Maruza mashg’uloti: Mavzu: Ikki komponentli sistemalar
Komponentlari qattiq holatda bir-birida erimaydigan, lekin suyuq holatda bir-birida cheksiz eriydigan va evtektikaga ega bo‘lgan sistemalar
Download 56.5 Kb.
|
7-m
Komponentlari qattiq holatda bir-birida erimaydigan, lekin suyuq holatda bir-birida cheksiz eriydigan va evtektikaga ega bo‘lgan sistemalar
Ikki komponentli kondensatsiyalangan sistemalar A va V komponentlar o‘zaro kimyoviy birikma xosil qilmagan holda evtektikaga ega bo‘lgan holat diagrammalarini beradi. Bunday diagrammalar suyuqlanma va eritma uchun bir xildir. V.10 -rasmdaA va V komponentlarning suyuqlanish temperaturalari TA va TV nuqtalar bilan belgilangan. TAE egrisi suyuqlanmaning tarkibini bildiradi va undagi har bir nuqta suyuqlanmaning A moddaning kristallari bilan muvozanatini tavsiflaydi, ya’ni A moddaning suyuqlanmada ushbu temperaturadagi eruvchanligini ko‘rsatadi. TVE egrisi V moddaning kristallari bilan ma’lum temperaturada muvozanatda turgan suyuqlanmaning tarkibini ko‘rsatadi: TVE egrining har bir nuqtasi V moddaning suyuqlamadagi eruvchanligini ko‘rsatadi. TAE va TVE egrilar likvidus chiziqlari deyiladi.
temperatura esa, evtektik temperatura deyiladi. Qattiq evtektika 2 ta qattiq faza (A va V moddalarning kristallaridan) iborat bo‘ladi. FG to‘g‘ri chizig‘idagi har bir nuqta suyulanma (E nuqta) dan va A va V kristallari bo‘lgan 2 ta qattiq fazadan iborat bo‘lgan sistemaning tarkibini ko‘rsatadi. (III.7–III.10) chizig‘i evtektik to‘g‘ri chiziq yoki solidus chizig‘i deyiladi. Ushbu chiziqdan pastda suyuq faza bo‘lmaydi. Likvidus va solidus chiziqlari bilan diagramma 4 qismga bo‘linadi. Likvidusdan yuqoridagi qismda bitta faza (suyuqlanma) bo‘ladi. Qolgan 3 ta yuzalarda: suyuqlanma + A kristallar; suyuqlanma + V kristallar; AFGB yuzada-A va V kristallarning aralashmasi bo‘ladi. M figurativ nuqta bilan belgilangan suyuqlanmaning sovish jarayonini ko‘ramiz. Diagrammada sistemaning temperaturasi va tarkibini tavsiflovchi har qanday nuqta figurativ nuqta deyiladi. M nuqtada sistema bivariant: F=1; F=3-1=2, ya’ni fazalar sonini o‘zgartirmasdan (ma’lum chegaralarda) temperatura va suyuqlanmaning tarkibini ihtiyoriy ravishda o‘zgartirish mumkin. Temperaturani a0 nuqtagacha pasaytirsak, A moddaning 1-kristallari ajrala boshlaydi. Bunda F=2 va F=3-2=1, ya’ni monovariantli sistemaga ega bo‘lamiz: faqat temperaturani ihtiyoriy o‘zgartirishimiz mumkin, tarkib esa TAE egri bilan belgilanadi. Sistemani sovitishni davom ettirsak suyuqlanmadan A kristallari ajralib chiqishi davom etadi. Natijada suqlanma V komponent bilan boyiydi. v0 figurativ nuqtada sistema 2 fazali, monovariantligicha qoladi. Suqlanmaning tarkibini aniqlash uchun v0 nuqtada v2v1 gorizontal chiziq o‘tkazamiz. v2v1 chizig‘i konnoda chizig‘i deyiladi. v2 va v1 nuqtalardan muvozanatdagi fazalarning temperaturasi va tarkibi aniqlanadi: v2 nuqta A kristallarini, v1 nuqta suyuqlanma tarkibini ko‘rsatadi. Sovish egrisi ad oralig‘ida Maga nisbatanyotiqroqdir. Buning sababi A moddaning kristallanishida issiqlikning ajralib chiqishidir, natijada sovish jarayoni sekinlashadi. Sovitish davom ettirilsa temperatura TE evtektikgacha pasayadi va sistema d0 figurativ nuqtaga yetadi. Ye nuqtada suyuqlanmaning tarkibi evtektik bo‘ladi va qattiq evtektika (A va V kristallarining aralashmasi) ajralib chiqadi. d0 nuqtada (V kristallari ham ajralib chiqqandan so‘ng) muvozanatda 3 ta faza bo‘ladi: 1 ta suyuq, 2 ta qattiq, F=3 va erkinlik darajasi F=3-3=0, ya’ni d0 nuqtada nonvariant, uch fazali 2 komponentli sistema bo‘ladi. F=0 ekanligi ushbu 3 ta fazalar ma’lum shartlar bajarilgandagina muvozanatda bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi: temperatura evtektik TE bo‘lishi kerak, suyuqlanma esa evtektik tarkibga (E nuqta) ega bo‘lishi shart. Temperaturani ham, suyuqlanmaning tarkibini ham ihtiyoriy o‘zgartirib bo‘lmaydi (fazalar sonini o‘zgartirib yubormasdan). d0 figurativ nuqtasida TE temperaturada kristallanish jarayoni suqlanmaning to‘liq sovishi bilan tugaydi. Suyuq faza yo‘qolgandan so‘ng sistemada 2 ta qattiq faza (A va V kristallari) qoladi (F=1). ye0 nuqtada 2 ta qattiq fazaning sovishi davom etadi. Suyuqlanmani sovitish jarayonining boshidan uni yo‘qolib ketishigacha suyuq faza tarkibining o‘zgarishini ko‘rsatuvchi Ma0v1E chiziq kristallanish yo‘li deyiladi. Download 56.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling