Ma’ruza mashg`ulot uchun


-Ma`ruza: Shart operatorlari


Download 0.85 Mb.
bet17/49
Sana19.06.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1600219
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   49
Bog'liq
1-semestr maruzalar

4-Ma`ruza: Shart operatorlari.


Reja:

  1. if-else konstruksiyasi(if operatori).

  2. switch-case konstruksiyasi

  3. Qisqa shartli(ternar) operator.

4.1. if-else konstruksiyasi(if operatori).
Tarmoqlanuvchi jarayonlar hisoblash jarayonini biror shartga ko‘ra ikki tomonga tarmoqlanishini ta’minlaydi. Tarmoqlanuvchi jarayonning strukturali sxemasi bizlarga blok-sxemalardan tanish 6.1.1-rasm.

4.1-rasm. Tarmoqlanuvchi jarayonning strukturali sxemasi
Tarmoqlanuvchi jarayonlarni hisoblash operatorlaridan biri bu if-operatoridir.
Sintaksisi:
If(shart)
{1-blok. agar shart bajarilsa bajariluvchi operator(lar);}
[else]
{2-blok. agar shart bajarilmasa bajariluvchi operator(lar);}

Bunda birinchi navbatda shart o‘rnida qo‘llaniluvchi mantiqiy ifoda tekshiriladi. Agar ushbu shart bajarilsa, 1 blokdagi operator(lar) bajariladi, aks holda 2 blokdagi operatorlar bajariladi. If operatorining o‘zi yetarli bo‘lsa, else – qismi yozilmasligi ham mumkin.


Agar shart bajarilganda yoki bajarilmaganda bajariluvchi opertor bitta bo‘lsa, blok qavslari{}ni ishlatmasa ham bo‘ladi.
Masalan:
...
int i=16;//
if (i>10) // Agar i 10 dan katta bo‘lsa
--i; //i=i-1
else //Aks xolda
i++ // i=i+1
...

Agar shart tekshirilayotgan o‘zgaruvchi(yoki o‘zgarmas) sonli tip bo‘lsa, va uni 0 dan farqliligi tekshirilsa, u xolda quyidagicha yozish mumkin.
...
if (i) // Agar i<>0 bo‘lsa
i++; //i=i+1
else //Aks xolda
i-- // i=i-1
...
Agar tekshiriluvchi shartning inkori bajarilish lozim bo‘lsa, quyidagicha yoziladi:
...
if !(i>10) // Agar i 10 dan katta bo‘lmasa
i--; //i=i-1
else //Aks xolda
i++ // i=i+1
...

Agar tekshiriluvchi shartlar bir nechta bo‘lsa, ularni mantiqiy shartli amallar bilan bir-biriga bog‘lash lozim. Masalan:


...
if(a && (a>d || a==0))
b++;
else{ b*=a; a=0; }
...
Nishonga otilgan o‘qlar bo‘yicha to‘plangan ochkolarni ularning kordinatasiga nisbatan hisoblash dasturini ko‘rib chiqaylik(4.1-rasm).

4.2-rasm. Nishon


//X – Nishonga tekkan o‘qning x kordinatasi


//Y - Nishonga tekkan o‘qning y kordinatasi


using System;
namespace ConsoleApplication1
{ class Class1
{ static void Main()
{
Console.WriteLine("X – Nishonga tekkan o‘qning x kordinatasi");
Console.WriteLine("Y – Nishonga tekkan o‘qning y kordinatasi");
Console.WriteLine( " x ni kiriting:" );
double x = Convert.ToDouble(Console.ReadLine() );


Console.WriteLine( " y ni kiriting:" );
double y = double.Parse( Console.ReadLine() );


int kol = 0;
if ( x * x + y * y < 1 ) kol = 2;
else if ( x * x + y * y < 4 ) kol = 1;
Console.WriteLine( "Rezultat = {0} ochko", kol );
}
}
}

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling