga yaroqliliga taminlanadigan sharoitda saqlash va tashish zarur. SHuning uchun ular namlikdan, ifloslanishdan va mexanik buzilishlardan himoyalangan bolishi kerak. Himoya vositalari berk xonalarda saqlanishi zarur. Rezinadan tayyorlangan himoya vositalari maxsus shkaf, tokcha, quti va hokazolarda alohida saqlanishi kerak. Ular yog, benzin va rezinani emiradigan boshqa moddalardan, hamda togridan-togri tushadigan quyosh nuri va isitkich asboblari tasiridan himoyalangan bolishi lozim. Ombordagi zaxiraga olib qoyilgan rezinadan tayyorlangan himoya vositalari harorati 0 - 25°S bolgan quruq xonalarda saqlanishi kerak. Izolyasiyalovchi shtanga va qisqichlar xona devorlariga tegmaslik hamda egilmaslik choralari korilgan holatda saqlanishi zarur. Kuchlanish korsatgichi va elektr olchovchi qisqichlar jild yoki giloflarda saqlanishi lozim. Kochma erga ulagichlarni saqlashga moljallangan maxsus joylarga tartib raqami qoyiladi, ularning raqamlari kochma erga ulagichlardagi raqamlarga mos kelishi kerak. Protivogazlar maxsus sumkalarga joylangan bolib, quruq xonalarda saqlanishi shart. Ishlatilayotgan himoya vositalari maxsus ajratilgan joylarda, odatda, xonalarning kirish joylarida va elektr uskunalarini boshqaruv shchitlarida joylashtiriladi. Ushbu joylarda himoya vositalarining royxati bolishi kerak. Saqlanish joylarida shtangalar, qisqichlar, kochma erga ulagichlar, xavfsizlik plakatlari va belgilari uchun kronshtyoyn yoki ilgaklar bolishi, shuningdek, dielektrik qolqop, dielektrik kalish, dielektrik etik, dielektrik gilamcha, dielektrik qalpoq, izolyasiyalovchi taglik va qoplama qolqop, himoya belbogi va arqonlari, himoya kozoynagi, protivogaz va kuchlanish korsatgichlar va boshqalar uchun shkaflar hamda tokchalar bilan jihozlangan bolishi zarur. Tezkor chiqadigan va tamirlash brigadalari, laboratoriyadagi yoki shaxsiy foydalanishda bolgan elektr himoya vositalari quti, sumka yoki jildlarda saqlanishi lozim. Kuchlanish ostida tamirlash ishlarini olib borishda ishlatiladigan izolyasiyalovchi vositalar quruq va havosi shamollatiladigan xonalarda saqlanishi, ularni tashishda va ochiq havoda vaqtinchalik saqlaganda jildlarga solingan bolishi zarur. Izolyasiyalovchi qurilmalar va moslamalarni ishlatishdan oldin quruq latta bilan artish, ishlatish mobaynida namlanishiga yol qoymaslik talab qilinadi. Izolyasiyalovchi vositalar namiqqan bolsa, ularni quritish va navbatdan tashqari elektr sinovidan otkazish darkor. Download 91.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling