Chapga surish amalida ( << ) ko‘rsatilgan miqdordagi razryadga surishdan qolgan joylar 0 lar bilan to‘ldiriladi. Chapga surish amali sonni 2 ga ko‘paytirish amali bilan teng kuchli.
O‘ngga surishda (>>) esa ko‘rsatilgan miqdordagi razryadga surish orqali ortiqcha razryadlar tashlab yuboriladi. O‘ngga surish amali sonni 2 ga bo‘lishga teng kuchli. Masalan:
4<<1 amali bajarilishi natijasida 8 soni xosil bo‘ladi. Chunki 4 sonining ikkilik koddagi qiymati 100 ga teng. Razryadlarni 1 xona chapga surish orqali 100 soni 1000 ga aylanadi. Bu esa o‘nlik sanoq sistemasida 8 ga teng.
16>>1 bajarilishi natijasida 8 soni hosil bo‘ladi. Chunki 16 sonining ikkilik sanoqsistemasidagi kodi 10000 ga teng. Razryadni 1 birlik o‘ngga surish natijasida eng oxirida 1 ta 0 soni tashlab yuboriladi va 1000 soni qoladi. Ushbu son esa o‘nlik sanoq sistemasida 8 ga teng.
Manfiy sonlar uchun surish amallar musbat sonlarga nisbatan farqli natija beradi. Chunki sonning ishorasi alohida razryadni bildiradi.
Standart surish amallari int, uint, long i ulong tiplari uchun qo‘llaniladi.
Solishtirish amallari va tenglikni tekshirish amallari
Solishtirish amallari( <, <=, >, >=, ==, != ) bajarilishi natijasida birinchi operand ikkinchisiga taqqoslanadi. Natija mantiqiy tipda olinadi. Solishtirish amallari va natijalar 3.2- jadvalda keltirilgan.
3.2-jadval. Solishtirish amallaridan olinuvchi natijalar
|
Amal
|
Natija
|
x == y
|
true, agar x operand y ga teng bo‘lsa, aks xolda false
|
x != y
|
true, agar x operand y operandga teng bo‘lmasa, aks xolda false
|
x < y
|
true, agar x operand y operanddan kichik bo‘lsa, aks xolda false
|
x > y
|
true, agar x operand y operanddan katta bo‘lsa, aks xolda false
|
x <= y
|
true, agar x operand y operanddan kichik yoki teng bo‘lsa, aks xolda false
|
x >= y
|
true, agar x operand y operanddan katta yoki teng bo‘lsa, aks xolda false
|
1>
Do'stlaringiz bilan baham: |