Bo‘lish amali ( / ) – birinchi operandni ikkinchisiga bo‘lish uchun qo‘llaniladi. Standart bo‘lish amali int, uint, long, ulong, float, double i decimal tiplari uchun aniqlangan. Boshqa tipli kattaliklar uchun ham bo‘lish amalini qo‘llash mumkin, faqat ushbu tip uchun avtomatik o‘zgartirish amalga oshishi lozim bo‘lishi kerak. Natijaning tipi eng kamida int tipida bo‘ladi.
Bo‘lish amali bajarilishida agar operandlar har ikkisi ham butun tipli bo‘lsa, natija avtomatik yaxlitlanadi. Agar bo‘luvchi 0 bo‘lsa, System.DivideByZeroException xatoligi generatsiya qilinadi.
Agar operandlarning biri haqiqiy tipli bo‘lsa, natija haqiqiy son chiqadi va yaxlitlanmaydi.
Qodiqli bo‘lish amali( % ) - turli tiplar uchun turli formula bilan hisoblanadi. Agar operadlarning har ikkisi butun tipli bo‘lsa, natija x - (x / y) * y formula orqali hisoblanadi. Agar bo‘luvchi 0 ga teng bo‘lsa xatolik avtomatik tarzda generatsiya qilinadi.
Agar operandlarning xech bo‘lmasa bittasi haqiqiy tipli bo‘lsa, natija x – n * y formula bilan hisoblanadi. Bu yerda n – soni - x ni y ga bo‘lishdan hosil bo‘lgan natijadan kichik yoki unga teng bo‘lgan eng katta butun son.
Qo‘shish va ayirish
Qo‘shish amali ( + )- ikki operandni qo‘shishdan hosil bo‘lgan natijani qaytaradi.
Ayirish amali ( - ) ikki operandning ayirmasini ifodalaydi.
Standart qo‘shish va ayirish amali int, uint, long, ulong, float, double va decimal tiplari uchun aniqlangan. Boshqa tipli kattaliklar uchun ham qo‘shish va ayirish amallarini qo‘llash mumkin, faqat ushbu tip uchun avtomatik o‘zgartirish amalga oshishi lozim bo‘lishi kerak. Natijaning tipi eng kamida int tipida bo‘ladi.
Surish amallari
Surish amallari ( << va >> ) – butun tipli operandlar uchun qo‘llaniladi. Surish amallari bajarilishi natijasida birinchi operandning ikkilik kodidagi razryadlarni ikkinchi operand qiymati barobarida o‘ngga yoki chapga suriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |