Ma’ruza Mahsulot(ish, xizmat)lar ishlab chiqarish


Download 0.52 Mb.
bet12/13
Sana07.05.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1436580
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
4 мавзу maruza

4-jadval
Xo’jalik yuritish sub’ektlarida mahsulot(ish, xizmat)lar nomenkulaturasi va assortimentining tahlili

Mahsulot (ish, xizmat) turlari

Mahs ulot (ish, xizma
t) bir- birligi ning bahos i, so’m

Ishlab chiqarilgan mahsulot (ish, xizmat) hajmi shartli natura shaklida, shartli bonka

Ishlab chiqarilgan mahsulot (ish, xizmat) qiymati, ming so’m

Assorti mentga qabul qilingan mahsulo t (ish, xizmat) hajmi, ming so’m

bizne s reja

haqiqa tda

biznes reja

haqiqa tda

Olma sharbati

2700

100

120

270

324

270

Nok sharbati

3000

120

140

360

420

360

Uzum sharbati

2100

100

80

210

168

168

Jami

X

320

340

840

912

798

  1. Mahsulot(ish, xizmat)lar ishlab chiqarish maromiyligining tahlili

Mahsulot(ish, xizmat)lar ishlab chiqarish jarayonining tahlilida faoliyatning bir maromda borishi muhim ahamiyatga ega. Negaki, mahsulot(ish, xizmat)lar ishlab chiqarish jarayonining bir maromda olib borilmasligi, tuzilgan shartnoma majburiyatlarini o’z vaqtida bajarilmasligini, natijada xo’jalik yurituvchi sub’ekti tomonidan qarshi tomonga turli hil jarimalar to’lanishiga, Shuningdek, tovarlar sifatining buzilishi hisobiga pul tushimining kamayishi, tannarxning ortishi, muhim sifat ko’rsatkichlari (foyda, rentabellik va h.k.)ning pasayishi kabi salbiy oqibatlarni yuzaga keltiradi. Shu boisdan ham, xo’jalik yuritish sub’ektlari mahsulot(ish, xizmat)lar ishlab chiqarish maromiyligini har 10 kunlikda (dekadalarda), oyda, chorakda tahlil etib boradi (5-jadval).
Mahsulot(ish, xizmat)lar ishlab chiqarish maromiyligining tahlilida ham xuddi mahsulot(ish, xizmat)lar assortimentining tahlili singari maromiylik koeffisienti (xm) aniqlanadi.
5-jadval
Xo’jalik yurituvchi sub’ektida mahsulot(ish, xizmat)lar ishlab chiqarish maromiyligining tahlili
(ming so’m hisobida)



O’n
kunliklar

Hisobot yili

Maromiylik hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot(is h, xizmat)lar hajmi

Mahsulot(ish, xizmat)larning tutgan ulushi

bizn es reja da

haqiq atda

biz ne s rej ad a

Haqiqa tda

I - o’n kunlik

78

86

78

32,5

32,3

II - o’n kunlik

90

86

86

37,5

32,3

III - o’n
kunlik

72

90

72

30,0

35,4

Jami

240

262

236

100,
0

100,0

Hisob-kitoblar:


x Маромийлик хисобига ишлаб чикарилган махсулот(иш, хизмат)лар хажми 236 0,983 ;
m Бизнес режа бўйича ишлаб чикарилган махсулот(иш, хизмат)лар хажми 240
Jadval ma’lumotlariga binoan, xo’jalik yurituvchi sub’ektida mahsulot(ish, xizmat)lar ishlab chiqarish maromiyligi 0,983 koeffisientni tashkil etgan.
Xo’jalik yurituvchi sub’ekt biznes reja bo’yicha, I-II-III o’n kunliklarda mos ravishda 32,5; 37,5; 30 foiz nisbatda mahsulot(ish, xizmat)lar ishlab chiqarishni belgilagan. Ammo haqiqatda 32,3; 32,3; 35,4 foiz nisbatda bajarilgan. Tahlil natijalariga ko’ra, o’n kunliklarda mahsulot(ish, xizmat)larni ishlab chiqarish rejasi haqiqatdagisi bilan qiyoslaganda ma’lum tafovutlarni kuzatish mumkin. Bu tafovutlar mahsulot(ish, xizmat)lar ishlab chiqarish maromiyligini buzilishi sanalib, xo’jalik yurituvchi sub’ekt har bir o’n kunlikdagi farqni navatdagi dekada(o’n kunlik)da bajarishi zarur. Xo’jalik yurituvchi sub’ektning faoliyati yuzasidan qo’shimcha majburiyatning bajarilishi mahsulot(ish, xizmat)lar sifatini buzilishiga olib keladi va natijada uning tannarxini ortishi, pul tushumining kamayishi, foydaning pasayishi yuzaga keladi. Shu boisdan, xo’jalik yurituvchi sub’ekt mahsulot(ish, xizmat)lar ishlab chiqarish jarayonini bir maromda olib borishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.



  1. Mahsulot(ish, xizmat)larni sotish hajmiga ta’sir etuvchi omillar tahlili

“Tashqi bozorlarda xaridorgir, yuqori qo’shimcha qiymatga ega bo’lgan zamonaviy tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni ko’paytirish va yangi bosqichga ko’tarish tayyor mahsulotlar eksportining barqaror yuqori o’sish sur’atlariga erishishda, hech shubhasiz, katta zamin tug’diradi.
Shuni aytish kerakki, bugungi kunda mamlakatimizda bu boradagi ishlar boshlab yuborilgan. Ayni vaqtda bu ishlar yuqori salohiyatga ega bo’lgan har bir turdagi istiqbolli xomashyo va yarim fabrikat bo’yicha chuqur qayta ishlashning 2020, 2025, 2030 yillarga mo’ljallangan aniq dasturiga ega bo’lish uchun mutlaqo yangi dasturiy kompleks yondashuvni talab etadi.
Ayni shu ko’z bilan qaraydigan bo’lsak, ya’ni, jahon iqtisodiyotining rivojlanish jarayonlarini chuqur tahlil qilgan, o’zimizning resurs va imkoniyatlarimizni real baholagan holda, biz oldimizga aniq maqsadni – ya’ni, 2030 yilga borib mamlakatimizda yalpi ichki mahsulot hajmini kamida 2 barobar oshirish vazifasini qo’yishimiz uchun bugun, hech shubhasiz, barcha asoslarimiz bor”.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektning mahsulot(ish, xizmat)lar ishlab chiqarish va sotish jarayonidagi asosiy muammosi, ko’proq ularni sotish bilan bog’liq. Shu o’rinda, mahsulot(ish, xizmat)lar sotilganda daromadning quyidagi ikki xil tan olinishini qayd etish kerak:

  • kassali usulda;

  • hisoblashish usulida.

Kassali usulda daromadlar xo’jalik yurituvchi sub’ektning hisob raqamiga puli kelib tushgandan so’ngina tan olinadi. Hisoblashish usulida daromadlar mahsulot(ish, xizmat)lar ortib jo’natilishi bilan tan olinadi.
Mahsulot(ish, xizmat)larni sotishdan kelgan daromadlar hajmining ko’p yoki kam bo’lishida bir qator omillar ta’sir etib, bular tovar balansini tuzish orqali aniqlanadi.
Tovar balansi quyidagicha aniqlanadi va tahlil etiladi (6-jadval):
Yb T S Yo
Bunda:
Yb – tayyor mahsulot(ish, xizmat)ning yil boshiga qoldig’i; T – ishlab chiqarilgan tovar mahsuloti;
S – sotilgan mahsulot hajmi;
Yo – tayyor mahsulot(ish, xizmat)ning yil oxiridagi qoldig’i.
Yuqoridagi formulaga asosan, sotilgan mahsulot hajmi (S) quyidagicha aniqlanadi:
S Yb T Yo ;
Demak, tayyor mahhsulot(ish, xizmat)larning yil boshiga qoldig’i (Yb) hamda ishlab chiqarilgan tovar mahsuloti(T)ning qiymati qanchalik ko’p bo’lsa ularni sotish imkoniyati shunchalik yuqori bo’ladi va aksincha.
Tayyor mahsulot(ish, xizmat)ning yil oxiridagi qiymati qanchalik ko’p bo’lsa ularni sotish hajmi shu miqdorga kam bo’ladi va aksincha.

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling