Maruza mashg’ulotining xronologik xaritasi


Kompyuterning asosiy qurilmalari


Download 0.94 Mb.
bet8/12
Sana23.01.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1112680
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
1-ma\'ruza

2.2. Kompyuterning asosiy qurilmalari

Bunday qurilmalarning “asosiy” deyilishiga sabab – ular kompyuterning asosini tashkil qiluvchi qurilmalar bo’lib, yagona hisoblash tizimini tashkil qiladi. Shuning uchun ham, ularning birortasisiz kompyuter ishlamaydi yoki u bilan ishlash mumkin emas.
Quyidagi elektron qurilmalar, zamonaviy kompyuterlarning asosiy qurilmalarini tashkil qiladi:
Tizimli blok (System block);
Tizimli plata (Asosiy plata, Ona plata, Motherboad);
Prosessor (Mikroprosessor, Markaziy prosessor, Microprocessor, CPU – Central Processor Unit);
Tezkor xotira (RAM – Random Access Memory);
Qattiq disk diskovodi (Vinchester, ROM – Read Only Memory);
Kompakt disk diskovodi (CD ROM – Compact Disk ROM);
DVD diskovodi (DVD – Degital Video Disk ROM);
Yumshoq disk diskovodi (FDD – Floppy Disk Drive);
Videokarta (Videoadapter, Video Card, Video Adapter);
Audiokarta (Ovoz kartasi, Audio Card, Sound Card);
Monitor (Displey, Display, Monitor);
Klaviatura (Keyboard);
«Sichqoncha» yoki monipulyatorlar (Mouse, Monipulator);
Ta’minlash bloki (PSU – Hower Supply Unit).
Bu qurilmalar asosan quyidagi vazifalarni bajaradi:
Tizimli blok. Kompyuterning asosiy qurilmalari joylashtirilgan metall g’ilof (korpus) bo’lib, ahu ichki qurilmalarni tashqi zarblardan himoya qilishga hamda orqa tomonidagi uyachalari (portlari) yordamida tashqi qurilmalarni ichki qurilmalar bilan ulashga xizmat qiladi. Ko’pincha, kompyuter deyilganda, asosiy qurilmalar o’rnatilgan tizimli blokni ham tushunishadi.
Tizimli bloklarni bir-biridan farqlovchi asosiy ko’rsatkichlaridan biri – ularning tashqi ko’rinishlari (formfaktorlari) dir.
Shuning uchun ham, zamonaviy tizimli bloklar formfaktorlari Mini Tower (kichik minora shaklida), Middle Tower (o’rtacha minora shaklida) va Big Tower (katta minora shaklida) ko’rinishida bo’lgan turlarga bo’linadi.

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling