Ma`ruza Kirish. Metrologiya asoslari. Universal o‘lchash priborlari
Download 412.99 Kb.
|
Ma`ruza-1 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’lchash xatoligi - o’lchash
- O’lchash
O’lchashlar diapazoni - o’lchash vositasini ruxsat qilingan
xatoliklari meyorlangan o’lchanayotgan kattalik qiymatlarining doirasi. O’lchash kuchi - kontakt zonasida o’lchash uchligini detalga ta’sir qilish kuchi. O’lchash vositasini joiz (ruxsat etilgan) xatoligi chegarasi - o’lchash vositasi yarokli deb ќisoblanishi mumkin bo’lgan eng katta absolyut xatolik. O’lchash_xatoligi_-_o’lchash'>O’lchash xatoligi - o’lchash natijasi bilan o’lchanayotgan kattalik xaqiqiy qiymatining ayirmasi. O’lchash priborining sezgirligi - o’lchash vositasini chiqishidagi signal o’zgarishining shunga keltirgan o’lchanayotgan kattalik o’zgarishiga nisbati. Masalan,o’lchamni 0,5 mkm ga o’zgarishi pribor ko’rsatkichini 1 mmga siljishiga keltirsa sezgirlik 1000:0,5=2000 bo’ladi. O’lchash vositalarini ko’p turlariga, joiz xatoliklarga va o’lchash aniqligiga ta’sir qiluvchi boshqa xususiyatlarga boђliq ќolda, muvofiq aniqlik klasslari beriladi. Aniq ishlab chiqarish jarayonlarini nazorat qilish va mashinalar sifatini oshirish uchun o’lchash vositalari aniqligini, unumdorligini va ishonchliligini oshirish kerak, ularni to’ђri ishlatish va ekspluatatsiya davrida sistematik ravishda tekshirib sozlab turish kerak. Yuqori aniqlikda maxsulot ishlaydigan korxonalarda o’lchashlar aniqligini ta’minlash uchun maxsus metrologik markazlar tashkil qilinadi. Bu markazlar aloxida fundamentda joylashgan termokonstant binolar bo’lib, ularda talab qilingan o’lchash aniqligiga qarab 20 0,15 - 20 0,5 gradus temperatura saklanadi. O’lchash vositalari xatoliklarini kamaytirish uchun ular loyiќalanganda Abbe (komparator) printsipi bajarilishi kerak, ya’ni pribor shkalasining o’qi bilan o’lchanayotgan o’lcham bir chiziqda bo’lishi kerak. Uzunlik va burchak o’lchovlari.Uzunlik o’lchovlari shtrixli va uch o’lchovlariga bo’linadi. SHtrixli o’lchovlar etalonlar, namunaviy va ishchi o’lchovlar sifatida ishlatiladi ќam qo’pol o’lchashlar asboblarida ishlatiladi. Yassi-parallel uch o’lchovlari mashinasozlikdagi xozirgi zamon chiziqli o’lchashlarning asosini tashkil qiladi. Ular o’lchamni uzunlik birligini ishchi etalondan maxsulotga kadar uzatish uchun ishlatiladi. O’lchash vositalarini nolga sozlash, o’lchash asboblar aniqligini tekshirish va shkalalarini belgilash, o’ta aniq yiђish ishlari uchun va boshqa maqsadlarda foydalanadilar. Bu o’lchovlar parallepiped ko’rinishida toblangan pulat yoki kattik kotishmalardan tayyorlanadi. Ikkita parallel ishchi sirtlari jilvirlanadi va meyoriga yetkaziladi. Uch o’lchovlarini bir birini ustidan bosib so’rganda ular ishqalanib yepishish xususiyatiga ega. SHuning uchun bulardan xar xil o’lchamlardagi bloklar yiђish mumkin. Uch o’lchovlari 83, 112 donalik va b. to’plamlar ko’rinishida ishlab chiqiladi. Bu to’plamlar ixtieriy o’lchamni minimal sondagi o’lchovlardan yiђish imkoniyatini beradi. O’lchov nominal o’lchami yon tomoniga, o’lchami 5,5 mmdan kichik o’lchovlvrda ishchi sirtiga tamgalanadi. Ishlab chiqish aniqligi bo’yicha uch o’lchovlari 4 klassga (0,1,2,3) bo’linadi. Foydalanishdagi o’lchovlar uchun qo’shimcha 4 va 5 klasslar ќam kiritilgan. O’lchovlar o’lchamlarini attestatsiya qilish chekli xatoliklariga qarab ular 5 razryadga (1 dan 5 gacha) bo’linadi. Foydalanganda o’lchov o’lchami sifatida uni attestatida ko’rsatilgan xaqiqiy o’lchami qabul qilinadi. Burchak o’lchovlari prizmalar ko’rinishida tayyorlanadi. Bular yassi burchak birligini aniqlash va uzatish, burchak o’lchash priborlarini va shablonlarini tekshirish va shkalalarini belgilash ќam maxsulotlar burchaklarini nazorat qilish uchun ishlatiladi. Bu o’lchovlar 10, 1011, 11, 3011 farq qiluvchi burchaklar yiђish imkoniyatini beruvchi to’plamlar yoki aloxida o’lchovlar ko’rinishida ishlab chiqiladi. Burchak o’lchovlari 3 aniqlik klassiga bo’linadi: 0 - ishchi burchaklar xatoliklari dan gacha; 1- chekli xatoliklari 2- chekli xatoliklari . O’lchovlardan bloklarni ishqalab yepishtirib yoki ushlagichlar bilan maxkamlab yiђish mumkin. (12 rasm). 1-rasm. Download 412.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling