Ma’ruza Mahsulot(ish, xizmat)lar ishlab chiqarish


Download 0.52 Mb.
bet9/13
Sana07.05.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1436580
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
4 мавзу maruza

Nomaromiylik – bu mahsulot sotish qiyinchiliklari, tashkilot-chilik, texnologiyalar va ishlab chiqarish moddiy-texnik ta’minotining past darajasi. Mahsulot ishlab chiqarish maromiyligi tahlilida turli dekadalarda ish kunlari sonini hisobga olish talab qilinadi, chunki bunga alohida dekadalar bo‘yicha mahsulot ishlab chiqarishning ulushi bog‘liq bo‘ladi.
Mahsulot ishlab chiqarish maromiyligi tahlili uchun asosan operativ-texnik hisob, dekada ma’lumotlari, davriy hisobot ma’lumot-laridan foydalaniladi.

Ushbu axborot manbalarida mahsulot(ish, xizmat)lar ishlab chiqarish va sotish hajmini ifodalovchi quyidagi ko’rsatkichlar to’g’risida ma’lumotlar olinadi:



  • yalpi mahsulot;

  • tovar mahsulot;

  • sotilgan mahsulot.

Yalpi mahsulot - xo’jalik yurituvchi sub’ektining ma’lum bir davr(kun, oy, chorak, yil)da yaratgan qiymatliklarining amaldagi va solishtirma baholarda o’lchangan hajmiga aytiladi. Shuning uchun, xo’jalik sub’ektining yalpi



mahsulotining hajmi ular tomonidan ishlab chiqarilgan tayyor mahsuloti (ish, xizmati), tugallanmagan ishlab chiqarishi, yarim fabrikatlari qiymati asosida aniqlanadi.


Tovar mahsuloti - iste’molchilarga etkazib berish uchun, sotishga mo’ljallangan, pirovard mahsulot(ish, xizmat)lar bo’lib, hajm nuqtai-nazaridan yalpi mahsulotdan tugallanmagan ishlab chiqarishi, yarim fabrikatlari hisobiga kichik bo’ladi.
Sotilgan mahsulot – iste’molchilarga jo’natilgan, xaridorlardan puli kelib tushgan, daromadi tan olingan mahsulot(ish, xizmat)lar qiymatiga aytilib, u tovar mahsulotidan sotilmagan tovarlar hisobiga hajmi nuqtai-nazaridan kichik bo’lishi mumkin.
Yuqoridagi ko’rsatkichlar qiymati amaldagi va solishtirma baholarda hisobga olinib, ular quyidagicha aniqlanadi (1-jadval):
1-jadval ma’lumotlariga binoan, xo’jalik yurituvchi sub’ektining tovar mahsulotini amaldagi qiymati 168000 so’mni tashkil etgan. Tovar mahsulotining solishtirma, ya’ni hisobot davrida erishilgan tovarlar hajmini o’tgan yilgi Shu mahsulotning bir-birlik bahosi bilan hisoblagandagi qiymati 140000 so’mni tashkil etgan. Xuddi Shunday boshqa ko’rsatkichlarning amaldagi va solishtirma qiymatlari aniqlanib, bu ma’lumotlarning qiyosiy tahlili amalga oshiriladi.


  1. Download 0.52 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling