Ma’ruza mashg`ulot uchun
operand_1 ? operand_2 : operand_3
Download 0.85 Mb.
|
1-semestr maruzalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zlashtirish amallari
- 3.4. Konsolli ilovalar, ma’lumotlarni kiritish va chiqarish.
- System
operand_1 ? operand_2 : operand_3
operand_1 – natijasi mantiqiy tipga ega bo‘lgan ifoda bo‘ladi. Agar ushbu ifodaning natijasi true ga teng bo‘lsa, natija sifatida operand_2 qiymati olinadi, aks xolda operand_3 qiymati natija bo‘ladi. Shartli operatorning tipi operand_2 va operand_3 larning tiplariga bog‘liq bo‘ladi. O‘zlashtirish amallari O‘zlashtirish amallari ( =, +=, -=, *= va sh.k.) bajarilishi natijasida o‘zgaruvchiga yangi qiymat uzatiladi. Ushbu amallardan dasturda tugallangan operator sifatida foydalanish mumkin. O‘zlashtirish amallarining sintaksisi: Oddiy o‘zlashtirish amali(=)ni o‘zlashtirish operatori deb ham yuritiladi. O‘zlashtirish operatorining bajarilish mexanizmi quyidagicha: avval ifoda hisoblanadi va natija o‘zgaruvchi nomi orqali ko‘rsatilgan adresdagi hotira qismiga joylanadi. Hotiraning ushbu qismida turgan avvalgi ma’lumot tozalanadi. Misollar: a = b + c / 2; x = 1; x = x + 0.5; O‘zlashtirish operatorining o‘ng tomonidagi ifodaning tipi chap tomondagi operand tipiga avtomatik(oshkor bo‘lmagan) ravishda o‘zgarish xususiyatiga ega bo‘lishi lozim. Ya’ni ifoda natijasining tipi o‘zgaruvchi tipi bilan mos yoki uning tarkibiga kiruvchi bo‘lishi kerak. Murakkab o‘zlashtirish amallari( +=, *=, /= va sh.k.) bajarilishi jarayonida amal belgisining o‘ng tomonidagi ifodani hisoblash jarayonida chap tomondagi o‘zgaruvchining joriy qiymatidan foydalaniladi. Masalan a += b da, qo‘shib o‘zlashtirish amalini bajarilish jarayonida o‘zlashtirish amalining o‘ng tarafidagi ifoda(b)ga chap tarafdagi operand(a)ning qiymati qo‘shiladi va natija chap tarafdagi operand(a)ga o‘zlashtiriladi. Ya’ni: a += b ifoda a = a + b ga teng kuchli. 3.4. Konsolli ilovalar, ma’lumotlarni kiritish va chiqarish. Har qanday ma’lumotlar bilan ishlashga mo‘ljallangan dastur ma’lumotlarni kiritish va chiqarishda aksariyat holatda tashqi qurilmalar bilan bevosita bog‘liq bo‘ladi. Kompyuterning standart kiritish va chiqarish qurilmalari klaviatura va ekran bilan bevosita ishlash uchun mo‘ljallangan muhit konsol deb yuritiladi. C# da ma’lumotlarni kiritish va chiqarish uchun operatorlari yo‘q. Ularning o‘rnida konsolli rejimda ishlash uchun standart ob’ektlar qo‘llaniladi. Konsol bilan ishlash uchun C# ning System nomlari makoni(kutubxonasi)ning Console sinfidan foydalaniladi. C# da konsolli rejimda ishlovchi ilovalar yaratish uchun io‘ljallangan muhitni yuklashni 2- ma’ruzada ko‘rib o‘tgan edik. Quyidagi dasturni ko‘raylik: using System; namespace ConsoleApplication1 { class Class1 { static void Main() { int i = 3; double y = 4.12; decimal d = 600m; string s = "Vasya"; Console.WriteLine( "i = " + i ); // 1 Console.WriteLine( "s = " + s ); // 2 Console.WriteLine( "y = {0} \nd = {1}", y, d );//3 } } } Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling