Ma’ruza mashg’uloti 1-Mavzu: Anorganik kimyo fani va uning rivojlanish tarixi, boshqa fanlar bilan bog’liqligi Reja


Download 68 Kb.
bet2/2
Sana28.10.2023
Hajmi68 Kb.
#1731587
1   2
Bog'liq
1 maruza

Kimyo fani moddalar, ularning tarkibi va tuzilishi, xossalarini moddalarning bir-biriga aylanishini o’rganadigan fandir.
Mavjud barcha moddalar 107 ta elementlardan hosil bo’ladi, bu moddalar o’z tarkibiy qismi bilan bir-biridan farq qiladi.
Barcha organik birikmalar tarkibida S – uglerod elementi bo’ladi, Shuning uchun uglerod birikmalarini o’rganadigan kimyoning bu soxasini organik kimyo fani o’rganadi.
Qolgan barcha elementlarning birikmalarini va bu moddalarning o’zaro munosabatlarini noorganik kimyo fani o’rganadi.
Moddalarning tarkibi va kimyoviy birikmalarning tuzilishi, kimyoviy jarayonlarning qonuniyatlarini umumiy kimyo fani o’rganadi.

  1. kishilik jamiyatini oziq-ovqat maxsulotlari bilan ta’minlash uchun zarur bo’ladigan moddalar ishlab chiqarish.

a) oziq-ovqat maxsulotlarini etishtirish uchun zarur bo’ladigan mineral o’g’itlar etqazib berish, yangi-yangi o’g’itlarni ishlab chiqarish.
b) o’simliklarning kasalliklariga qarshi ko’rashadigan zaxarli ximikatlar ishlab chiqarish va bu borada yangi izlanishlar olib borish.
v) o’simliklarning rivojlanishida mikroelementlarning rolini o’rganish va ekinlarni oziqlantirish.

  1. kishilik jamiyatini kiyim-kechak bilan ta’minlash maqsadida:

a) kimyoviy tolalar ishlab chiqarish;
b) sun’iy charm ishlab chiqarish;
с) kauchuk va rezina maxsulotlari ishlab chiqarish;
d) bo’yoqlar ishlab chiqarish;
e) xar xil polimerlar (plastmassalar) ishlab chiqarish;

  1. insoniyat yashayotgan muxitning ekologik muammolarini xal qilish.

  2. odamlar salomatligini saqlash maqsadida turli xil dori-darmonlar ishlab chikish.

  3. qurilish materiallarini ishlab chiqarish va bu borada yangi izlanishlar bilan Shug’ullanish.

  4. turli xil yuvuvchi moddalar ishlab chiqarish.

  5. metallar va ularning qotishmalarini ishlab chiqarish, yangi xildagi qotishmalar hosil qilish muammolari bilan Shug’ullanish.

  6. neft’ maxsulotlari ishlab chiqarish.

Kimyo fanining axamiyati nixoyatda katta ekanligi yuqoridagilardan ko’rinib turibdi, Shuning uchun xar bir mutaxasis kimyoni o’rganar ekan, bu fanning zarurligini chuqurroq xis qiladi.
Kimyo fani xam boshqa fanlar katori, odamlarning amaliy faoliyati natijasida vujudga kelgan. Kimyoga doir bilimlar Misrda, Xitoyda, Xindistonda, Gresiyada to’plangan.
Misrliklar rudalardan temirni suyuqlantirib olish, rangdor shisha hosil qilish, teri oshlash, o’simliklardan dori darmonlar, bo’yoqlar va xushbo’y moddalar ajratib olishni, sopol buyumlar yasashni bilishgan. Xitoy va Xindistonda kimyo korxonalari bundan ilgariroq vujudga kelgan.
Eramizdan oldingi VII asrda F.Mileskiy barcha moddalar suvdan hosil bo’lgan deydi, VI asrda yashagan Anaksimen xavodan, V asrda yashagan Geroklit olovdan.
V asrda yashagan Demokrit moddalar atomlardan hosil bo’lgan deb yozishgan. Eramizdan 3 asr ilgari yashagan faylasuf Aflotunning shogirdi Arastu (384-422) moddalar materiyadan tuzilgan deb tuShuntirdi. Bu ta’limot XVIII asrgacha xukm surdi.
Arablar: Jabr Ibn Xayyon, Abubakr Muxammad al-Rozi, o’zbeklar: Farobiy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Jafar ibn Muso Xorazmiy, Abu Ali Ibn Sino, Ulug’bek Muxammad Tarag’ay materiya abadiy, xar xil formada bo’ladi degan fikrni olg’a surdilar.
Kimyoni tekshirishni yangi uslubini jaxonda birinchi bo’lib R.Boyl’ qo’lladi. “Kimyoning vazifasi” – degan edi Boyl’, – “tajribalar qilish, kuzatishlar olib borish va biror nazariyani maydonga tashlashdan oldin Shu nazariyaga oid xodisalarni sinchiklab tekshirishdan iborat”.
Boyl kimyoviy elementlar to’g’risidagi nazariy qarashlarini o’zining “Skeptik-ximik” degan kitobida bayon etdi; Boyl’ bu kitobida alximiklar fikrlarini va metallarning o’zgarishi haqidagi ta’limotni tanqid qildi, uning ilmiy ishlari va tekshirish uslublari kimyoning rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatdi. XVII asrda, metallurgiyaning rivojlanishi munosabati bilan, kimyogarlar yonish, metallarning oksidlanish-qaytarilish jarayonlariga aloxida e’tibor bera boshladilar; ana Shu jarayonlarni izohlash oqibatida flogiston nazariyasi vujudga keldi (nemis kimyogari Shtal’ nazariyasi). Flogiston nazariyasini uzoq vaqtgacha xamma e’tirof qilib keldi.
XVII asrning ikkinchi yarmida kimyoga tekshirishning aniq uslublari joriy qilinishi natijasida flogiston nazariyasi rad etildi. Ilmiy kimyoning rivojlanishiga asos solgan olimlardan biri M.V.Lomonosov bo’ldi.
O’zbekiston o’z er osti boyliklari bilan mashxur bo’lib, uning bag’rida Mendeleev davriy sistemasining deyarli barcha elementlari topilgan.
Xozirga qadar 2,7 mingdan ziyod turli foydali qazilma konlari va boyliklaridan namoyon bo’lgan istiqbolli joylar aniqlangan. Bu konlarda 100 ga yaqin mineral xom-ashyo turlari mavjud, Shundan 60 dan ortig’i ishlab chiqarishga jalb etilgan, 900 dan ortiq kon qidirib topilgan.
O’zbekistondagi umumiy mineral xom-ashyo potensiali 3,3 trillion AQSH dollari bilan baxolanmokda. Neft va gaz kondensati, tabiiy gaz bo’yicha 155 ta istiqbolli kon, qimmatbaxo metallar bo’yicha 40 dan ortiq, rangli, nodir va radioaktiv metallar bo’yicha 40, konchilik kimyo xom-ashyosi bo’yicha 15 ta kon qidirib topilgan.
Xar yili respublika konlaridan taxminan 5,5 milliard dollarlik miqdorda foydali qazilmalar olinmokda va ular yoniga 6,0-7,0 milliard dollarlik yangi zahiralar qo’shilmokda. Bir kator foydali qazilmalar, chunonchi kumush, uran, mis tabiiy gaz, W, kaliy tuzlari, fosforitlar, kaolinlar bo’yicha O’zbekiston tasdiqlagan zahiralar jihatidan butun dunyoda etakchi o’rinni egalaydi.
Kumush zahiralari bo’yicha respublika dunyoda 4-o’rinda, qazib olish bo’yicha 7-o’rinda, mis zahiralari bo’yicha 10-11 o’rinda, uran zahirasi bo’yicha 7-8 o’rinda turadi.
Qidirib topilgan zahiralar asosida 400 yaqin kon, shaxta, kar’er, neft’-gaz konlari ishlab turibdi.
O’zbekiston noyob yoqilg’i-energetika resurslariga ega. Gaz zahiralari 2 trillion m3 ga, ko’mir 2 milliard tonna, 160 ta neft’ koni mavjud. Neft’ va gaz mavjud bo’lgan beshta asosiy mintaqani ajratib ko’rsatish mumkin: Ustyurt, Buxoro-Xiva, Janubiy-G’arbiy Xisor, Surxandaryo, Farg’ona. Neft’ va gaz zahiralari 1 trillion AQSH dollaridan ortiqrokdir.
Qidirib topilgan zahiralar respublika extiyojini tabiiy gaz bo’yicha-35 yildan ko’proq, neft’ bo’yicha 30 yildan ko’proq koplaydi. Eng yirik gaz konlari Janubiy-G’arbiy Xisor va Buxoro-Xiva neft va gazli mintaqalarida joylashgan bo’lib, bo’lar Sho’rtan va Muborak guruxlariga kiruvchi konlardir.
Ko’mir Angren va Boysun konlaridan qazib olinmokda. Dunyoda eng yirik oltin rudali viloyat bo’lgan Qizilqumda Muruntovdan tashkari Ajibugut va boshqa yangi konlar aniqlanmokda.
Respublikadagi kumush konlari Navoiy viloyatidagi Vыsokovol’tnoe va Namangan viloyatidagi Oqtepa konidir.
Aniqlangan uran zahiralari 50-60 yil mobaynida qazib olishga etadi. Uran bilan yo’l-yo’lakay reniy, skandiy, lantanoidlar va boshqalar xam qazib olinmokda. O’zbekiston rangli metallar mis, qo’rg’oshin, rux, volfram va Shu guruxga kiruvchi boshqa metallarning zahiralariga ega. Mis rudalari bilan birga rangli metallarning 15 dan ortiq turi: oltin, kumush, margens, skandiy, indiy, tellur, selen, reniy, kobalt, nikel, osmiy va boshqa metallar xam qazib olinmoqda.1
Ishlab turgan konlar mis va unga yo’ldosh metallarni 40-50 yil, rux va qo’rg’oshinni 100 yildan ko’proq vaqt qazib olishni taminlaydi. Rangli metallar rudalarining zahiralari asosan Olmaliq ruda maydonida jamlangan. Qalmoqqir koni noyob konlardan bo’lib, u erda mis-molibden qazib chiqariladi. Qo’rg’oshin-rux asosan Jizzax viloyatining Uchquloq va Surxondaryo viloyatining Xondiza konlarida jamlangan. Xondizadagi konda Pb va Zn bilan birga Cu, Ag, Cd, Se va Au bor.
Selen va tellurdan asosan yarim o’tkazgichlar, quyosh batareyalari, termogeneratorlar, po’lat, shishaning maxsus navlarini ishlab chiqarishda foydalaniladi. O’zbekiston reniyning noyob zahiralariga ega. U Olmaliq konlaridagi mis rudalari bilan bog’liq. Sanoatda reniydan aviasiya va kosmik texnika uchun o’tga chidamli qotishmalar, elektron uskunalar, neftni parchalash uchun katalizatorlar ishlab chiqarishda foydalaniladi.
Jaxonda Os izotoplari oilasida osmiy-187 bor yo’g’i 1,6% ni tashkil etadigan tabiiy manbalar (Afrika, SHveysariya, Rossiyada) mavjud. Osmiy maxsulotini sanoat usulida olishning maqsadga muvofiqligi Shu bilan asoslanadiki, birlamchi xom ashyoninng katta zahiralari mavjud bo’lib, ular Noril’sk konidagidan 3 barobar ortiqdir. Respublikada 20 ta marmar, 15 ta granit va gabbro koni borligi aniqlangan.
Qoplama toshlarning umumiy zahiralari 85 million m3 dan ortib ketadi. Ular toshni qayta ishlaydigan korxonalarni 100 yillar davomida xom ashyo bilan ta’minlaydi.
G’azg’on, Nurota va Zarband konlarida marmar mavjud. Respublika fosforitlarga boy. Jeroy-Sardara fosforitlar konidagi Manokash turiga mansub zarra-donador fosforitlarning aniqlangan zahirasi 100 mln tonnagacha etadi. Xozirgi vaqtda Qizilqum fosforit kombinati qurilmokda. Unda 2,7 mln tonna fosforit kontsentrati olinadi. Xozirda 300 mln tonnaga yaqin bo’lgan fosforit konlaridan amalda foydalanilmayotir.
O’zbekistonda juda katta kaliy tuz konlari bo’lib, ular Qashqadaryo viloyatida Tubakat va Surxandaryo viloyatida Xurapkon konlaridir. Kaliy tuzlari 100 yildan ko’proqka etadi.
Tuzlarni qayta ishlash bromli temir, magnezit, gips va boshqa metallarni yo’l-yo’lakay olish imkonini beradi. Respublikamizda 5 ta osh tuzi koni – Xujakon, Tubakon, Borsakelmas, Boybichakon va Oqqal’a konlarida 90 milliard tonna xom ashyo bor.
1995 yilda oltin qazib olish bo’yicha Zarafshon–Nyumon qo’shma korxona oltinning birinchi turkumini ishlab chiqardi.
Xozirda g’oyat qimmatli tayyor maxsulot kaprolaktomdir, xozir respublikada ishlab chiqarilayotgan kapralaktomning ko’pi bilan 10% qayta ishlash maqsadida foydalanilmokda, kelajakda 70%-80% ga etkazish ko’zlanmokda.
Respublika 23 ming tonna nitron tolasi ishlab chiqaradigan kuvvatlar vujudga keltirilgan, bundan mebel’ va dag’al gazlamalar, qo’lda va mashinada tikish uchun yigirilgan ip, paypoq va gilam maxsulotlari, ustki trikotaj, mato, adeyal, sun’iy mo’yna va boshqa ko’pgina turdagi maxsulotlar tayerlash uchun boshlangich xom ashyo bo’lib xizmat qiladi. Shu bilan birga, juda kam qismi bor yo’g’i 25% nitron tolasi qayta ishlanib, tayyor maxsulot xoliga keltirilmokda.
Respublikada etishtirilayotgan mevalar va uzum ekologik jixatidan sof bo’lib, ularda ko’p miqdorda qimmatli ozik moddalari va darmondorilar (vitaminlar) bor . O’zbekistonning maydoni 447,4 ming km2 bo’lib, Shundan 10% gina ekin maydonlaridir. Respublika mevalaridan 30 dan ortiq nomda vino, shampan vinolari va konyaklar turli navlari ishlab chiqarilmoqda, xalqaro tanlovlarda 92 ta medal bilan taqdirlangan (O’zbekiston vinolari).
O’zbekistonning ko’pgina noyob mineral xomashyo va qishloq xo’jalik resurslariga jaxon bozorlarida talab katta. O’zbekiston yaqin yillar ichida iqtisodiyot borasida barqaror va olga rivojlanadi, xalqimizning farovonligini yuksak darajaga etishini taminlaydi.
Nazorat uchun savollar:

  1. Kimyo fani nimani o’rgatadi?

  2. Farg’ona vodiysidagi kimyo sanoati rivojlanishi haqida ayting.

  3. Kimyo fanining rivojlanish tarixini qisqacha so’zlab bering.

  4. Kimyo fanining vazifasi nimalarda iborat?

  5. Kimyo faniga xissa qo’shgan o’zbek olimlaridan kimlarni bilasiz?








1 ПарпиевН.А., РахимовХ.Р., Муфтахов А.Г. Анорганик кимё назарий асослари Тошкент: Ўзбекистон. - 2000.

Download 68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling