Маъруза конституция янгиланишига қандай зарурат бор?
Download 381.97 Kb.
|
ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- 83-modda da
- 90-modda
80- va 93-moddalarga kiritilayotgan o‘zgarishlarga asosan, Senatning vakolatlari uchtaga ko‘paymoqda:
Prezident taqdimiga binoan Hisob palatasi va Sudyalar oliy kengashi raislarini tayinlash va lavozimidan ozod etish; Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorini tayinlash hamda lavozimdan ozod etish to‘g‘risidagi prezident farmonlarini tasdiqlash; O‘zbekistonning chet davlatlardagi va xalqaro tashkilotlar huzuridagi diplomatik vakillari faoliyati bilan bog‘liq masalalar yuzasidan hisobotlarni eshitish. 83-moddada qonunchilik tashabbusiga ega sub’yektlar ro‘yxatiga quyidagilar qo‘shilyapti: O‘zbekiston Respublikasining saylov huquqiga ega bo‘lgan, yuz ming nafardan kam bo‘lmagan fuqarolari; Oliy Majlis Senati; Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman); Markaziy saylov komissiyasi. Bu moddaning yangi tahriri asosida Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud va bosh prokurorning qonunchilik tashabbuslari doirasi cheklanmoqda: ular (shuningdek, Sudyalar oliy kengashi ham) faqat “o‘z vakolatlariga oid masalalar yuzasidan” qonunchilik tashabbusi bilan chiqishi mumkin bo‘ladi. 84-moddaning yangi tahriri bilan quyidagilar taklif etilyapti: Qonunchilik palatasi qabul qilgan qonunlarni Senatga yuborishning cheklangan muddatini (qonun qabul qilingan kundan boshlab) amaldagi 10 kundan 20 kunga uzaytirish; Senat ma’qullagan qonunlarni imzolash va e’lon qilish uchun prezidentga yuborishning cheklangan muddatini (qonun ma’qullangan kundan boshlab) 10 kundan 20 kunga uzaytirish; Prezident Senatdan kelib tushgan qonunni imzolashi va e’lon qilishining cheklangan muddatini amaldagi 20 kundan 2 oyga uzaytirish. 90-moddada prezidentning vakolat muddatini 5 yildan 7 yilga uzaytirish taklif etilmoqda. 93-moddada prezidentning vakolatlariga quyidagilar qo‘shilmoqda: ichki va tashqi siyosatning eng muhim strategik ustuvor yo‘nalishlarini belgilash hamda ularning ijro etilishiga oid masalalar yuzasidan Oliy Majlisga murojaatnomalar yo‘llash; prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashini shakllantirish va boshqarish; Prezident administratsiyasini, shuningdek arezident huzuridagi maslahat-kengash organlarini va boshqa organlarni shakllantirish. 98-moddaning yangi tahriri bilan Vazirlar Mahkamasiga quyidagi yo‘nalishlarda javobgarlik yuklatilmoqda: ekologiya bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish; yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish; oilani qo‘llab-quvvatlash va mustahkamlash, an’anaviy oilaviy qadriyatlarni saqlab qolish; ijtimoiy himoya qilish, shu jumladan nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilish tizimi ishlashini ta’minlash; fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash. Download 381.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling