Maruza mashg’ulotining xronologik xaritasi Ishlash boskichlari, vaqti Faoliyat mazmuni O’qituvchining Talabaning


Download 380.25 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/12
Sana28.12.2022
Hajmi380.25 Kb.
#1021876
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1-ma\'ruza

Ta’lim usullari 
Maruza, «aqliy hujum», savol-javob, grapfik organayzer-
lar. 
O’quv faoliyatini tashkil 
qilish shakllari 
Yakka tartibda va jamoaviy. 
Ta’lim vositalari 
Maruza matni, tarqatma materiallar, doska, bo’r, slaydlar.
Qaytar aloqa usullari va 
vositalari 
Blits-so’rov, savol-javob 
 
 
 
1-MODUL. KOMPYUTERLARGA TEXNIK XIZMAT KO’RSATISH. 


1-Mavzu: Texnik asbob-uskunalar va diagnostika qilish jihozlari 
Reja: 
1. Texnik asbob-uskunalar va diagnostika qilish jihozlari 
2. Kompyuterlarning ishlash prinsiplari va tarkibiy qismi. 
3. Shaxsiy kompyuterning umumiy ko‘rinishi, uning asosiy qurilmalari 
4. Kompyuterning (sistema bloki) ichki qurilmali. 
5. Axborotlarni kiritish-chiqarish qo’shimcha qurilmalari 
 
Maruzanimg maqsadi: 
Talabalarga zamonaviy kompyuterlarning arxitekturasi, asosiy, tashqi, qo’shimcha 
qurilmalari to’g’risidagi asosiy tushunchalarni berish va ular bilan ishlash malakasini hosil qilish. 
Mavzuning tayahch iboralari: 
 
Kompyuter. Arxitektura. . IBM. Apple. Super. Katta. Kichik. Stol kompyuterlari. Ko’chma. 
Kommunikator. Smartfon. 
1. 
Texnik asbob-uskunalar va diagnostika qilish jihozlari 
Kompyuter tizimlarini tamirlash va ularga xizmat ko`rsatish bo`yicha ishlaydigan har bir 
mutaxassis ixtiyorida elektr asboblari komplekti mavjud bo`ladi. Xizmat ko`rsatish ishlarining 
ko`pchiligini katta miqdordagi asboblarsiz amalga oshirib bo`lmaydi. Aynan shuning uchun ham 
elektr asboblari bozori rusum va modellarning rang-barangligi bo`yicha faqat kompyuter texnikasi 
bozori bilangina qiyoslanishi mumkin. elektr asbobining uzoq muddatga sotib olinishini, ulardan
foydalanish sharoitlari esa ekstremal holatlarga yaqinligini etiborga olsak, eng maqul keladigan 
modelni tanlash unchalik oson emasligi ma’lum bo`ladi. 
Bu ishda eng ko`p tarqalgan xato – asbobning ko`p vazifali bo`lishiga ortiqcha intilishdir. 
Ishlab chiqaruvchilarning aksariyati o`zlari chiqarayotgan elektr asbobning ko`p maqsadlarda 
qo`llanadigan gilib yaratishga harakat qiladilar. Odatda, bunday asbob o`zining asosiy 
vazifalaridan tashqari yana bir necha qo`shimcha vazifani bajara oladi. Bunda shuni ham nazarda 
tutish kerakki, mazkur vazifalarni asbobning boshqa turlarini qo`llab ham bajarish mumkin. 
Biroq, asbobning bir necha vazifani bajara olishi hali uning universalligini bildirmaydi. 
Zero, turli amallar turlicha quvvat sarflanishini talab etadi. Asbobdan uning imkoniyatlari 
chegarasida foydalanish yoki asbobga ortiqcha kuch berish esa uning tezda buzilishiga hamda 
ishlab chiqaruvchi va sotuvchi tashkilotdan mutlaqo asoslanmagan holda hafsalaning pir 
bo`lishiga olib keladi. 
Ikkinchi tomondan asbob tanlanayotgan paytda uning tuzilishiga xos muhim jihatlari 
etibordan chetda qoladi. Ko`pchilik hollarda bu xaridorlarda axborotning yetarli emasligi va 
sotuvchining malakasizligi tufayli sodir bo`ladi. Asbob sotib olinayotganda, avvalam bor uning 
tashqi ko`rinishi (korpusning ergonomik shakli, vaznining sizga mosligi, boshqaruv 
organlarining qulayligi, zarbaga bardoshliligi, elektr xavfsizligi, qo`shimcha tutgichlar hamda 
chuqurlikni ko`rsatuvchi belgilar borligi va boshqalar)ga ahamiyat berish lozim. So`ngra elektr 
asbobning konstruktiv xususiyatlari, bajariladigan vazifalar to`plami va tavsifini batafsil tahlil 
qilib, tanishib olish zarur. Chunki undan uzoq vaqt va samarali foydalanish aynan mana shularga 
bogliqdir. 
Quyida elektron jihozlar bilan ishlash uchun zarur asboblarning uncha katta bo`lmagan 
ro`yxati, shuningdek, ulardan namunalar va asboblarning mahsus vazifalari haqida malumotlar 
keltirilgan: 
1. Buragichlar (otvyortkalar) to`plami. 
2. Yassi jag`li omburlar va h.k. 


3. Yon tomonlarni kesuvchi (izolyatsiyani ko`chiruvchi) qaychilar. 
4. Qirquvchi omburlar. 
5. Siquvchi asbob. 
6. Izolyatsiyalovchi material. 
1. Shurup burovchi asbob. 

Download 380.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling