Ma’ruza mashg`ulotlari 1- mavzu: “Kasbiy ma’naviyat” fanining maqsadi, vazifasi va jamiyat hayotidagi ahamiyati Reja
Ko‘pmillatlik jamiyatda bag‘rikeng(tolerantlik)lik tamoyili
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
КАСБ МАЪНАВИЯТИ УМК
5.3.Ko‘pmillatlik jamiyatda bag‘rikeng(tolerantlik)lik tamoyili Ma’naviy darajada globallashuvning salbiy tomoni insoniylika hos bo‘lmagan befarqlik, loqaydlik va dangasalika tobelikdan faqat iste’mol-chiga aylantiradi. Bu tarzdagi hayot, turmush tarzini ihtiyor qilganlarda baxt-saodat tushunchasi moddiy farovonlik bilan belgilanadi. Yashashdan maqsad, hayotdan eng yuqori darajada lazzatlanishdan iborat bo‘lib qoladi. Ruhiy-ma’naviy qadriyatlar, ezgulik, savob va beg‘araz yordam ko‘rsatish kabi oliy tushunchalar unutiladi. Insoniylik asosiga qurilgan munosabatlar o‘rnini faqat foyda va zarar qonuniyati egallaydi, shu sababdan ko‘ngilxush-liklarning ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan turlari yuzaga keladi. Globallashuv, bu ortga qaytarib yoki to‘htatib qolib bo‘lmaydigan jara-yon, kamondan chiqqan o‘qni qayta o‘qdonga tiqishga urinishdek gap. Bugun dunyodagi har bir davlatning taraqqiyoti ayni shu globallashuv asosida shakllanmoqda. Globallashuv hodisasining ijobiy va salbiy jihatlari bor. Eng salbiy jihati-zamonaviy dunyoda odamiylikni boy berib qo‘yish xavfini yuqoriligidir, lekin globallashuv jarayoni to‘g‘risida faqatgina salbiy fikrlarni bayon qilish maqsadidan yiroq holda tahlil qilamiz. Tolerantlik atamasi, ilk bora XIX asr boshlarida Yevropalik tibbiyot xodimlari bemorning tanasiga sog‘lom tanadan olingan qoni yuborish, ya’ni qon quyush amaliyotini bajarganda ijobiy natijaga erishish bilan bir qatorda salbiy holat ro‘y bersa, uni bartaraf qilish choralarini ham izlaganlar. Bemor tanasi begona qoni o‘zlashtirish jarayoni, xodisasiga nisbatan tolerantlik atamasi qo‘llagan. Ushbu asrning uchinchi choragida siyosat, madaniyat, din va iqtisodiyot kabi sohalarda amalga oshirilgan islohotlarga nisbatan insonlarni sabr-bardosh va toqat bilan chidashi bag‘rikeng(tolerant)lik munosabati sifatida baho berildi. Tolerantlik (lotincha tolerantia-sabrtoqat), bag‘rikenglik-o‘zgalarning turmush tarzi, xulqatvori, odatlari, histuyg‘ulari, fikr-mulohazalari, g‘oya-lari va e’tiqodlariga nisbatan toqatli bo‘lishdir. Hozirgi kunda jahonda sodir bo‘layotgan turli voqea va hodislarga nisbatan tolerantlik o‘ta muhim ekanligini yanada chuqurroq anglash yetish mumkin. Iqtisodiyotning globallashuvi va yanada mobillashuvi, kommuni-katsiyalarning tez rivojlanishi, integratsiya va o‘zaro bog‘liklik, keng miqyosli migratsiya va aholining ko‘chib yurishi tufayli yuzaga keladigan turli noqulaylik jamiyatda tolerantlik tamoyilining ahamiyatini kuchaytiradi. Qadimdan turli millat va elat hamda konfessiya vakillari o‘zaro tinch-totuv yashab, o‘z diniy ibodat va rasm-rusumlarini emin-erkin bajarib kelgan bag‘rikeng 68 diyor sifatida qadrlanadi. Mamlakatimizning ushbu yo‘nalishda olib borayotgan izchil siyosati xalqimiz va jahon hamjamiyati tomonidan haqli ravishda e’tirof etilmoqda. Ko‘p millatlik jamiyatda tolerantlik, bag‘rikenglikni mazmun-mohiyatini anglash va e’tirof etishni qiyosiy tahlildan o‘tkazishga talabalar va aholi o‘rtasida sotsial so‘rov o‘tkazdik. Anketa so‘rovdagi 30 ta savol ta’lim-tarbiya,madaniy mansublik, tole-rantlik, milliy va umuminsoniy qadriyat va iqtisodiyotga doir savollardan iborat bo‘ldi. Anketa so‘rovda ishtirok etayotgan respondent shaxsining sir tutilishi, oshkor etilmasligi fikrni xolis bayon etishni kafolatlaydi. Lekin jins, yosh toifasi va til bo‘yicha mansublik ko‘rsatildi, shu sababmi, 98 % aniq natijaga ega bo‘ldik. Ijtimoiy so‘rovda 1200 nafar kunduzgi ta’lim talabalari va 800 nafar sirtqi ta’lim talabalari ishtirok etdi. Chunki, o‘zi farzand tarbiya-layotgan va 5 yildan kam bo‘lmagan pedagogik stajga ega maxsus sirtqi ta’lim talabalaridan ko‘proq ijobiy natija kutgandik. Lekin javoblarida keskin farq sezilmadi. Sirtqi ta’lim talabalari yordamida Toshkent shaxri va Toshkent viloyatining poytahtga qo‘shni tumanlarida ham sotsial so‘rov o‘tkazishga muyassar bo‘ldik. 2000 nafarga yaqin turli yosh, jins, millat va dinga mansub aholi qatlami qamrab olindi. Talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rovlar natijasi qo‘yidagicha: 1.Oilada kim farzandlar tarbiyasiga mas’ul ?-bu savolga 79 % respon-dent onam, 5 % bobom va buvim, 6% otam, 3% otam va onam va 7 % ahamiyat qilmaganman deya javob berdi. 2. Oila davrasida ta’lim-tarbiya mavzusida suhbat bo‘ladimi ?- bu savolga, 51% ha javobini bergan respondent bobo va buvisi, 21 % onam, 8% otam va 17 % ahamiyat qilmaganman deb javob berdi. 3. Milliy va umuminsoniy qadriyat va tolerantlik to‘g‘risidagi fikr-ingiz ?-bu savolga 57 % respondent bobom va buvim, 9% onam, 5 % otam, 11% ta’lim muassasida, 3% kitobdan va 9 % ahamiyat qilmaganman deb javob berdi. 4. Oila oylik byudjeti bilan qiziqkanmisiz, sizning moddiy ehtiyojingiz qancha ? –bu savolga, 37% ha qiziqqanman javobini bergan , 21 % yo‘q javobini berganlar, 23% bilmayman javobini belgilaganlar, qiziq-mayman javobini belgilaganlar esa 17 % ni tashkil etdi. Jami 30 savoldan, 25 tasi yopiq savol, ko‘rsatilgan javoblardan birini tanlab belgilaydi va 5 ta ochiq savolga respondent o‘zi javob yozadi. Joylarda o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rovda ishtirok etgan 55 yoshdan katta respondentlar aniq va qiynalmay javob bergan bo‘lsa, 40-55 yosh toifasidagi respondentlarga qiyinchilik tug‘dirdi. 55 yoshdan katta respondentlarning 9% oliy, 13% o‘rta maxsus va 79% o‘rta ma’lumotga ega bo‘lganlar tashkil etdi. Shuningdek, 40-55 yosh toifasidagi respondentlarning 21% oliy, 29% o‘rta maxsus va 47% o‘rta ma’lumotlilar hissasiga to‘g‘ri keldi. Jumladan, Oila daromadi, A.Navoiy, Imom Buxoriy, Xoja Ahmad Yassaviy, Abu Mansur Moturidiy, Baxauddin Naqshbandiy, Najmiddin Kubro va Abu Hamid G‘azzoliy haqida bilasizmi ?- degan ochiq savolni qo‘ygandik. 69 Ijtimoiy so‘rovda ishtirok etgan 55 yoshdan katta respondentlar aniq va qiynalmay javob yozishdi, Yassaviy, Moturidiy, Naqshbandiy, Kubro va G‘azzoliy asarlarini nomini ham keltirganlar-27%, qaysi soxada ijod qilganini aniq yozganlar 31%, qisman to‘g‘ri javob berganlar 22% va noto‘g‘ri javob berganlar esa 20% ni tashkil etdi. Xuddi avvalgidek, 40-55 yosh toifasidagi respondentlarga bu ochiq savolga javob yozish yanada qiyinchilik tug‘dirdi, Yassaviy, Moturidiy, Naqsh-bandiy, Kubro va G‘azzoliy asarlarini nomini ham keltirganlar-18%, qaysi soxada ijod qilganini aniq yozganlar 25%, qisman to‘g‘ri javob berganlar 17%, noto‘g‘ri javob berganlar esa 24% ni va javob berolmaganlar esa 17% tashkil etdi. Ijtimoiy so‘rovda ishtirok etgan 55 yoshdan kattalar 342 nafar bo‘lib, 177 nafari erkak va 165 nafari ayol, ular bo‘sh vaqtini “o‘ldirish” uchun emas, hayotda har doim faol bo‘lgani uchun ijtimoiy so‘rovda ishtirok etganlik-larini ma’lum qilishdi. Ijtimoiy so‘rovda ishtirok etgan 40-55 yosh toifasiga mansublar 558 nafar bo‘lib, 198 nafari erkak va 360 nafari esa ayollarni tashkil etdi, ishtirokchi ayollarning aksariyati, har doim maktab va maxallada bo‘ladigan yig‘ilishga o‘zlari borishini, erini vaqti yo‘qligi uchun emas, loqaydlik tufayli ishtirok etmasligini aytib o‘tishdi. Qolgan ayollar esa turmush o‘rtog‘larini ishda, xizmat safari va boshqa shu kabi tashvishlar bilan band ekanligini ma’lum qildi. Sotsial so‘rovda ishtirok etgan 198 nafar erkaklarning yarmidan ko‘prog‘i bu kabi ijtimoiy hayotda faolliklarini, qolganlari esa ilk bor bu kabi yig‘ilishda ishtirok etayotgani ma’lum bo‘ldi. Mazkur ijtimoiy so‘rov natijasiga ko‘ra, 55 yoshdan katta respon-dentlar II jahon urushigacha, urush yillarida tug‘ilgan, urush zahmati va qiyinchiliklari tufayli erta ulg‘aygan avlod, madaniyatshunoslik fani nuqtai nazaridan tahlil etganda an’anaviy madaniyat namoyondalari, hozirgi yoshlar iborasi bilan aytganda konservatizm namoyondalaridir. Bularning safi yil sayin kamayib bormoqda. Konservatizm-ijtimoiy va madaniy hayotda an’ana hamda vorisiylik g‘oyasiga tayanuvchi xilma-xil g‘oyaviy siyosiy va madaniy oqimlarni tan olmaydiganlar vakilidir. Asosan Yevropa tarixida konservatizm turli shakllarda namoyon bo‘lgan, lekin, umuman olganda, mavjud va barqaror ijtimoiy tizim hamda me’yorlarga moyillik, inqilob va keskin islohotlarni qabul qilmaydiganlar toifasidir, Sharqda esa konservatizm o‘ta sekin bo‘y ko‘rsatgan. Ijtimoiy so‘rovda ishtirok etgan, 55 yoshdan kichik yoshdagilar Stalin qatag‘oni va shaxsga sig‘inish illati ostida tarbiyalanib, ulg‘ayganlar avlodi bo‘lish bilan birga, ularda modernizm ta’siriga moyillik bor. Modernizm (fransuzcha moderne va lotincha modernus zamonaviylik) ma’nosini anglatib, 20-asrning uchinchi choragida mumtoz (klassik) san’atdan voz kechish, zamonaviy estrada san’atida: pop, etnopop va hokazolar kelib chiqdi. Estrada janrida ijod qilgan sozanda, xonanda, raqqos va raqqosa-larning madaniyati, o‘z muxlislari xulq-atvor, odob-axloq va kiyinishlarida aks etdi. O‘zbekistonda “Yalla”,“Navo”, “Sado” va “Saraton” kabi G‘arb estradasi va filmlari qaxramonlariga taqlid avj olgan davrda ulg‘ayganlarning aksariyati milliy 70 madaniyat, milliy o‘zlik, milliy va umuminsoniy qadriyat, tarbiya-axloq to‘g‘risida yetarlik bilim hamda ma’lumotga ega bo‘lmagan katta avlod vakillari o‘zlarini oqlab, barcha kamchilik va illatlarni mavjud zamon hamda yoshlarga ag‘darish bilan ovora. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling