Ma’ruza mashg`ulotlari 1- mavzu: “Kasbiy ma’naviyat” fanining maqsadi, vazifasi va jamiyat hayotidagi ahamiyati Reja


 Kasbiy ma’naviyatning fanlar bilan aloqadorligi


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/71
Sana19.12.2022
Hajmi1.67 Mb.
#1033657
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71
Bog'liq
КАСБ МАЪНАВИЯТИ УМК

 
1.4. Kasbiy ma’naviyatning fanlar bilan aloqadorligi 
Kasbiy ma’naviyat fani insonda jahon tajribalarida sinalgan tizim bo‘lgan 
bozor munosabatlarini shakllantirish, milliy meros, an’analar, milliy va 
13
2021 йил 19 январь куни Шавкат Мирзиёев раислигида маънавий-маърифий ишлар тизимини тубдан 
такомиллаштиришга бағишланган видеоселектор йиғилишидан 


11 
umuminsoniy 
qadriyatlarning 
boy 
manbalari 
bo‘lgan ma’naviy-ma’rifiy 
tushunchalar haqida bilim, malaka hosil qilishda boshqa fanlar qatori o‘z o‘rni va 
aloqadorligi bor.
Kasbiy ma’naviyat fani birinchi navbatda falsafa bilan mushtarak rivojlanib 
kelgan. Chunki falsafadan ajralib chiqqan pedagogika insoniy jamiyat va tabiat 
rivojlanishining umumiy qonunlaridan ilmiy manba sifatida foydalanadi. Kasbiy 
ma’naviyat faniga oid murakkab va ko‘p maqsadli jarayonlarni taxlil qilishda turli 
fan sohalarining o‘zaro uzviy tarzda yondashuvining eng umumiy tamoyillarini 
namoyon qilib, qiyosiy taxlil va tasniflashga asoslanadi. Ta’lim va tarbiyaga 
asoslangan Kasbiy ma’naviyat fanini falsafiy anglash va asoslash bilan bog‘liq 
material-istik, pozitivistik, ob’ektiv, idealistik va boshqa ko‘plab qarashlar mavjud.
Falsafa-pedagog shaxsining rivojlanish jarayonining dialektik xusu-siyati, 
muayyan pedagogik g‘oya, qarash hamda ta’limotlarning falsafiy jihat-lari kabi 
masalalarni tahlil etishga imkon beradi. Shunigdek, inson ongi, sog‘lom aqlga mos 
dunyoqarashni shakllantirib, biror-bir g‘oya, maqsad yoki fikrni zo‘rlab singdirish 
yoki quruq yod oldirish orqali emas, balki ishonch hosil qilish, turli fikrlarni o‘rtaga 
tashlash, muhokama qilish, zarur tushuncha va tamoyillarni aniqlash jarayonini 
shakllantiradi. 
Etika- pedagog shaxsning ma’naviyatini shakllantirish, unda eng oliy insoniy 
sifatlar, axloqiy ong va ma’naviy-axloqiy madaniyatni tarbiya-lashda muhim o‘rin 
tutuvchi nazariy g‘oyalarni pedagogik jaraѐnga tatbiq etishda alohida o‘rin tutadi. 
Kasbiy ma’naviyat fani ta’lim va tarbiyaga qaratilgan aniq masala-larni ishlab 
chiqish va hal etishda falsafa fanining etika (axloq-odob) va estetika kabi tarmoqlari 
ulkan ahamiyat kasb etadi. 
Estetika-pedagog shaxs tomonidan go‘zallikning idrok etilishi, uni yaratishga 
intilishi, shuningdek, estetik didni tarbiyalashda muhim yo‘nalish-larni aniqlashga 
xizmat qiladi. Shuningdek, estetik ong va uning tuzilishi, estetik ongning tarkibiy 
qismlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik masalalariga alohida e’tibor qaratadi. Inson, 
shaxsda estetik ong va estetik faoliyat tushunchalari o‘zaro bog‘liq bo‘lib, estetik 
faoliyat esa estetik ong asosida vujudga kelib, o‘zida kasb talablarini aks etiradi. 
Iqtisod-pedagog shaxs jamiyatni moddiy va ma’naviy jixatdan rivoj-lanishi, 
ta’minoti, yuksalishi, ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etish va ularning moddiy-
texnika va zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash kabi masalalarning iqtisodiy 
omillarga bog‘liqligini anglashga xizmat qiladi. 
Sotsiologiya-pedagog shaxs, ijtimoiy munosabatlar jarayonidagi ishti-roki
ularni tashkil etish shartlari xususida ma’lumotlarga ega bo‘lishdan ta’lim-tarbiya 
jarayoni ishtirokchilarining o‘zaro munosabatlarini samarali tashkil etish uchun 
imkoniyat yaratadi. 
Madaniyatshunoslik-pedagog shaxs, o‘quvchilarda insoniyat tomonidan 
yaratilgan moddiy va ma’naviy madaniyat asoslari haqidagi tasavvurni shakl-
lantirish, ularda madaniy axloq va xulq-atvor xislatlarini tarkib topti-rish uchun 
xizmat qiladi. 


12 
Tarix-pedagog shaxsda, inson evolyusiyasi, taraqqiyoti, ta’lim-tarbiya 
jarayonlarining dinamik, dialektik xususiyatlarini inobatga olish, shuning-dek, 
tarixiy tajribani ѐsh avlodga o‘rgatish uchun manba bo‘lib xizmat qiladi. 
Psixologiya-pedagog shaxsda ma’naviy-axloqiy, ruhiy-intellektual, hissiy 
irodaviy sifatlarni tarkib toptirish uchun zamin yaratadi. 
Pedagogika- pedagog shaxsda ijtimoiy tarbiya mohiyatini ilmiy jihatdan 
asoslash ma’lum pedagogik hodisaning muayyan vaziyatlarda namoѐn bo‘lish 
qonuniyatlarini bilishni taqozo etadi. Bizga ma’lumki, pedagogik hodisa murakkab 
tuzilmaga ega bo‘lib, uning umumiy mohiyatini to‘laqonli anglash imkoniyatini 
beradi.
Tibbiy fanlar-shaxsning fiziologik-anatomik jihatidan to‘g‘ri rivojlanishini 
ta’minlash, uning organizmida namoyon bo‘layotgan ayrim nuqsonlarni bartaraf 
etishga amaliy yondashuv, shuningdek, nuqsonli bolalarni o‘qitish hamda 
tarbiyalash muammolarini o‘rganishga ko‘maklashadi. 
Bu fanlarning har birida insonning tabiat va ijtimoiy guruh (sos-ium) olamida 
jismoniy, ma’naviy va ruxiy hayot faoliyatining shakllanishi va rivojlanishini 
nazariy tushuntirish usullari va o‘ziga xos tahliliy uslublari ishlab chiqilgan. 
Jamiyatda shaxs va jamoa munosabatlarida ta’lim va tabiya jarayonining mohiyatini 
tushunish hamda bilishning dialek-tik nazariyasini ishlab chiqish bilan bog‘liq 
bo‘lgan geneseologik masala va boshqa muammolar kiradi. 
Inson va jamiyatni ulug‘lovchi ta’lim va tarbiyaning fanlarning qaysi sohasi 
bilan aloqadorlikda tadqiq etilsa o‘sha fanning qonun-qoidalariga suyanadi. 
Tarbiyalilik, ziyolilikning asosiy belgisi bo‘lib, uning umumiy mada-niy saviyasi 
ko‘pincha nutq madaniyatida aks etadi. Madaniy nutq avvalo “to‘g‘ri nutq” 
demakdir. Madaniyatli inson, shaxs obrazli, ifodali va chiroyli nutq orqali o‘z fikrini 
bayon qiladi.
Antik davr Gresiyada fanlarning barchasini, ular qanday ilmiy masalalar bilan 
shug‘ullanishidan qat’i nazar, falsafa deb ataganlar. U ham ijtimoiy borliq, ham 
tabiat to‘g‘risidagi ilm hisoblanar edi. Shu ma’noda, dastlabki falsafa fani olam va 
unda insonning tutgan o‘rni haqidagi qarashlar tizimi bo‘lib, dunyoni ilmiy bilish 
zaruratidan vujudga kelgan edi. 
XVIII asrda ilmiy bilim jamiyat ongini butunlay yangi sifat daraja-sigi 
ko‘tardi. Fan insonning ma’naviy hayotiga, chuqur kirib borib uning madaniyatiga 
mazmun bag‘ishladi. Kishilarning -tabaqaviy, milliy-irqiy yoki boshqa farqlaridan 
qat’iy nazar barcha uchun bir xil mohiyat kasb etdi. Ispan faylasufi X. Ortegi-i 
Gassetning yozishicha: “Biz haqiqatdan ham XIX -asrda ro‘y bergan inson 
taqdiridagi radikal o‘zgarishlar oldida turibmiz. Zamonaviy inson uchun ham 
jismonan, ham ijtimoiy jihatdan mutlaqo yangi manzara, yangi faoliyat yaratildi. Bu 
yangi dunyoning qiyofasini uchta muhim jihat belgilaydi. Bu demokratiya, 
ekspremental fan va industrializatsiya. Ikkinchi va uchinchi jihatlarni “texnika” 
nomi bilan umumlashtirish mumkin”.
14
14
Ортега-и- Гасит Х. Восстания масс.- Вопросы Философии, №3, 1989, 127-128 б. 


13 
Jamiyatning hozirgi iqtisodiy rivojlanish bosqichida ta’limning ijtimoiy 
hayotdagi o‘rni tubdan o‘zgartirib, iqtisodiy taraqqiyotning asosiy omiliga aylanadi. 
Ta’limning yuksalgan ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati inson kapitalini shakllanish asosi 
sifatida maydonga chiqadi. Hozirgi davr iqtisodiyotida boshqa ishlab chiqarish 
resurslari emas, balki aynan inson kapitali, ijtimoiy ishlab chiqarishning 
raqobatbardoshligi va samarador-ligini asosi sifatida tan olindi. Bilim va tafakkurni 
ijtimoiy kapitalga aylanishi, bilimlarni o‘zlashtirishdan ko‘riladigan nafning o‘sishi 
bilan izohlanadi. Axborotlashgan jamiyatida qaror topgan iqtisodiy rivojlanish-ning 
yangi tipi xodimlar uchun o‘z umri mobaynida kasbkorini bir necha marta 
o‘zgartirish, o‘z malakasini muttasil tarzda oshirish zaruratini uyg‘otadi. Mazkur, 
axborotlashgan jamiyatda ta’lim sohasi jamiyat hayotining iqtisodiy sohasi bilan 
sezilarli darajada kesishib, ta’lim faoliyati esa uning iqtisodiy rivojlanishini 
belgilovchi muhim omilga aylanadi. 
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, inson kamoloti uning yashash davridagi 
faoliyatiga bog‘langan holda rivojlanadi. Bola juda yoshligidan boshlab kattalar 
yordamida tashqi muhit bilan turlicha aloqada bo‘ladi va sekin-astalik bilan bu 
faoliyat ularning shaxsiy xususiyatlariga ta’sir etib, shaxs sifatida shakllanib boradi. 
Bu borada oila bilan bir qatorda ta’lim muassasalari ham yurtimiz kelajagi, vatan 
taqdiri va kelajagiga daxldorlik hissini anglashi lozim bo‘ladi Chunki, ta’lim va 
tarbiya jarayoni yutuq va marralarimizning hayot baxsh manbai sifatida shu 
muqaddas zaminda yashayotgan barcha vatandoshlarimiz qalbidan mustahkam o‘rin 
egallaydi. 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling