Ma’ruza mashg`ulot uchun


Download 0.85 Mb.
bet7/49
Sana19.06.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1600219
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   49
Bog'liq
1-semestr maruzalar

break

Byte

case

catch

char

checked

Class

const

continue

decimal

default

Delegate

do

double

else

enum

Event

explicit

extern

false

finally

Fixed

float

for

foreach

goto

If

implicit

in

int

interface

Internal

is

lock

long

namespace

New

null

object

operator

out

Override

params

private

protected

public

Readonly

ref

return

sbyte

sealed

Short

sizeof

stackalloc

static

string

Struct

switch

this

throw

true

Try

typeof

uint

ulong

unchecked

Unsafe

ushort

using

virtual

void

Volatile

while












2.7. Amal belgilari va ajratuvchilar
Amal belgilar operandlar orasida aniq bir amalni bajarishni bildiruvchi bir yoki bir nechta belgi bo‘lishi mumkin. Masalan: a += b. Bu yerda a va b operandlar, += esa amal belgisi.
Amal belgisini bildiruvchi belgilar +, &&, |, < lar kabi maxsus belgilar yoki as va new kabi xizmatchi so‘zlar ham bo‘lishi mumkin.
Amallar - unda qatnashuvchi operandlar soniga qarab unar(bitta), binar(ikkita) va ternar(uchta) turlarga bo‘linadi.
Quyida C# da qo‘llaniladigan barcha amal belgilari keltirilgan.
+ - * / % & | ^ ! ~ =
< > ? ++ -- && || << >>
== != <= >= += -= *= /=
%= &= |= ^= <<= >>= ->

Ajratgichlar dastur elementlarini ajratish va aksincha guruhlash uchun qo‘llaniladi. Ular quyidagilardir:


{ } [ ] ( ) . , : ;


2.8. Literallar (konstantalar)
Literal yoki konstanta deb qiymati o‘zgarmaydigan kattaliklarga aytiladi. C# da standart mantiqiy, butun, haqiqiy, belgili va matnli qiymatga ega kattaliklar hamda null konstantasi bor. Dasturchi o‘zi e’lon qilgan konstantani tipi va qiymatini mustaqil berishi mumkin.
Konstantalarning berilishi va ularga misol quyidagi 2.2-jadvalda keltirilgan.



2.2-jadval. C# ning konstantalari

Konstanta

Tavsifi

Misol

Mantiqiy

true (rost) yoki false (yolg‘on)

true
false

Butun

O‘nlik: sonlar ketma-ketligi (0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9), va ularning ortidan quyidagi suffikslarni qo‘yish lozim (U, u, L, l, UL, Ul, uL, ul, LU, Lu, lU, lu)

8 0 199226
8u 0Lu 199226L




O‘n oltilik: 0x yoki 0X belgilari bilan birgalikda o‘n oltilik sanoq sistemasidagi raqamlar (0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, A, B, C, D, E, F), va ularning ortida quyidagi suffikslarni qo‘yiladi(U, u, L, l, UL, Ul, uL, ul, LU, Lu, lU, lu)

0xA 0x1B8 0X00FF
0xAU 0x1B8LU
0X00FFl

Haqiqiy

Fiksirlovchi nuqta bilan qo‘llaniliuvchi raqamlar: va ularning ortidan qo‘yiluvchi quyidagi suffikslar: F, f, D, d, M, m
Qo‘llanilishi:
[raqam][.][raqam][suffiks]

5.7 .001 35.
5.7F .001d 35.
5F .001f 35m




Eksponenta ko‘rinishidagi tartibda, qo‘llanilishi: [raqam][.][raqam]{E|e}[+|–][raqam] [suffiks]
Suffiks — quyidagi belgilardan biri bo‘lishi mumkin: F, f, D, d, M, m

0.2E6 .11e+3 5E-10
0.2E6D .11e–3
5E10

Belgili

Apostrof ichiga yozilgan belgi yoki uning kodi

'A' 'yu' '*'
'\0' '\n'
'\xF' '\x74'
'\uA81B'

Matnli yoki satrli

Qo‘shtirnoq ichiga olib yozilgan belgilar ketma-ketligi

"Zdes bil Vasia"
"\tZnacheniye r = \xF5 \n"
"Zdes bil \u0056\u0061"
"C:\\temp\\file1.txt"
@"C:\temp\file1.txt"

null

Hech qanday ob’ektni ko‘rsatmaydigan bo‘sh ishorat

null

Mantiqiy literallar 2 ta(true i false) bo‘lib, ular dasturda biror qiymatni bor yoki yo‘qligini bildiruvchi ishora sifatida keng qo‘llaniladi.


Agar manfiy qiymatli butun yoki haqiqiy literallarni qo‘llash lozim bo‘lsa raqam oldidan unar o‘zgartirish amali(-) dan foydalaniladi. Masalan: -658u.
Belgili literallar Unicode kodirovkasidagi ixtiyoriy belgi bo‘lishi mumkin.
Belgili konstantalar 4 xil ko‘rinishda bo‘lishi mumkin:

  • odatiy grafik ko‘rinishda taqdim etiluvchi(apostrof va qatorni o‘tkazish belgisidan tashqari): 'A', 'yu', '*' ;

  • boshqaruvchi kalit belgilar(prefikslar) bilan ifodalanuvchi: '\0', '\n' ;

  • o‘n oltilik sanoq sistemasidagi kod ko‘rinishida: '\xF', '\x74' ;

  • Unicode simvolining escape ketma-ketligidagi kodi ko‘rinishida: '\uA81B'.

Belgili literallar – boshqaruvchi kalit belgilari ko‘rinishida yoki o‘n oltilik sanoq sistemasidagi ko‘rinishida yoki Unicode simvolining escape ketma-ketligidagi kodi ko‘rinishida ifodalanganda ularning oldida ‘\’-teskari bo‘lish (teskari Slash)belgisi qo‘yilishi shart. Boshqaruvchi kalit belgilarida ‘\’ belgisidan keyin yozilgan harflar mos ravishda maxsus vazifalarni bajaradi.
Quyidagi jadvalda boshqaruvchi kalit belgilari va ularning vazifalari keltirilgan.

2.3.-jadval. Boshqaruv belgilari jadvali

Klyuch

Tavsifi

Yunikoda kodirovkasi

\’

Bittalik qo‘shtirnoq, apostrofni ifodalaydi.

0×0027

\"

Ikkitalik qo‘shtirnoqni ifodalaydi.

0×0022

\\

Teskari slash ni o‘zini ifodalaydi.

0x005C

\0

Bo‘sh simvol.

0×0000

\a

ALERT. Ovozli signal.

0×0007

\b

Backspace. Bitta pozitsiya oldinga o‘tish.

0×0008

\f

FORM FEED. Yangi sahifaga o‘tish.

0x000C

\n

Yangi qatorga o‘tish

0x000A

\r

Karetka(kursor)ni qaytarish

0x000D

\t

Gorizontal tabulyatsiya

0×0009

\v

Vertikal tabulyatsiya

0x000B

O‘n oltilik sanoq sistemasida ifodalangan belgili literallar \x prefiksidan boshlanadi va undan keyin belgining kodi yoziladi. Prefiksdan keyin yoziluvchi belgining sonli kodi 0-215 gacha oraliqda bo‘lishi lozim, aks holda xatolik yuzaga keladi.


Unicode simvolining escape ketma-ketligidagi kodi ko‘rinishida ifodalangan belgili literallar \u yoki \U prefiksidan boshlanadi va undan so‘ng o‘n oltilik sanoq sistemasidagi kod yoziladi. Yoziluvchi o‘n oltilik sanoq sistemasidagi kod \U10000 dan \U10FFFF gacha diapazonda bo‘lishi lozim.
Satrli ko‘rinishdagi literallarni ifodalashda ham boshqaruv kalitli literallardan foydalanish mumkin. Masalan bir necha qatordan iborat jumlani bitta literalga jamlangan xolatini ifodalash uchun ularni \n (qatorlarni ajratish kaliti) bilan qo‘shib yoziladi. Masalan:
“Mustaqil O‘zbekiston \nhech qachon, hech kimga \nqaram bo‘lmaydi!”.
Ushbu literal aslida quyidagicha ko‘rinishda:
Mustaqil O‘zbekiston
hech qachon, hech kimga
qaram bo‘lmaydi!”.

Boshqaruvchi kalit belgilarini satrli literallarda o‘z vazifasini bajarmasligi ya’ni ularni o‘chirib qo‘yish yoki oddiy qilib aytganda ular belgi ko‘rinishida qabul qilinishi uchun C# da ana shu literal @ belgisi bilan ishlatilishi lozim. Masalan, faylning joylashgan joyini ifodalash uchun mana bu ikki ko‘rinishda berilgan literallarni solishtirib ko‘ramiz:


"C:\\app\\bin\\debug\\a.exe"
@"C:\app\bin\debug\a.exe"
Ko‘rinib turibdiki ikkinchi variantdagi literalni qo‘llash birinchisiga nisbatan qulayroq.


2.9. Izohlar
Har bir dasturchi yozgan dasturiy kodini oradan bir qancha vaqt o‘tganda keyin ochib, unda nima ish qilganligini tushunib olishi uchun bir oz qiynalishi tabiiy xol. Odat mana shunday xolatlarning oldini olish maqsadida dasturchilar yozilgan kodda izohlardan foydalanadilar.
Izohlar – dasturga yoki uning qismlariga sharhlar yozish uchun qo‘llaniladi. Kompilyator dasturni kompilyatsiya qilganida avtomatik tarzda izohlarni dastur kodidan chiqarib tashlab keyin kompilyatsiyani amalga oshiradi. C# da ikki xil ko‘rinishdagi izohlar qo‘llaniladi: bir satrli va ko‘p satrli.
Bir satrli izohlar ikkita slesh(//) belgisini qo‘yib keyin yoziladi va yangi qatorga o‘tilmagunga qadar // dan keyin yozilgan barcha belgi izoh sifatida qabul qilinadi.
Ko‘p satrli izoh - /* belgilaridan boshlanib, tugashida */ belgilari bilan berkitiladi. /* va */ belgilari orasiga bir yoki bir necha qator izoh yozish mumkin.



Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling