Ma’ruza maqsadli funksiya va uning xususiyatlari 1Maqsad funksiyasi
Download 38.64 Kb. Pdf ko'rish
|
Ma’ruza maqsadli funksiya va uning xususiyatlari 1Maqsad funksiy
- Bu sahifa navigatsiya:
- R=f(x 1 ,x 2 ,...x n )
Ma’ruza-9. MAQSADLI FUNKSIYA VA UNING XUSUSIYATLARI 9.1Maqsad funksiyasi. Texnologik jarayonlarni optimallashtirish jarayoning matematik modelidan foydalanib amalga oshiriladi. Bunda, optimal shart-sharoitlar avval jarayonning matematik modelida aniqlanib, so‘ngra ishlab chiqarish uskunalarida tekshiriladi. Optimallik kriteriysini texnologik parameirlar orqali ifodalangan matematik funksiyasiga ko‘rinishiga, maqsad funksiyasi deyiladi. Biz, optimallik kriteriysi maqsad funksiyasini (R) asosiy iqtisodiy effektivlik ko‘rsatkichlari orqali ifodasini (R=f(V,E,F,K)) ko‘rgan edik. Bu ifoda optimallik kriteriysining umumiy ko‘rinishi. Konkret holda, maqsad funksiyasini quyidagiga ifodalash mumkin: R=f(x 1 ,x 2 ,...x n ) bu yerda, (x 1 ,x 2 ,...x n )- jarayonning asosiy parametrlari R- maqsad funksiyasi. Alohida parametrlarga x j (j=1,2,... n), umumiy holda, har xil tenglik ko‘rinishidagi, Y j (x 1 ,x 2 ,...x n )=0 j=1,2,...n vag tengsizlik ko‘rinishidagi Y j (x 1 ,x 2 ,...x n ) 0 j=1,2,...n cheklamalar qo‘yilgan bo‘lishi mumkin. Agar, maqsad funksiyasi analitik ifodasi ma’lum bo‘lib, aytarlik murakkab bo‘lmasa va noma’lum o‘zgaruvchilar soni (m) katta bo‘lmasa, unda optimallashtirish masalasini yechish uchun analitik usullarni qo‘llash mumkin, ya’ni funksiyani klassik tahlil qilish usuli yoki Lagranj ko‘paytmalari usuli. Agar, jarayon matematik modeli chiziqli tenglamalar orqali ifodalangan bo‘lsa, unda chiziqli dasturlash usulini qo‘llaniladi. Maqsad funksiyasi aniq bir ko‘rinishda ifodalanmagan bo‘lsa, unda ba’zi bir qiyinchiliklar vujudga keladi. Agar berilgan cheklamalar alohida o‘zgaruvchilarni (x j ) qiyin hisoblanadigan funksiyasi ko‘rinishida berilgan bo‘lsa, unda optimal qiymatlarni hisoblab topish ancha mushkullashadi vag maxsus hisoblash usullarini qo‘llashga to‘g‘ri keladi. Bu turdagi masalalar, matematikaning maxsus bo‘limlari hisoblangan, chiziqsiz dasturlash bo‘limida ko‘riladi. Download 38.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling