Ma`ruza Kirish. Metrologiya asoslari. Universal o‘lchash priborlari
Download 412.99 Kb.
|
Ma`ruza-1 (1)
Optik mexanik priborlarOptik mexanik priborlar o’lchanayotgan ob’ektlar tasvirini kattalashtirish, o’lchash va o’lchamni o’qib olish aniqliklarini oshirish imkoniyatini beradi. Texnikaviy o’lchashlarda ishlatiladigan optik-mexanik priborlarni quyidagi turlarga bo’lish mumkin: richagli-optik priborlar, proektsiyalash priborlari, o’lchash mashinalari va o’lchash mikroskoplari. Richagli-optik priborlar misoli sifatida optimetrni qurishimiz mumkin. Optimetrlarda o’lchash va o’lchamni o’qib olish aniqliklarini oshirishga mexanik uzatish mexanizmlarini optik avtokollimatsiya qurilmasi bilan birlashtirish hisobiga erishiladi. Bu priborlar tashqi o’lchamlarga mo’ljallangan vertikal va tashqi va ichki o’lchashlarga mo’ljallangan gorizontal turlarga bo’linadi. Avtokollimatsiya printsipi asosiga ob’ektivni uz fokusida joylashgan yorug’lik manbaidan chiqkan yeyilgan nurlar dastasini parallel nurlar dastasiga aylantirib yassi ko’zgudan kaytgandan keyin nurlar dastasini shu fokusni o’zida yig’ish xususiyati qo’yilgan.(5rasm). 5-rasm. Agar ko’zgu tekisligi burchagi ostida o’rnatilgan bo’lsa kaytgan nurlar chiqish punkti O dan t masofada joylashgan O1 nuqtasida to’planadi. SHu printsip optimetrlarda ishlatiladi. (6rasm). 6-rasm. Yorug’lik nuri 1 manba’dan 2 yoritish ko’zgusi bilan 3 prizma orkali ob’ektiv 5 bilan 6 okullyarlar umumiy fokal tekisligida joylashgan 4 shkalaga yunaltiriladi. SHkaladan o’tgan nur 7 prizmaga tushib 90 gradusga buriladi, 5 ob’ektivdan o’tib 8 ko’zguga tushadi. O’lchash sterjeni 9 xarakati ko’zguni burchakka buraydi, nur esa ko’zgudan 2 burchagida qaytadi. Okulyar 6 ga tushgan nur boshqa yo’l bilan qaytib borishi natijasida undagi shkala tasviri qo’zg’almas indeksga nisbatan t masofaga siljiydi. (7 rasm). 7-rasm. Optimetrda optik richag printsipi ishlatilgan: richagning kichik yelkasi bo’lib a masofasi, katta yelkasi bo’lib ob’ektivning F fokus masofasi xizmat qiladi. Optimetrni shkala bo’yicha ko’rsatish diapazoni 0,1 mm, o’lchash diapazoni 0-350 mm. O’lchash kuchi 0,5-2 n, o’lchash xatoligi (0,2 + 0,7) mkm. Gorizontal proektsiyalash optimetrlar shkalasining bo’linmalar qiymati 1 mkm bo’lib, shkala ekranga proektsiyalanadi. Ekranli priborlar okulyarli priborlardan murakkab va kimmat, lekin ishlatishda qulay. Optimetrlarni shkala bo’yicha ko’rsatish diapazoni kichik bo’lgani uchun bular faqat takkoslab o’lchash uchun ishlatiladi. 0-350 mm orasidagi o’lchamlar uchun vertikal va gorizontal uzunlik o’lchagichlardan foydalangan qulayrok. Bu optik-mexanik priborlarning bo’linmalar qiymati 0,001mm. Uzunlik o’lchagichlar vertikal IZV-1, kompakt IZV-2, ekranli gorizontal IKU-2 shakllarda ishlab chiqiladi. Murakkab tanasimon detallar uchun, katta uzunliklarni aniq o’lchash uchun, teshiklar o’qlari orasidagi masofalar va b. uchun bir koordinatli IZM turdagi o’lchash mashinalari ishlatiladi. Buni o’lchash chegarasi 1000mm. Odessa frezalash stanoklari zavodida ishlangan o’lchash mashinasi uch koordinata bo’yicha quyidagi chegaralar bilan o’lchaydi: X-100mm, Y-250mm, Z-150 mm. Xar bir koordinata bo’yicha bo’linmalar qiymati 0,5 mkm. Yorug’lik nurlari interferentsiyasi xodisasiga interferometr degan o’lchash priborlari asoslangan. Bular kontaktli va kontaksiz bo’lib, o’zgaruvchan bo’linmalar qiymatiga ega: 0,05-0,2 mkm. CHiziqli o’lchamlarni va mashina, priborlar ko’zg’aluvchan kismlarining siljish masofalarini o’lchash xatoliklari interferometrlarda 0,01 - 0,03 mkm tashkil etadi. Asbobsozlik va universal mikroskoplar burchak va chiziqli o’lchamlarni o’lchash uchun ishlatiladi. Asbobsozlik mikroskoplar kichik MMI va katta BMI modellarda ishlanadi. Universal mikroskoplar asbobsozlik mikroskoplardan kattaroq o’lchash diapazoni va yuqorirok aniqlik bilan farq qiladi. Eng ko’p tarqalgan modellari UIM-21 va UIM-23. O’lchash chegaralari: buylama yo’nalish bo’yicha 0-200mm, kundalang yo’nalishda 0-1000mm, burchak 0-360 grad. (burchak shkalasi bo’linmalar qiymati 11). Proektorlar nazorat qilinayotgan detalni kattalashtirilgan tasvirini beradi. Murakkab konturli detallar nazorati uchun ishlatiladi: profilli shablonlar, mayda modulli tish o’ygichlar, frezalar, rezba hosil qiluvchi asboblar. Mashinasozlikda pnevmatik o’lchash asboblarini ishlatish ham keng rivoj oldi. Bularni ishlash printsipi o’lchanayotgan o’lchamni siqilgan xavo bosimi yoki sarfi bilan bog’liqlikga asoslangan. Download 412.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling