Маъруза конституция янгиланишига қандай зарурат бор?
Download 381.97 Kb.
|
ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- 74-modda
64-moddada ota-onalar zimmasiga yuklatilgan vazifalar ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar zimmasiga ham yuklatilmoqda. Bu vazifalar qatoriga bolalarni voyaga yetgunga qadar boqish va tarbiyalashdan tashqari, ularning ta’limi, sog‘lom va to‘laqonli kamol topishi haqida qayg‘urish ham qo‘shilmoqda.
65-moddadagi: “Onalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi” degan jumla o‘rniga quyidagilar yoziladi: Bolaning manfaatlari, bolalarning to‘laqonli, jismoniy, aqliy va madaniy rivojlanishi uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish davlat siyosatining eng muhim ustuvor yo‘nalishidir. Onalik, otalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi. Davlat va jamiyat bolalarda hamda yoshlarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlikni, buyuk ajdodlarimizning boy ma’naviy merosidan faxrlanish tuyg‘usini shakllantirish to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladi. 70-moddaning amaldagi tahriri bunday: “Suveren Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi tarkibiga kiradi. Qoraqalpog‘iston Respublikasining suvereniteti O‘zbekiston Respublikasi tomonidan muhofaza etiladi”. Mazkur moddani quyidagicha shaklga o‘tkazish ko‘zda tutilmoqda: Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi tarkibiga kiradi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida hamda qonunchiligida nazarda tutilgan barcha huquq va erkinliklar kafolatlanadi. 74-moddaning amaldagi tahriri bunday: “Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi tarkibidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalqining umumiy referendumi asosida ajralib chiqish huquqiga ega”. Mazkur moddani ikki qismdan iborat quyidagicha shaklga o‘tkazish taklif etilmoqda: Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘z hududida qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatini O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga hamda qonunlariga, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Konstitutsiyasiga va qonunlariga muvofiq amalga oshiradi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Qoraqalpog‘iston Respublikasining oliy mansabdor shaxsidir. Download 381.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling