Ma’ruza mashg`ulotlari 1- mavzu: “Kasbiy ma’naviyat” fanining maqsadi, vazifasi va jamiyat hayotidagi ahamiyati Reja


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/71
Sana19.12.2022
Hajmi1.67 Mb.
#1033657
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71
Bog'liq
КАСБ МАЪНАВИЯТИ УМК




MA’RUZA MASHG`ULOTLARI 
1-
Mavzu: “Kasbiy ma’naviyat” fanining maqsadi, vazifasi va jamiyat 
hayotidagi ahamiyati 
Reja: 
1.1. “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”gi qarordan kelib chiqadigan vazifalar. 
1.2. “Ma’naviyat” va kasb tushunchasining uzviyligi va o‘ziga xosligi 
1.3. XXI asrda global etosfera (odob-axloq, ma’naviy dunyoqarash va tafakkur 
tarzi)ni yaratishning zaruriyati. 
1.4. Kasbiy ma’naviyatning fanlar bilan aloqadorligi 
Tayanch iboralar 
Kasbiy ma’naviyat, ma’naviyat, ma’rifat, madaniyat, axloq, odob, shaxs, 
komil inson, ma’naviy kamolot, inson qadr–qimmati, jamiyat, adolatli jamiyat,
ta’lim va tarbiya jarayoni, tarbiyalash maqsadi, ta’limiy maqsad, ta’limda 
insonparvarlik, nazariy va amaliy bilimlar, ilmiy tafakkur va madaniyatni 
shakllantirish, muammoli o‘qitish, darslar tizimi, pedagogik hamkorlik. 
1.1.“Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillash-tirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi qarordan kelib chiqadigan vazifalar. 
Mamlakatimizda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli 
islohotlar sabab xalqimizning ongu tafakkuri, dunyoqarashi o‘zgarmoqda. 
Yurtimizda huquqiy davlat, fuqarolik jamiyatini barpo etishda “Milliy tiklanishdan-
milliy yuksalish sari” degan hayotbaxsh g‘oyaning ahamiyati tobora ortib 
bormoqda. Qator sohalarda olib borilayotgan muhim ishlarga qaramasdan, ijtimoiy, 
iqtisodiy va siyosiy sohalardagi yangilanishlar jarayonida ma’naviy-ma’rifiy 
islohotlarning samaradorligiga to‘siq bo‘layotgan bir qator muammolar saqlanib 
qolmoqda. 
Xususan, ma’naviy-ma’rifiy jarayonlarni tashkil etishda yaxlit tizim mavjud 
emas, xalqimiz, ayniqsa yoshlarni ma’naviy tahdidlardan himoya qilish borasida 
yetarli darajada tashkiliy-amaliy va ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmayapti, ushbu 
yo‘nalishda davlat tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot 
vositalari hamda xususiy sektorning ijtimoiy hamkorligi samarali yo‘lga 
qo‘yilmagan. 
Mavjud muammolarni hal etish, ma’naviy-ma’rifiy ishlarning samarasi va 
ta’sirchanligini oshirish, ko‘lami va miqyosini yanada kengaytirish, mamlakat 
aholisi, avvalo, yoshlar qalbida amalga oshirilayotgan islohotlarga nisbatan 
mas’ulyat va daxldorlik hissini kuchaytirish, sohaga doir ishlarni 
muvofiqlashtirishning yagona tizimini yaratish maqsadida “Ma’naviy-ma’rifiy 
ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident 
qarori e’lon qilindi. Hujjatga ko‘ra quyidagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini 
tubdan takomillashtirish ustuvor masala etib belgilandi: 

ezgulik va insonparvarlik tamoyiliga asoslangan “Milliy tiklanishdan -milliy 
yuksalish sari” g‘oyasini keng targ‘ib etish orqali jamiyatda sog‘lom 
dunyoqarash va bunyodkorlikni umummilliy harakatga aylantirish; 




oila, ta’lim tashkilotlari, jamoatchilik va mahallalarda ma’naviy tarbiyaning 
uzviyligini ta’minlash; 

aholining internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanish madaniyatini 
oshirish, g‘oyaviy va axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunietini 
kuchaytirish; 

geosiyosiy va mafkuraviy jarayonlarni muntazam o‘rganish, terrorizm, 
ekstremizm, aqidaparastlik, odam savdosi, narkobiznes va boshqa shu kabi 
xatarli tahdidlarga qarshi samarali g‘oyaviy kurash olib borish hamda bu borada 
xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish; 

el-yurt taqdiriga loqaydlik, mahalliychilik, urug‘-aymoqchilik, korrup-siya, 
milliy qadriyat va oilaga nisbatan bexurmat, bepisandlik va yoshlar tarbiyasiga 
mas’uliyatsizlik kabi illatlarga barham berishga qaratilgan kompleks chora-
tadbirlarni amalga oshirish va boshqalar.
1
Mamlakatimiz va xalqimizning har bir soxada kamol topib, taraqqiy etishini 
ta’minlashning asosiy omili sifatida milliy ma’naviyat ustivor o‘rin egallaydi. 
Jamiyatda ma’naviyatning rivojidan iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy taraqqiyot 
yuzaga kelib, siyosiy barqarorlik shakllanadi, bu ezgu ish xalqimiz va millat ongida 
milliy iftixor va g‘urur tuyg‘usini uyg‘otadi. Bu esa o‘z navbatida shaxsning 
barkamol rivojlanishi uchun zamin bo‘lib xizmat qiladi. Sh.Mirziyoev 
ta’kidlaganidek “Dunyo shiddat bilan o‘zgarib, barqarorlik va xalqlarning 
mustahkam rivojlanishiga raxna soladigan turli yangi tahdid va xavflar paydo 
bo‘layotgan bugungi kunda ma’naviyat va ma’rifatga, axloqiy tarbiya, yoshlarning 
bilim olish, kamolga yetishiga intilishiga e’tibor qaratish har qachongidan ham 
muhimdir”.
2
“Kasbiy ma’naviyat” fani ijtimoiy fan sifatida yosh avlodni tarbiyaashdek 
mas’ulyatli vazifani bajarishga kirishgan pedagogni shaxsiy fazilati, dunyoqarashi 
va tafakkur tarzini kasbiy faoliyat bilan uyg‘unlashuv jarayonida yuzaga keladigan 
muammolarni tahliliy asosda o‘rganadi. 
Ma’naviyat va ma’rifat so‘zi-pedogogika nuqtai nazaridan tariflaganda ta’lim 
va tarbiya so‘zlarining qo‘shma ma’nosini anglatib, ta’lim- bilim berish, tarbiya esa 
olgan bilimlarni hayotda qo‘llay olishlik ya’ni olingan bilimlarga ko‘nikma hosil 
qilish, avlodlar tarbiyasini odamlarga o‘rgatish ma’nosida talqin etiladi.
Kasbiy ma’naviyat” fani predmeti pedagogni kasbiy maxoratini 
shakllantirish uchun fan va uni qonuniyatlarini bilishi, o‘qitishning shakl, metod va 
vositalarini egallaganligi hamda bilim-mahorat asosida ta’lim-tarbiya jarayoniga 
tadbiq etish faoligini o‘rganadi.

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling