Ma’ruza mashg’uloti rejasi


 Dengiz sayohatlari geografiyasi


Download 156.97 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/6
Sana22.04.2023
Hajmi156.97 Kb.
#1377173
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
11.1-ma`ruza matni. Turizmda transport xizmatlari.

11.1.3. Dengiz sayohatlari geografiyasi.
 
Kruizlar geografiyasi butun jahon okeanini qamrab olgan. Yozgi mavsumda 
Yevropalik turistlar o’rtasida O’rta yer dengizi bo’ylab yo’nalishlar ko’proq 
mashhur Venetsiya-Neapal, Marsella, Barsellona Kann, Rimdan boshlanadi. Yozda 
shuningdek kruizlarga G’arbiy va Shimoliy Yevropa qirg’oqlari bo’ylab va 
Norvegiya sohillariga talab katta bo’ladi. Yil bo’yi Janubiy Atlantika va Karib 
dengizi bo’ylab kruizlarga ham talab kam emas (ularga ayniqsa amerikalik 
turistlarda talab katta). Ushbu hududda barcha kruizlarning 70 % ga yaqini to’g’ri
keladi. Asosiy jo’nash portlari – Mayami, Lauperdeyl forti, Kanaveral porti, San-
Xuan (Puerto - Rika) hisoblanadi. Uncha ko’p bo’lmagan reyslar Arubi va Sent – 
Martindan jo’naydi. Keyingi vaqtlarda Shimoliy Amerika – Vankuverdan 
Alyaskaga yo’nalishlar ommaviy tus olmoqda. 
Qishda ikki yo’nalish Karib va Janubi – Sharqiy Osiyo bo’ylab kruizlar 
mustahkam o’rin egallaydi, qaysikim eng yirik port Singapur hisoblanadi. 
Okeaniya, Avstraliya, Janubiy Amerika va Afrika bo’ylab marshrutlarga ham talab 
katta. Kruiz kompaniyalarining eng aldamchi takliflari dunyo bo’ylab sayohat 
hisoblanadi. Bunday marshrutlar davomiyligi kamida uch oy, narxi 9 ming 
dollardan iborat. Bunday sayohatning bir qismini sotib olish ham mumkin. 
Dengizdan farqli ravishda daryo kruizlari ob-havo injiqliklaridan xoliroq, 
qirg’oq ko’rinib turadi, axborotlar ishonchliroq. Bundan tashqari, turistlarda 
to’xtab turish joylaridan foydalanish kabi ajoyib imkoniyatlar bor. 
Yevropa hududida suv yo’lida juda uzun kema yo’llari tarmog’i mavjud. 
Uning hududidan Sena, El’ba, Dunay, Reyn va boshqa daryolar oqib o’tadi. 
Ularning barchasi murakkab kanallar tizimi bilan tutashtirilgan. Bu esa daryo kruiz 
sayohati mashhurligi oshishiga imkon tug’diradi. Daryo kruizlari bo’yicha 
Germaniya birinchi, so’ngra Buyukbritaniya, Gollandiya, Shveytsariya va Avstriya 
kabi davlatlar yetakchi o’rinlarni egallaydilar. Reyn va uning irmoqlari bo’ylab 
(Mozel, Mayn, Nekker, Vezor) marshrutlar ko’proq mashhur. Yevropada yetti 
mamlakat orqali oqib o’tuvchi Dunay bo’ylab kruizlarga talab juda katta. 
Mashhurligi jihatidan uchinchi o’rinda Volga, Don ularning irmoqlari, ko’llar va 
kanallar turadi. Bu marshrutlarga Chernobil atom elektrostantsiyasi avariyasi, 
SSSRning tarqab ketishi va Rossiya hamda MDH mamlakatlaridagi beqaror 
iqtisodiy vaziyatlardan keyin talab kamayib ketdi. 
Nil daryosi bo’yicha kruizlar odatda nisbatan kengroq safarlarning dasturlari 
tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu yanada ko’proq ekzotik kruizlarga talluqlidir: 
Amazonka bo’ylab, Avliyo Lavrentiy va Yantszi daryolari bo’ylab sayohat shular 
jumlasidandir. G’arbda qisqa muddatli – davomiyligi besh kunlik daryo kruizlariga 
ayniqsa talab katta. Bu vaqt ichida turistlar biror marta ham mehmonxonalarni 


almashtirmasdan juda ko’p joylarni tomosha qilishga ulgurishadi. Bunday kruizlar 
ayniqsa o’rta va keksa yoshdagi kishilar uchun ko’ngillidir:
▪ dengiz sayohatiga qaraganda, yer hamisha ko’z o’ngida; 
▪ dengiz kasalligidan holi. 
Germaniya, Buyukbritaniya va Gollandiya daryolari bo’ylab kruiz dasturlarini 
bajaruvchi kemalar bir palubali va ikki palubali bo’lib, teploxodlar maxsus 
qurilgan yoki ayrim hollarda o’zyurar birjalar bilan ta’minlangan. Teploxodlarning 
xususiyatlari shundaki, ularning hammasi past bo’lib, barcha qulayliklarga ega. 
Buning sababi shundaki, ko’pchilik yo’nalishda tor kanallar bo’ylab o’tadi, 
teploxodlar past ko’priklar ostidan o’tadi, kam suvli daryolarda bemalol suzadi. 
Shunga qarab, bunday kemalar sig’imi uncha katta emas. Ammo ularning egalari 
o’z kemalarini yanada shinam va qulay bo’lishi uchun intiladilar, ularni barcha 
zarur narsalar bilan jihozlaydilar. Daryo kruizlari uchun ham bir yulduzli, ham 
lyuks klassdagi shinam teploxodlardan foydalaniladi. 
 

Download 156.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling