Маъруза конституция янгиланишига қандай зарурат бор?
Download 381.97 Kb.
|
ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- 61-modda ga
55-moddaga quyidagicha normalar qo‘shiladi:
Yer qonunda nazarda tutilgan shartlar asosida va tartibda xususiy mulk ham bo‘lishi mumkin. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar, o‘rmon fondi davlatga tegishli bo‘lib, tadbirkorlik sub’yektlariga ijara shartnomalari asosida ajratiladi. 56-moddaning amaldagi talqini quyidagicha: “O‘zbekiston Respublikasida qonunda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar, olimlarning jamiyatlari, xotin-qizlar, faxriylar va yoshlar tashkilotlari, ijodiy uyushmalar, ommaviy harakatlar va fuqarolarning boshqa uyushmalari jamoat birlashmalari sifatida e’tirof etiladi”. Mazkur moddani quyidagicha tahrirga o‘tkazish taklif etilyapti: Fuqarolik jamiyati institutlari, shu jumladan mahallalar, siyosiy partiyalar, harakatlar, ommaviy axborot vositalari, kasaba uyushmalari, jamoat fondlari va shaxslarning boshqa jamoat birlashmalari fuqarolik jamiyatining asosini tashkil etadi, uning mazmunini belgilaydi. Fuqarolik jamiyati institutlari fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini, demokratik qadriyatlarni himoya qilishga, ijtimoiy hamda madaniy maqsadlarga erishish uchun ko‘maklashishga, jamiyatning ma’naviy va boshqa nomoddiy ehtiyojlarini qanoatlantirishga qaratilgandir. 61-moddaga diniy erkinlikka oid quyidagicha normalar qo‘shiladi: O‘zbekiston Respublikasida qonunda belgilangan tartibda faoliyat ko‘rsatayotgan barcha diniy tashkilotlar faoliyatining erkinligi kafolatlanadi. Davlat konfessiyalarning tinch-totuv yashashiga kafil bo‘ladi. 63-moddaning amaldagi tahriri bunday: “Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lish huquqiga ega. Nikoh tomonlarning ixtiyoriy roziligi va teng huquqliligiga asoslanadi”. Mazkur modda quyidagicha tahrirga o‘tkaziladi: Oila jamiyatning tabiiy va asosiy bo‘g‘ini, aholini saqlab qolish hamda ko‘paytirish negizi sifatida jamiyat va davlatning alohida muhofazasi ostida bo‘ladi. Nikoh ayol va erkakning ixtiyoriy roziligiga va teng huquqliligiga asoslanadi. Davlat oilaning to‘laqonli rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy va iqtisodiy shart-sharoitlarni yaratadi. Davlat ko‘p bolali oilalarga qonunga muvofiq imtiyozlar va ijtimoiy kafolatlar berilishini ta’minlaydi. Download 381.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling