Ma`ruza Kirish. Metrologiya asoslari. Universal o‘lchash priborlari


Download 412.99 Kb.
bet1/7
Sana27.01.2023
Hajmi412.99 Kb.
#1132570
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ma`ruza-1 (1)


Ma`ruza-1. Kirish. Metrologiya asoslari. Universal o‘lchash priborlari.


Reja:
1.O‘zbekiston o‘lchashlar birligini ta’minlash tizimi. Metrologiya sohasida ishlatiladigan asosiy atamalar va ta’riflar. Metrologik ta’minotning asosiy maqsadi. 2.Metrologiya sohasida ishlatiladigan birliklar va o‘lchov vositalari. Mexanikaviy o‘lchash priborlari. Optik-mexanik o‘lchash priborlari. O‘lchash mikroskoplari va mashinalari.
3.O‘lchash vositalarini ishlab chiqarish turiga va ishlash aniqligiga qarab tanlash. Nazoratning tashkiliy-texnik turini aniqlash.

Texnologik jarayonlarni takomillashtirish, aniq, ishonchli va uzoqqa chidamli mashina va priborlar ishlab chiqish uchun texnikaviy o’lchamlarni ilgarilab rivojlanishi zarur.


Metrologiya - bu fizikaviy kattaliklarni o’lchashlar va bularni usullari va vositalari yagonaligini ta’minlash ќaqidagi fan.
Metrologiya masalalari qatoriga quyidagilar kiradi:
1) o’lchamlar umumiy nazariyasini rivojlantirish.
2) o’lchash usullari va vositalarini, o’lchash aniqligini topish usullarini ishlab chiqish.
3) fizikaviy kattaliklar birliklarini va ular sistemalarini kiritish;
4) o’lchamlar yagonaligini, o’lchash vositalarini va talab qilingan o’lchash aniqligini yagona talablarga javob berishini ta’minlash;
5) etalonlar va namunaviy o’lchash vositalarini kiritish;
6) kattaliklar birliklari o’lchamlarini etalondan yoki namunaviy o’lchash vositasidan ishchi o’lchash vositasigacha uzatish usullarini ishlab chiqish va b.
O’lchash deganda o’lchash uchun maxsus mo’ljallangan texnikaviy vosita yordamida o’lchanayotgan fizikaviy kattalik uchun qabul qilingan birliklarda tajriba yo’li bilan shu kattalikni qiymatini topish tushuniladi. Fizikaviy kattaliklar birliklari xalqaro SI sistemasida keltirilgan.
Kattaliklar birliklarini ifodalash va saqlash maqsadida, davlat uchun boshlanђich deb rasmiy ravishda tasdiqlangan, etalonlar ishlatiladi. Masalan metrni ifodalash uchun kripton Kr nurlanishining yoruђlik etaloni ishlatiladi.

Download 412.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling