Ma’ruza mashg`ulotlari 1- mavzu: “Kasbiy ma’naviyat” fanining maqsadi, vazifasi va jamiyat hayotidagi ahamiyati Reja
-Mavzu: Qadimgi Sharq va G‘arb xalqlari ma’naviy dunyoqarashi va
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
КАСБ МАЪНАВИЯТИ УМК
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
- 2.1. Qadimgi Sharqda mifologiya va din ma’naviy dunyoqarashning omili sifatida
2-Mavzu: Qadimgi Sharq va G‘arb xalqlari ma’naviy dunyoqarashi va tafakkur tarzi Reja: 2.1. Qadimgi Sharqda mifologiya va din ma’naviy dunyoqarashning omili sifatida 2.2. Antik davr G‘arb falsafasida mifologiya va dinning ahamiyati 2.3. Qadimgi Markaziy Osiyoda mifologik va diniy dunyoqarash 2.4. Qadimgi Markaziy Osiyoda ta’lim, tarbiya va dunyoqarash Tayanch iboralar Qadimgi Sharq. qadimgi Sharqda olam, odam va dunyoqarash, qadimgi Hind falsafasida inson omili, qadimgi Xitoyda odam va olam, qadimgi Eron va Markaziy Osiyo xalqlarida odob-axloq va tarbiya, antik davr G‘arb falsafasida tafakkur va dunyoqarash, Tavrot, Zabur, Injil, Qur’oni Karim, Hadisi Sharif-diniy axloqiy manba sifatida, jamiyat, adolatli jamiyat, ta’lim va tarbiya jarayoni. 2.1. Qadimgi Sharqda mifologiya va din ma’naviy dunyoqarashning omili sifatida Insoniyat o‘z o‘tmishi, tarixini o‘rganishdan nafaqat o‘z ajdodlari o‘tmishi to‘g‘risida mukammal bilimga ega bo‘ladi balki, kishilik jamiyati-ning rivojlanish qonuniyatlari, taraqqqiyot bosqichi jarayonlarini, insoniyatning inqiroz, tannazul bosqichlarini sabablarini tushunib, o‘tmish saboq va tajribalaridan xulosa chiqaradi va kelajakda to‘g‘ri yo‘ldan borish lozimligini anglab yetadi. Insoniyat ibtidosida dunyoqarash-olamga va insonning olamdagi o‘rniga qarash asosiy mohiyat hisoblanadi. Qadimgi Sharq jamiyatida dunyo-qarash qo‘yidagicha shakllangan diniy, axloqiy, falsafiy estetik, ilmiy, siyosiy va huquqiy qarashlarda o‘z aksini topib, uning asosida chin ma’nodagi ilmiy bilimlar yuzaga kelgan. “...Tarix-bu davrning shohidi, haqiqatning shu’lasi, xotiraning umr-boqiyligi, o‘tmishning elchisi demakdir. Tarix u davr g‘alvirlaridan o‘tgan sari ѐlg‘on- 15 yashiqlarning yarmisidan forig‘ bo‘libgina qolmasdan, balki haqiqat mag‘ziga to‘yina boradi. Tarixni qayta yozib ham, uni tuzatib ham bo‘lmaydi”,-degan edi Sitseron. Odatda inson, shaxsning dunyoqarashi ijtimoiy munosabatlar bilan chambarchas bog‘laiq xolda shakllanib, rivojlanadi. Inson, shaxsda dunyoqarash, o‘zini va dunyoni zaruriy ravishda anglashi hamda baholashi asosida shakllanadi. Ushbu jihatdan dunyoqarash voqelikning inson ongidagi sub’ektiv in’ikosi sifatida namoyon bo‘ladi. Chunki, insoniyat tarixida dunyoqarashning uch asosiy shakli belgilangan. “...-Tarix millatlarning o‘tmishi, taraqqiѐti hamda tanazzulining sabablarini o‘rganaturg‘on ilmdir”-degan edi A.Fitrat. Qadimgi Sharq falsafasida asosiy e’tibor inson muammosiga qarati-lib, inson muammosi amaliyotdan iborat deb qarashdan, insonlarning hayotiy faoliyati, ijtimoiy turmush tarzi nuqtai-nazaridan o‘rganiladi. Inson, shaxsning o‘zligi, odob- axloqi, makon va zamon hodisasiga ko‘ra hukmdor-larga, turli yoshdagi odamlarga, shuningdek, jamiyatdagi ijtimoiy holati turlicha bo‘lganlarning amaliy faoliyati bilan bog‘liq muammolar asosida o‘rganiladi. Qadimgi Sharqda o‘ziga xos falsafiy kategoriyalar apparati mavjud bo‘lib, inson muammosi din bilan o‘zaro aloqadorlikda rivojlangan va falsafiy oqim, falsafa sifatida ham, din sifatida ham namoyon bo‘ladi Dastlab, falsafiy kategoriyalari haqidagi tushunchaga e’tibor qarata-digan bo‘lsak, falsafa tarixida kategoriyalarga yondashuvlarning xilma-xilligi mavjud. Qadimgi Sharq an’anasida ham, antik davr Gresiyada ham dialektika kategoriyalarining juftli xususiyati va ularning ziddiyatli munosabatlarini hal qilishga ehtiyoj anglanadi. Dialektika kategoriya-lariga xos bo‘lgan qarama- qarshiliklar birligini tushuntirishga urinishlar jarayonida fikrlash va borliqning qarama-qarshiliklarini birlashti-ruvchi yagona asosni topish yo‘lida izlanishlar olib borilgan. Mazkur yondashuv natijasida dialektika kategoriyalari umumiy va fundamental xususiyat kasb etib borgan. 15 Qadimgi Hindiston falsafasini o‘rganuvchilar vedalarning oxirgi xulosaviy qismlari -upanishada (sanskritda o‘qituvchi oyog‘i ostida o‘tirish)lar bilan juda qiziqishadi. Upanishadalarda vedalarning falsafiy talqini berilgan. Qadimgi Hindiston falsafasi uzoq tarixga ega bo‘lib, jumladan Veda davri (milloddan avvalgi XV-VI asrlar) to‘g‘ri keladi. Veda (sanskrit. “bilimlar”)lar- diniy-falsafiy yozma (traktat)lardan iborat bo‘lib, milod-dan avvalgi XV asr so‘ngida Hindistonga O‘rta Osiyo, Volga atrofi va Erondan ko‘chib kelgan ariy qabilalari tomonidan yaratilgan. Qadimgi hind va eroniylar birga yashab, hind-oriy umumiyligini tashkil etganlar. Ularning ajdodlari avvalo Markaziy Osiyo va unga qo‘shni o‘lkalarda yashaganlar degan fikr mavjud. Bu hududda yashaganlarning bir guruhi Hindistonga, boshqasi esa G‘arbiy Osiyoga borganlar. Bu jarayon milloddan avvali 2-ming yillikning o‘rtalarida ro‘y bergan. Ba’zi olimlar Oriylarni Hindistonga ikki 15 Назаров Қ ва бошқалар. Фалсафа асослари. -Т.: “Ўзбекистон”, 2005. –Б.-32. 16 yo‘l orqali, ya’ni Kavkaz va Markaziy Osiyo orqali o‘tishi mumkinligi haqida faraz yuritganlar. Bu jarayon bir necha yuz yillar mobaynida ro‘y bergan. O‘sha davrda mahalliy qabilalar bilan harbiy to‘qnashuvlar, oriy qabilalarning ichida ham o‘zaro nizolar bo‘lib turgan. Hind-oriylarning Hindistonda mahalliy aholi bilan assimilyatsiya jara-yoni va Oriylarning Sharqqa harakati tezroq kechgan. Oriylar mahalliy qabilalarning sotsial, madaniy va siyosiy tizimiga ma’lum darajada o‘z ta’sirini o‘tkazgan, o‘z navbatida hind diniy tushun-chalari ham hind- oriylarga o‘z ta’sirini ko‘rsatgan. Asta-sekin hind-oriy va mahalliy qabila yutuqlarini o‘zaro mujassamlashgan, hozirda ham Shimoliy hamda Sharqiy Hindistonning ko‘pchilik aholisi umume’tirofi sifatida yangi madaniyat vujudga kelgan. Sharq falsafasining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri dunyoviy, man-tiqqa asoslangan bilimlarni diniy mifologik qarashlarning uzviy tarzda o‘rganadi. Qadimgi sharq falsafasining o‘ziga xos belgilaridan yana biri unda yakka shaxs, individual fikrlarga nisbatan umumjamoa manfaatlarini aks ettiruvchi umumjamoa ruhining uctyvorlik ahamiyatga molikdir. Iste’-dodli shaxslar ham ana shu ruhning ajoyib targ‘ibotchisi sifatida tarix sahnasidan o‘rin olganlar. Qadimgi hind mutafakkiri ontologik (ontologiya grekcha,borliq haqidagi ta’limot) jihatini namoyon etuvchi falsafiy yondashuvlar Gita qonuniga asoslanadi. Olam tartibli va o‘zaro bog‘liqlikda harakat qilib, har bir hodisa (inson harakati, tabiat hodisasi) koinot hayotiga ta’sir etadi. Rivojlanish, evolyusiyaning maqsadi- material shakllarning doimiy almashi-nuvi orqali mukammal ruhga yetishishdir. Qadimgi hind gnoseologiyasi, bilish haqidagi ta’limotning asosiy xususiyati- predmet va hodisalar in’ikosining xususiyatlarini (bilishning yevropa shakliga xos) emas, balki ongda bo‘layotgan jarayonlarni predmet va hodisalar olami bilan birgalikda o‘rganadi. Shu sabali hind falsafasida ongning uch turi mavjud: “prakriti”- material ong, “purusha”- toza ong (birlamchi energiyadan olam va inson vujudga kelgan) va “mayya”- tushni anglash yoki sarob ekanligini isbotlashdir. 16 Qadimgi hind falsafasiga ko‘ra ongning xar bir turi aniq tarzda o‘rganilishi kerak-hind falsafasi ushbu jihati bilan yevropa falsafa-sidan farq qilib, faqatgina material ongni tan olgan. Faqatgina O.Kontgina ongning asl va asl emasligini borliq, mohiyat va xayolot asosida tahlil etgan. Umuman olganda qadimgi dunyo falsafasi keyingi davrlardagi falsafiy tafakkur, dunyoqarash va madaniyatining rivojlanishiga ulkan ta’sirini ko‘rsatgan. Eramizdan avvalgi VI-III asrlarda Xitoyda asosan oltita falsafiy ta’limot (maktab) shakllangan: konfutsiychilik, daosizm, moizm va legizm-lardir. Qadimgi Hindiston falsafasi kabi Xitoy falsafasida ham inson masalasi birlamchi mazmun va mohiyatini aks etiradi. Inson tabiat va koinot bilan o‘zaro uzviy deb tushunilsada, jamiyatning bir bo‘lagi sifatida inson borlig‘i markaziy o‘rinni egallaydi. Insonni, tabiat va koinotning bir bo‘lagi sifatida qabul qiladi, biroq, inson tabiat, o‘simlik va xayvonot dunyosi ustidan xukmronligini tan olmaydi. Shunigdek, 16 Канаева Н.А. Индийская философия древности и средневековья. Учебная пособия.-М.:-2008. 17 jamiyatdagi individualizm ya’ni bir shaxsning o‘zgalar ustidan xukumronlik yoki boshqaruv vakillarigaga qarshiligi tan olinmaydi. Konfutsiy ta’limotiga ko‘ra har bir ijtimoiy qatlamning axloq nor-malari mavjud bo‘lib, uni o‘zgartirishga bo‘lgan urinish mantiqka zid hisoblanadi. Masalan, ustoz(muallim) ta’lim beruvchi, ta’lim(o‘quvchi) oluvchining hayot zaxmati va mashaqatlariga ko‘nikrib borishi lozim, bu xatti-harakati bilan ustoz, nafaqat shogirdiga hayotda to‘g‘ri, halol va adolatlik yashashni balki jamiyatni ham yomon illatlardan asragan bo‘ladi. Tarbiyachi, boshqaruvchilar toifasiga kirgan shaxslar jamiyatda joriy etilgan axloq normalarini iktisodiy kam ta’minlangan ijtimoiy qatlam axloq qoidalariga qarab ishlab chiqish mumkin emas. Axloq mezonlari kishilarning jamiyatdagi mavqelariga, iqtisodiy ta’minlanganlik darajasiga qarab o‘zgarib, takomillashib boruvchi ijti-moiy jarayondir. Ammo, bu jarayonda insoni mavqeyi asosiy o‘rin tutishi e’tirof etilgan, jamoada alohida bir shaxsning ajratilmaslik nazarda tutiladi. Inson, jamiyat va davlatni butun bir birlik sifatida qabul qilish, jamiyatda vertikal munosabat (hokimiyatga buysunish) kabilar birlash-tiruvchi buyuk kuch sifatida tan olingan. O‘zaro munosabatlarda konformizm, tinchlik va harakatsizlikka moyil bo‘lmaslika alohida ahamiyat qaratilgan. Hayotni avvalombor ruhning tanadagi hayoti sifatida qabul qilish, narigi dunyodagi hayotni bu dunyoning roxat- farog‘atidan ustun qo‘yish, har bir insonning yerdagi hayotini imkon darajasida uzaytirishga qaratilgan. Tashqi kuchlarni real deb tan olishi, marxum, ajdodlar va ruhlarga (“shenlarga”) ehtirom ko‘rsatish, ota-ona va kattalarga xurmat ko‘rsatish insoniy burch hamda qoida hisoblangan. Qadimgi Xitoy falsafasida ruhiy psixofizik energiya-“si”ni toza holatda saqlash, ushbu jihatga nisbatan keraksiz tashvish, yomon va zararli fikrlardan xolos bo‘lish, uy jihozlarining to‘g‘ri joylashuvi, yomon “si”ga ega bo‘lganlar bilan muloqat qilmaslik, faqat toza “si”ga ega insonlar bilan aloqa qilish kiradi. Qadimgi Xitoy mifologik falsafasi olam, inson va tabiatning vujudga kelishini shunday tushuntiradi, insonni anglash, tabiat hodisa-sini talqin qilishda Xitoyning olamga mashhur falsafafiy maktablari -daosizm, konfutsizm va legizmning yaralishiga zamin yaratdi Daosizm- Xitoy falsafiy ta’limotida olamning tuzilishi va mavjudlik talqini qo‘yida-gicha inson, tabiat va koinot yurishi kerak bo‘lgan yo‘lni topishga harakat kiladi. Bu ta’limot asoschisi Lao Szi (keksa Ustoz)-milloddan avvalgi VI- V asrda yashagan. Undan-“Daoszin” va “Deszin” kabi falsafiy bitik (trak-tat)lar yozgan, bu ikki asarni birgalikda “Daodeszin” deb nomlanadi. “Dao”-ikki ma’noga ega, birinchisi, bu inson va tabiat o‘z rivojlanishida davom etishi kerak bo‘lgan yo‘l, olam, borliqni ta’minlab beruvchi umum-bashariy qonun. Ikkinchisi esa, bu butun olam yaralgan substansiya, energetik bo‘shlik bo‘lgan birinchi borliqdir. 17 Konfutsizm xal etadigan masalalar: jamiyatda inson o‘zini qanday tutishi va insonlarning qanday boshqarish kerakligi to‘g‘risidagi axloq normalarini ishlab 17 Андрейченко Г., Грачева В. Философия. Учебник.-М.:-2013. 18 chiqqan. Konfutsizmning jamiyatda insonlar o‘zini tutushining oltin qoyidasi: o‘zinga ravo ko‘rmagani o‘zga, birovga qilma. Xitoy jamiyatining birlashishida katta rol uynagan Konfutsiy ta’limoti 2500 yil o‘tsada bu ta’limot xozirda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yuk. Xulosaga ko‘ra Sharq ma’naviy sivilizatsiyasi shaxsning borlig‘iga, uning o‘zlikni anglash tuyg‘usiga va moddiy dunyodan uzoqlashish orqali o‘zini o‘zi kamol toptirishiga murojaat etish ruhi bilan sug‘orilgan bo‘lib, bu Sharq xalqlarining turmush tarzida va madaniy qadriyatlarni o‘zlash-tirish usullarida o‘z aksini topgan. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling