Ma’ruza mashg`ulot uchun
Net Framework platformasi va CLR
Download 0.85 Mb.
|
1-semestr maruzalar
2.3. Net Framework platformasi va CLR.
Barcha dastur yozishga mo‘ljallangan vositalar, yozilgan dasturni to‘g‘irlovchi, mashina kodiga o‘tkazuvchi, tekshiruvchi, sozlovchi va ishga tushiruvchi qobiq dastur yoki dasturlash tili sifatida qaraladi. Dastur yozishga mo‘ljallangan dasturiy vosita quyidagilardan tashkil topgan bo‘lishi mumkin: dastur kodini kiritishga va to‘g‘irlashga mo‘ljallangan matnli redaktor; dasturlash tilidan kompyuter tushunadigan til mashina kodiga o‘tkazuvchi komppilyator yoki interpretator; yozilgan dasturni tekshiruvchi va ishga tushiruvchi; dastur yozishda ko‘p marta foydalaniluvchi qism dasturlar yoki elementlarni(funksiya, prosedura va h.) o‘z ichiga oluvchi kutubxona; yordam tizimi va boshqa elementlar; Visual Studio.NET majmuasi dastur yozish uchun bir nechta dasturlash tillari(C#, VB.NET, C++ i J#, F#) uchun muqobil ishlash, to‘g‘irlash, kompilyatsiya qilish, tekshirish, sozlash va ishga tushirish imkonini beruvchi dasturiy vositalar majmuini taqdim etadi. Dasturlashga mo‘ljallangan platforma deyilganda dastur yozishga mo‘ljallangan vositalardan farqli ravishda u faqat bitta emas balki bir nechta dastur yozish vositalariga mo‘ljallangan dasturiy vosita tushuniladi. Ana shunday platformalardan biri bu .NET platformasidir (.NET FrameWork yoki dotnet deb ham ataladi). .NET platformasi ochiq tizim hisoblanib, yuqorida nomlari keltirilgan dasturlash tillarida boshqa dasturlash tillarida ham foydalanish mumkin. .NET platformasi tarkibiga kiruvchi dasturlash tillarini o‘zaro muqobil ishlashini ta’minlash uchun dastur kodlarini bir xil tilga o‘tkazish-kompilyatsiya qilish talab etiladi. Lekin platforma dasturiy kodni aynan to‘g‘ridan to‘g‘ri mashina kodiga emas, balki operatsion tizim yoki kompyuterga bog‘liq buyruqlardan iborat bo‘lmagan oraliq til hisoblanuvchi CIL -(Common Intermediate Language, yoki shunchaki IL) kodga o‘tkazadi. Ushbu tilga o‘girilgan dasturiy kod CLR(Common Language Runtime)deb nomlanuvchi tizim yordamida ishga tushiriladi yoki interpretatsiya qilinadi. CLR ni ixtiyoriy operatsion tizim uchun realizatsiya qilish mumkin. Buning uchun .NET FrameWork (yoki dotnet)ni o‘rnatish talab etiladi. CIL kodidagi dastur ishga tushirilganda CLR tizimi CIL kodidagi dasturni konkret protsessoruchun shu zahoti bajariluvchi mashina buyruqlariga o‘tkazuvchi JIT(just in time)-kompilyatorini ishga tushiradi. Ushbu kompilyator CIL kodidagi dasturni ayni damda qaysi qismi bajarilishi lozim bo‘lsa o‘sha qismini kompilyatsiya qiladi. Dasturning kodining har bir qismi bir marta kompilyatsiya qilinadi va keyinchalik foydalanish uchun keshda saqlanadi. Shu sababli .NET platformasidan foydalanib yozilagan dasturiy kodlar birinchi marta ishga tushirilayotganda bir oz yuklanishi qiyin kechadi. Kompilyator ishga tushirishda foydalanish uchun kompilyatsiya qilingan fayl sifatida kengaytmasi exe yoki dll bo‘lgan faylni bizga taqdim qiladi. Ushbu fayl CIL kodidagi dastur va metama’lumotlardan tashkil topgan bo‘ladi. Dastur ishlash jarayonida CLR faqat ruxsat etilgan operatsiyalar bajarilishini nazorat qilib boradi,xotirani taqsimlanishi va tozalab turilishini ta’minlaydi va yuzaga kelgan xatoliklarni qayta ishlaydi. Bu esa dasturning ishonchli ishlashi va xavfsizligi ta’minlanishini bir necha barobarga oshiradi. .NET platformasi ixtiyoriy .NET tipidagi dasturlash tilida foydalanish imkonini beruvchi juda katta sinflar kutubxonasini o‘zida mujassamlashtirgan. .NET platformasi kutubxonasi sinflarini mukammal o‘rganish zarurdir, lekin anchagina mashaqqatli ish hamdir. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling