Ma`ruza. Jahon xo‘jaligi va uning evolyusiyasi Reja Iqtisodiy rivojlanishning umumjahon tomonlari Ishlab chiqarishning baynalminallashuvi


Download 111 Kb.
bet2/3
Sana09.05.2023
Hajmi111 Kb.
#1448322
1   2   3
Bog'liq
39 - Ma`ruza. Jahon xo\'jaligi va uning evolyusiyasi

Uchinchi bosqich XIX-XX asrlarga to‘g‘ri kelib, bu davrda jahon xo‘jaligi tizimi shakllandi.
To‘rtinchi bosqich XX asrning 60-yillaridan boshlab, ya’ni ko‘plab mustamlaka mamlakatlarning siyosiy qaramlikdan ozod bo‘lishi natijasida zamonaviy jahon iqtisodiyotida ijobiy o‘zgarishlarning yangi tendensiyalari paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. Bu tendensiyalar quyidagilardan iborat:

  • iqtisodiy manfaatdorlik asosidagi xalqaro hamkorlik;

  • ishlab chiqarishning baynalminallashuvi;

  • jahon miqyosidagi bozor makonlarining kengayishi;

  • jahon xo‘jaligi aloqalari majmuining rivojlanishi1.

Ba’zi manbalarda «Jahon xo‘jaligi», tushunchasining keng va tor ma’nolari farqlanadi2. Keng ma’nosiga ko‘ra, jahon xo‘jaligi – bu jahondagi barcha milliy iqtisodiyotlarning yig‘indisidir. Tor ma’nosiga ko‘ra – bu milliy iqtisodiyotlarning faqat tashqi dunyo bilan o‘zaro aloqada bo‘lgan qismlari majmuidir. Biroq, bu ikkala ma’no o‘rtasidagi tafovut borgan sari sezilmay qolmoqda, chunki barcha mamlakatlarda tashqi dunyo bilan bevosita yoki bilvosita aloqaga kirishmagan tarmoq yoki sohalar tobora kamayib bormoqda.
Demak, yuqoridagilardan kelib chiqib aytishimiz mumkinki, jahon xo‘jaligi – bu xalqaro mehnat taqsimoti asosida savdo, ishlab chiqarish, moliyaviy, ilmiy- texnikaviy va boshqa shakldagi iqtisodiy hamkorlik va aloqalari kuchaygan, o‘zaro manfaatdorlik maqsadida birlashgan turli mamlakatlar xo‘jaliklarining umumiy tizimidir.
Jahon xo‘jaligi sub’ektlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:

  • o‘z ichiga milliy iqtisodiyot majmuasini oluvchi turli mamlakatlar;

  • transmilliy korporatsiyalar;

  • xalqaro tashkilot va institutlar;

  • milliy iqtisodiyot chegarasidan chiqqan, barcha sohalar, xo‘jaliklar va firmalar.

Shuni amalga oshirish maqsadida “davlat mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, mamlakatning xalqaro munosabatlarning teng huquqli sub’ekti sifatidagi o‘rni va rolini oshirish, rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirish, O‘zbekistonning yonatrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo‘shnichilik muhitini shakllantirish”3 strategik vazifa sifatida qo‘yildi.
Dunyo bir-biridan maqsadlari, amal qilish mexanizmi bilan farqlanuvchi turli xil ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlar, xalqaro guruhlarga bo‘lingan. Jahon hamjamiyati mamlakatlarini turkumlash har xil mezonlar asosida amalga oshiriladi.
Turli mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlarining turli-tumanligi ular taraqqiyot darajasini qandaydir bitta nuqtai-nazardan baholash imkonini bermaydi. Shunga ko‘ra, mazkur maqsadda bir necha asosiy ko‘rsatkich va mezonlardan foydalaniladi:

  • mutlaq va nisbiy YaIM;

  • milliy daromad va uning aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi miqdori;

  • milliy iqtisodiyotning tarmoq tuzilmasi;

  • mamlakat eksporti va importi tarkibiy tuzilmasi;

  • aholining turmush darajasi, sifati va boshqalar.

Mamlakatning jahon xo‘jaligidagi o‘rnini aniqlashda bir necha yondashuvlar mavjud. Ulardan eng oddiylari – mamlakatlarni aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi daromad darajasi bo‘yicha guruhlarga ajratish hisoblanadi. Bunday yondashuv BMT, Xalqaro valyuta fondi (XVF), Jahon tiklanish va taraqqiyot banki (JTTB) tomonidan qo‘llaniladi. Masalan, JTTB daromad darajasiga ko‘ra mamlakatlarning uchta guruhini farqlaydi. 1995 yili aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi milliy daromadlarning quyidagi chegaraviy miqdorlari belgilangan edi:

  • daromadlarning past darajasi – 765 dollargacha (49 ta mamlakat);

  • daromadlarning o‘rtacha darajasi – 766 dollardan 9385 dollargacha (58 ta mamlakat);

  • daromadlarning yuqori darajasi – 9386 dollar va undan yuqori (26 ta mamlakat).

Jahon hamjamiyati mamlakatlarini turkumlashga umumiy asosda yondashib xo‘jalik tizimlarining xususiyatlariga mos ravishda davlatlarning uchta guruhini ajratib ko‘rsatish mumkin: rivojlangan, bozor iqtisodiyotiga asoslangan holda rivojlanayotgan va bozor iqtisodiyoti mavjud bo‘lmagan mamlakatlar. Rivojlanganlik darajasi bo‘yicha ham o‘z navbatida uchta guruh farqlanadi: past, o‘rtacha va yuqori rivojlangan mamlakatlar. Shimoli-sharqiy Osiyo va Lotin Amerikasidagi yangi industrial mamlakatlar (YaIM), yuqori daromadli neft eksport qiluvchi mamlakatlar (Saudiya Arabistoni, Quvayt va boshqalar), eng kam rivojlangan mamlakatlar (EKRM), shu jumladan eng kambag‘al mamlakatlar (Chad, Bangladesh, Efiopiya), har xil mintaqaviy ittifoqlar va baynalminal guruhlarga ajratiladi. Bu barcha turli-tumanlik bir butun yaxlitlikka o‘zaro iqtisodiy bog‘liqlikning har xil jihatlari orqali tortiladi.



Download 111 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling