Yuqorida ta'kidlab o’tilgan psixik hodisalarning turli ko’rinishlarini
Download 23.38 Kb.
|
1 2
Bog'liqpsixologiya
Hozirgi davrda psixologiya fanida psixologik hodisalarni psixik jarayonlarga, holatlarga, shaxsning xususiyatlariga ajratish qabul qilinganligi muhim ahamiyatga ega. Bunday yondashuvning mavjudligi B.G.Ananev tomonidan strukturaviy konsepsiyaning bir tajribasi sifatida qaraladi. Bu voqelik "hodisalarni bir qator jabshalari bilan to’ldirishga intilish psixofiziologik xususiyat kasb etib, psixik jarayonlar uchun dastlabki materiallarni to’plash imkoniyatini (idrok, tafakkur, emosiya, iroda) beradi". Uning fikricha, dastlabki materiallar, bir tomondan, psixik funksiyalar (sensor, mnemik), xulqning, ikkinchi tomondan, elementar, motivlari (eshtiyoj, ustanovka) Hisoblanadi. Olimning mulohazasicha, bu qo’shimchalar "genetik ma'no kasb etib, fiziologiyadan miya mexanizmlarini umumpsixologik va neyrogumoral regulyatorlarini qamrab olish psixologiyaga o’tishga imkon beradi". Lekin ushbu strukturaviy yondashuvning maxsus psixologik deb qarashdan qat'i nazar, Hozirgi zamon sintetik insonshunosligi uchun umumiy ahamiyatli jishatni yuksaklikka ko’tarishga qodir emas. Yuqorida ta'kidlab o’tilgan psixik hodisalarning turli ko’rinishlarini fenomenlarga ajratishning qonuniyligi bo’yicha bashs yuritmasdan turib, jumladan jarayonlarga, holatlarga, xususiyatlarga bo’linishdan ko’z yumib, ushbu kategoriyalar, ularning turlicha talqini shaxs strukturasining tarkibiy qismlariga tenglashtirish mumkin emasligini qayd etish zarur. Chunki ular sof psixologik asnoda vaqt va fazo o’lchami bo’yicha aniqlikka ega emasdirlar. Shuning uchun B.G.Ananev tomonidan kiritilgan ilmiy qo’shimchalar umumpsixologik vaziyatni keskin o’zgartirish imkoniyatiga ega bo’lmasa-da, uning ayrim tomonlarni to’ldirishga ega. Fenomen (yun. phainomenon — sodir boʻluvchi) — 1) gʻayrioddiy, kamdankam boʻladigan hodisa, fakt; 2) histuygʻu tajribasi bilan payqaladigan hodisani anglatuvchi falsafiy tushuncha (bu maʼnoda oʻz mohiyati jihatdan intellektual mushohada predmeta sifatida namoyon boʻluvchi noumenning qaramaqarshisi). "F." atamasini Aristotel "koʻrinuvchi", "tuyuluvchi" maʼnosida ishlatgan. Leybnits esa bu soʻzni tajribadan maʼlum boʻlgan dalillarga nisbatan qoʻllagan. I. Kant F. tushunchasi yordamida mohiyatni hodisadan keskin ajratishga uringan va hodisani bilish mumkin, mohiyatni esa bilish mumkin emas deb hisoblagan (yana qarang Mohiyat va hodisa). Psixologiya fanining ilmiy asosga qurilishida ingliz olimi Gobbs (1588-1679) ruhni mutlaqo rad etib, mexanik harakatni yagona voqelik deb tan olib, uning qonuniyatlari psixologiyaning ham qonuniyatlari ekanligini ta'kidladi. Uning negizida epifenomenalizm (yunoncha “epi” - o’ta, “phainomenon” g’ayritabiiy hodisa) vujudga keldi, ya'ni psixologiya tanadagi jarayonlarning soyasi singari ro’y beradigan ruhiy hodisalar to’g’risidagi ta'limotga aylandi. Download 23.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling