Maydoniy tranzistorni statik xarakteristikalari va asosiy parametrlari
Zatvordagi kuchlanish UZI yordamida stok toki IC ni boshqarish stok – zatvor xarakteristikasidan aniqlanadi. Bu xarakteristika tranzistorning uzatish xarakteristikasi deb ham ataladi. 12.8 a-rasmda USI=const bo‘lgandagi stok zatvor xarakteristikalar oilasi IS =f (UZI) keltirilgan.
Stok – zatvor xarakteristikadan ko‘rinib turibdiki, UZI=0 bo‘lganda tranzistor orqali maksimal tok oqib o‘tadi. UZI qiymati ortishi bilan kanal kesimi tusha boshlaydi va ma’lum UZI.BERK. qiymatga yetganda nolga teng bo‘lib qoladi va stok toki IS deyarli nolga teng bo‘lib qoladi. Tranzistor berkiladi. USI ortishi bilan xarakteristika tikkalasha boradi, bu holat kanal uzunligining uncha katta bo‘lmagan kamayishi bilan tushuntiriladi. Stok – zatvor xarakteristika tenglamasi quyidagi qo‘rinishga ega bo‘ladi:
. (12.12)
12.8 b–rasmda maydoniy tranzistorning chiqish (stok) xarakteris-tikalari keltirilgan. Stok xarakteristika - bu ma’lum UZI =const qiymatlaridagi IS =f (USI) bog‘liqlik. USI ortishi bilan IS deyarli to‘g‘ri chiziqli o‘zgaradi (tekis o‘zgarish rejimi) va USI= USI.TO‘Y. qiymatiga yetganda (b nuqta) IS ortishi to‘xtaydi.
a) b)
12.8 – rasm.
MT asosiy parametrlari. Maydoniy tranzistorlarning asosiy parametrlaridan biri bo‘lib xarakteristika tikligi hisoblanadi
(mA/V),
va uni quyidagi ifodadan aniqlash mumkin
, (12.13)
bu yerda Smax – UZI=0 bo‘lgandagi maksimal tiklik. (12.12) (12.13) ifodalardan ko‘rinib turibdiki, UZI ortishi bilan stok toki va maydoniy tranzistor xarakteristika tikligi kamayadi.
Statik xarakteristikalardan maydoniy tranzistorning boshqa parametrlarini ham aniqlash mumkin.
Tranzistorning differensial (ichki) qarshiligi istok va stok oralig‘idagi kanal qarshiligini ifodalaydi
UZI =const bo‘lganda (12.14)
To‘yinish rejimida (VAX ning tekis qismida) Ri bir necha MOmni tashkil etadi va USI ga bog‘liq emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |