Ma’ruza mashg`ulot uchun
Download 0.85 Mb.
|
1-semestr maruzalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Enter
Listing. 3.1 Konsolli rejimda ma’lumot chiqarish
Dastur natijasi: i = 3 s = Vasya y = 4,12 d = 600 Yuqorida keltirilgan dasturda ma’lumotlarni ekranga chiqarish uchun Console sinfining WriteLine uslubidan foydlandik. WriteLine uslubi turli tipdagi literallar, o‘zgarmaslar va o‘zgaruvchilarni ekranga chiqarish uchun xizmat qiladi. Xuddi shu uslubga o‘xshash Console sinfida Write uslubi ham mavjud. Farqi: Write uslubida ekranga ma’lumot chiqarilgandan so‘ng, yangi kiritiluvchi yoki chiqariluvchi ma’lumot ana shu ekranga chiqqan ma’lumot davomidan ekranga chiqadi, WriteLine uslubida esa ma’lumotni ekranga chiqarilgandan so‘ng, yangi kiritiluvchi yoki chiqariluvchi ma’lumot yangi satrdan davom etadi. C# da bir xil nomli, lekin turli xil parametrlar bilan ishlovchi uslublar qayta yuklanuvchi deb ataladi. Kompilyator avtomatik tarzda qo‘llanilgan parametrlarga qarab kerakli uslubni o‘zi avtomatik tarzda aniqlab oladi. Yuqorida keltirilgan misolda //1 va //2 izohlari bilan ko‘rsatilgan qatorlarda WriteLine uslubi bitta parametrli uslubdir. Bunday uslubda ekranga chiqariluvchi ma’lumotlar + belgisi bilan bir-biriga ulab olinadi. //3 izohli qatorda esa WriteLine uslubining formatli varianti qo‘llanilgan. Console.WriteLine( "y = {0} \nd = {1}", y, d ) Bunday uslubda qo‘llanilganda figurali qavslar ichida berilgan raqamlar, shu joyda nechanchi o‘rinda turgan parametr qiymati chiqishi kerakligini bildiradi. Parametrlar ro‘yxati qo‘shtirnoqdan keyin boshlanadi. Ularni , bilan bir-biridan ajratib qo‘yiladi. Ushbu misolda {0}- parametri o‘rniga y ning qiymati, {1} ning o‘rniga esa d ning qiymati ekranga chiqadi. \n – boshqarish belgisi bo‘lganligi sababli ekranga chiqmaydi, u mana shu yerdan keyingi ma’lumot yangi qatordan chiqarilishi kerakligini bildiradi. Boshqarish belgilari to‘g‘risida ma’lumotlar 3-ma’ruzada keltirilgan. Konsolli ilovalarda ma’lumotni kiritish uchun Console sinfining Read, Readline, ReadKey uslublaridan foydalaniladi. Ma’lumotlarni ushbu uslublar bilan kiritilgandan kiritiluvchi ma’lumotlar satrli tipda qabul qilinadi. Keyinchalik kiritiluvchi ma’lumotni Convert yoki Parse metodlari bilan kerakli tipga o‘zgartirib olinadi. Misol: using System; namespace ConsoleApplication1 { class Class1 { static void Main() { Console.WriteLine( "Matn kiriting:" ); string s = Console.ReadLine(); // 1 Console.WriteLine( "s = " + s ); Console.WriteLine( "Belgi kiriting:" ); char c = (char)Console.Read(); // 2 Console.ReadLine(); // 3 Console.WriteLine( "c = " + c ); string buf; // Raqamlarni kiritish uchu Console.WriteLine( "Butun son kiriting:" ); buf = Console.ReadLine(); int i = Convert.ToInt32( buf ); // 4 Console.WriteLine( i ); Console.WriteLine( "Haqiqiy son kiriting:" ); buf = Console.ReadLine(); double x = Convert.ToDouble( buf ); // 5 Console.WriteLine( x ); Console.WriteLine( " Haqiqiy son kiriting:" ); buf = Console.ReadLine(); double y = double.Parse( buf ); // 6 Console.WriteLine( y ); Console.WriteLine( " Haqiqiy son kiriting:" ); buf = Console.ReadLine(); decimal z = decimal.Parse( buf ); // 7 Console.WriteLine( z ); } } } Listing 3.2. Konsol rejimda ma’lumot kiritish //1 – izohli qator foydalanuvchidan matn kiritishni so‘raydi. Matnni uzunligi chegaralanmagan va Enter tugmasi bosilgun qadar kiritishda davom etish mumkin. Enter tugmasi bosilgandan so‘ng kiritilgan matn s = dan keyin ekranga chiqariladi. //2 – operator bajarilganda foydalanuvchidan belgi kiritish talab qilinadi. Agar foydalanuvchi bir nechta belgi kiritib keyin Enter tugmasini bosganda, ushbu qatordan birinchi belgi ajratib olinadi. char tipiga avtomatik o‘zgartirish yo‘qligi sababli o‘zgartirish (char) yordamida amalga oshiriladi. //3-operator foydalanuvchidan shunchaki Enter tugmasini bosishni talab qiladi. Foydalanuvchi Enter ni bosgandan so‘ng c ning qiymati ekranga chiqariladi. //4- va //5- izohli qatorlarda foydalanuvchidan son kiritish talab qilinadi. Kiritilgan sonlar avval matnli o‘zgaruvchi buf ga o‘zlashtiriladi. So‘ngra Convert uslubi yordamida kerakli tipga oshkor o‘zgartiriladi. //6- va //7- izohli qatorlarda ham foydalanuvchidan son kiritish talab qilinadi. Kiritilgan sonlar avval matnli o‘zgaruvchi buf ga o‘zlashtiriladi. So‘ngra Parse uslubi yordamida kerakli tipga oshkor o‘zgartiriladi. Eslatma: Haqiqiy sonlarni kiritishda sonning kasr qismi operatsion tizimning regional sozlamalariga mos ravishda nuqta yoki vergul bilan ajratiladi. Kiritluvchi nuqta yoki vergul regional sozlamadagi bilan mos kelmasa xatolik yuzaga kelishi mumkin. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling