Ma’ruza Mahsulot(ish, xizmat)lar ishlab chiqarish


Download 0.52 Mb.
bet1/13
Sana07.05.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1436580
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
4 мавзу maruza


4-dars. Mahsulot ishlab chiqarish va sotish hajmi tahlili
Ma’ruza

  1. Mahsulot(ish, xizmat)lar ishlab chiqarish tahlilining maqsadi, vazifalari va axborot manbalari hamda uni ifodalovchi ko’rsatkichlar tizimi

  2. Mahsulot(ish, xizmat)lar tarkibidagi strukturaviy o’zgarishlar tahlili

  3. Mahsulot(ish, xizmat)lar nomenkulaturasi va assortimentining tahlili

  4. Mahsulot(ish, xizmat)lar ishlab chiqarish maromiyligining tahlili

  5. Mahsulot(ish, xizmat)larni sotish hajmiga ta’sir etuvchi omillar tahlili

  6. Mahsulot sifatining tahlili



1. Mahsulot(ish, xizmat)lar ishlab chiqarish tahlilining maqsadi, vazifalari va axborot manbalari hamda uni ifodalovchi ko’rsatkichlar tizimi

Mahsulot ishlab chiqarish hajmi – korxonalar faoliyatini tavsif-lovchi asosiy ko‘rsatkichlardan biri sanaladi. Mahsulot sotish hajmi uning miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Mahsulot ishlab chiqarish hajmiga, shuningdek, tannarx darajasi, foyda miqdori, rentabellik darajasi, korxonaning moliyaviy ahvoli, uning to‘lov qobiliyati va boshqa iqtisodiy ko‘rsatkichlar bog‘liq bo‘ladi.


Mahsulot ishlab chiqarish tahlilining maqsadi raqobatchilarga nisbatan mahsulot sotish hajmini oshirish yo‘llarini topish, ishlab chiqarish quvvatlaridan maksimal darajada foydalangan holda bozordagi ulushni kengaytirish va buning natijasi sifatida – korxona foydasini oshirish hisoblanadi.
Mahsulot ishlab chiqarishni kompleks maqsadli tahlil qilishning asosiy vazifasi korxonaning raqobat pozitsiyasini va bozor konyunkturasi o‘zgarganda resurslar bilan o‘zgaruvchan manyovr qilish qobiliyatini tahlil qilish hisoblanadi. Mazkur umumiy vazifa quyidagi xususiy analitik vazifalarni hal qilish yo‘li bilan bajariladi:
Mahsulot ishlab chiqarishning prognoz hajmi bajarilishi va dinamikasi o‘zgarishi ustidan tizimli nazorat;
Hajm bo‘yicha bitimlar bajarilishini baholash, yetkazib berishlar maromiyligi, mahsulotlar butligi;
Mahsulot ishlab chiqarish hajmiga omillar ta’sirini aniqlash;
obyektiv va subyektiv omillarni hisobga olgan holda mahsulot ishlab chiqarishni oshirish imkoniyatlaridan foydalanish bo‘yicha korxona faoliyatini baholash;
Mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirish bo‘yicha aniqlangan zaxiralarni o‘zlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish.
Ishlab chiqarish hajmini o‘rganish ish faolligining muayyan diapazonida, ya’ni relevant qator taqdim etuvchi min-max chegarasida
amalga oshiriladi. Tahlil nafaqat mutlaq min-max chegarasida, balki o‘zgarmas doimiy xarajatlar chegarasida ham amalga oshirilishi mumkin. Relevant qator minimal mumkin, maksimal mumkin, optimal va haqiqatdagi mahsulot ishlab chiqarish hajmini tashkil qiladi.
,
Mahsulot ishlab chiqarish va sotish tahlili uchun axborot manbalari sifatida tashkilotlar biznes-rejasi, operativ reja-grafiklar, 1-S shakli (yillik) - “Sanoat mahsuloti ishlab chiqarish to‘g‘risida”, 1-S shakliga ilova, 1-korxona shakli - “Tashkilot xo‘jalik faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari to‘g‘risida”, 2-shakl - “Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot”, Tayyor mahsulot harakati haqida ma’lumotnoma va birlamchi hisobga olishning ayrim ma’lumotlari hamda mahsulot yetkazib berish bo‘yicha shartnomalardan foydalaniladi.



Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling