Ma’ruza mashg`ulotlari 1- mavzu: “Kasbiy ma’naviyat” fanining maqsadi, vazifasi va jamiyat hayotidagi ahamiyati Reja
Uyg‘onish va yangi davr Markaziy Osiyoda ilm-fan va ta’lim
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
КАСБ МАЪНАВИЯТИ УМК
3.4. Uyg‘onish va yangi davr Markaziy Osiyoda ilm-fan va ta’lim Markaziy Osiyo xalqlari madaniy rivojida muhim ahamiyat kasb etgan, Sharq uyg‘onish davri ilm-fanini shartli tarzda uch yo‘nalishga bo‘lish mumkin. Birinchisi matematika va tibbiѐt soxasidagi fanlar: matematika, astronomiya, kimyo, geografiya, geodeziya, minerologiya, tibbiyot va farmako-logiya kabi turdosh fanlar kiritilgan. Matematik bilimlar bilan Muxam-mad Muso al-Xorazmiy va Axmad Farg‘oniy, kimyo va tibbiyot soxasida Zakriyo ar-Roziy, tibbiyot va falsafa ilmida Ibn Sino va Jurjoniy hamda Abu Ray-xon Beruniy, Ulug‘bek Ali Qushchilar astronomiya va tibbiyot soxasida izla-nishlar olib bordi. Ikkinchisi-ijtimoiy-falsafiy yo‘nalish bo‘lib: falsafa, mantiq, fiqx, psixologiya va notiqlik kabi bilimlar rivojida Al-Farobiy, Al-Kindiy, Ibn Rusht, Ibn Sino, Zaxiriddin Bayhakiy, Muxammad Narshahiy va boshqalarni ko‘rsatish mumkin. Biroq, yuqorida nomlari zikr etgan olimlar qomusiy alomalar bo‘lib, o‘zlari kashf etgan ilmlar qatorida boshqa fan sohalariga doir tadqiqotlar ham olib borganlar. Uchinchisi esa- axloqiy-ta’limiy- yo‘nalish bo‘lib, bu soxada qomusiy olimlar o‘z qarashlarini ijtimoiy - falsafiy asarlarida bayon etgan. Amir Temurning ilm-fan rivojiga g‘amxo‘rligi tufayli Samarqand dunyoning ilmiy-ma’rifiy markazlaridan biriga aylandi. Sohibqironning sa’y-harakatlari bilan Sayyid Sharif Jurjoniy, Mas’ud Taftazoniy, Jamshid Koshiy, Ali Qushchi, Qozizoda Rumiy, tabib Xusomiddin Kermoniy, astranom Mavlono Ahmad, shuningdek, Ulug‘bek davrida mahalliy va boshqa mamlakat-lik 200 dan ortiq olimlar ilmiy - ijodiy faoliyat ko‘rsatgan. Temuriylar zamonida tabiiy va gumanitar fanlar sohasida buyuk olimlar yetishib chiqdi va ular jahon fani rivojiga munosib hissa qo‘shdilar. Astranomiya fanida Mirzo Ulug‘bek, Qozizoda Rumiy, G‘iyosiddin Jamshid va Ali Qushchilar kashfiyotlar qildi. Tarix ilmida Hofizi Abro‘, Sharafiddin Ali Yazdiy, Abdurazzoq Samarqandiy, Mirxond, Xondamir, Zayniddin Vosifiy va boshqalar qimmatli asarlar yaratdilar. Badiiy ijod va tilshunoslikda Davlatshoh Samarqandiy, Jomiy, Alisher 43 Иброҳимов А., Султонов Х. Ватан туйғуси. Т.: Ўзбекистон, 1996. 75-бет. 41 Navoiy, Atoullo Husayniy, Husayn Voiz Koshifiy singari ijodkorlar yuksak san’at asarlari bilan mashhur bo‘ldilar. 44 Ilm-fan va ma’rifat ulashishda nafaqat Temuriy xukumdorlar balki ularning ayollari ham ishtirok etishgan. Amir Temur bola tarbiyalagani uchun saroy xonimlariga nafaqa tayinlagan, bu onalik mehnatini munosib qadrlash edi. Temuriy malikalar esa bu kabi mablag‘larni xayru sahovat, ya’ni xotin qizlarga maktab va kasalxonalar ochish hamda ularni faoliyat yuritishi uchun homiylik qilganlar. Demak, usha davrda o‘g‘il bolalar qatori, qizlar-ning ham savod chiqarishiga imkoniyat bo‘lgan. Mirzo Ulug‘bek Samarqand, Buxoro va G‘ijduvonda madrasalar bunyod ettir ib, madrasa peshtoqiga “Bilim olmoqqa intilish-har bir muslim va muslima uchun farzdir” degan hadis bitilgan. Bu davrda tabobat ilmi ham rivojlangan Burhoniddin Nafis ibn Evaz ibn Hakim al-Kirmoniy, Sulton Ali Xurosoniy va Husayn Jarroh shular jumlasidandir. Temuriylar davri o‘zbek adabiyoti o‘ziga xos alohida bosqichni tashkil etib, g‘azallardagi insonparvarlik, xalqchillik, adolatparvarlik va ma’ri-fatparvarlik kabi g‘oyalar xanuzgacha o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Chindan ham turkiy she’riyatda: Qutb Xorazmiy, Sayfi Saroyi, Haydar Xorazmiy, Durbek, Hofiz Xorazmiy, Atoiy, Sakkokiy, Lutfiy, Muhammad Solih va Kamoliddin Binoiylar ijod qildi. Ayniqsa, Alisher Navoiy va Bobur ijodi o‘zbek adabiyotini kamoloti hisoblanadi. “Kishilik tarixida ilm-fan va ma’rifatga homiylik qilgan ko‘plab ulug‘zotlar bor biroq, davlatchilik va ilm-fani barobar yuritgan Mirzo Ulug‘-bek bunyod etirgan rasadxona, uning jihozi va ilmiy yutuqlari jihati-dan dunyoda tengi yo‘q edi. Mirzo Ulug‘bek, astranomiya, matematika va geome-triya fanida chuqur bilimga ega bo‘lib, yana tarix hamda musiqa soxasida ijod qilgan. Astranomiyaga oid “Ziji jadidi Ko‘ragoniy”,”Risolai Ulug‘bek”, matematikaga doir “Bir daraja sinusni aniqlash haqida risola”, “Tarixi arba’a ulus” (“To‘rt ulus tarixi”) va “Musiqa ilmi haqida risola” kabi asarlar yozdi”. 45 Bu davrda musiqa san’ati taraqqiyotida ham yangi bosqichga erishib, Shoshmaqom sayqal topdi, cholg‘u asboblari va musiqa nazariyasiga doir asar-lar yaratildi. Mahoratli bastakor, sozanda va hofizlar yetishib chiqdi, Mirzo Ulug‘bek, Jomiy, Navoiy va Binoiylar musiqa ilmiga oid asarlar yozdi. Dunyo e’tirof etgandek, Temuriylar davrida nafaqat ilm-fan, ma’na-viyat va ma’rifat balki, madaniyat, san’at va savdo-sotiq ham rivojlandi. “Sohibqiron tuzgan saltanat sarhadlari janubda Arabiston yarimorolidan shimolda to Moskva knyazligiga qadar, sharqda esa Xitoy hududlaridan g‘arbda O‘rta yer dengizi va Misr davlatlari yerlarigacha cho‘zilib ketgan edi. Temuriy-lar davrida Markaziy Osiyoda ma’naviyat, ma’rifat, ilm-fan madaniyat klassik darajasi bilan dunyoga mashhur bo‘ldi. Biroq, har qanday taraqqiyot (sivilizatsiya) rivojlanish ham turli ob’ektiv va sub’ektiv sabablar tufayli tanazzulga uchraydi. Temuriy shahzodalar o‘rtasida toju- taxt uchun bo‘lgan “kurash”dan u barpo etgan imperiya parchalandi”. 46 44 Турсунова Г. Н. “Основные этапы деятельности Амир Темура: 1360-1405 гг.” Автореферат. К.и.н. 45 Мирханова, М. А. Великий учёный и государственный деятель Мирзо Улугбек // Молодой ученый.-2016.- № 8 (112).- С. 821-823. 46 Ҳаким С. Амир Темур ўгитлари.-Т.: 1992. 42 XVI-XVIII asrlar Markaziy Osiyoda Shayboniylar va Ashtarxoniylar davrida mamlakat feodalizmning murakkab jarayonlarini boshdan kechirdi. Temuriylar saltanatida ilmiy faoliyat bilan mashg‘ul bo‘lgan olimlar, o‘zga yurtlarga jo‘nab ketdi. Madrasalar faoliyatini davom etirdi lekin, dunyoviy ilm-fan o‘rnini ko‘proq diniy ilmlar egalladi. Jumladan, Qo‘qon xoni Umarxon davrida adabiyot, ilm-fan va ma’rifat rivojlanib, qo‘qon adabiy muhitida nafaqat shoirlar balki, Mohlaroyim, Uvaysiy va Mahzuna kabi qobiliyatli shoiralar ijodi bilan boyidi. Markaziy Osiyo ilm-fan va ma’rifat “o‘chog‘i” maqomiga ega bo‘lib: boshlang‘ich maktablarda xat-savod chiqarishdan tashqari diniy matnlar yodla-nar edi. Oliy-madrasada ham asosan ilohiyotga oid bilimlar o‘qitilar, arab tili sarfu nahvi (grammatikasi), notiq(ritorika)lik san’ati bilan dunyo-viy fan aljabr va handasa asoslari o‘rgatilgan. Toliblarni dunyoqarash va tafakkurini boyitish uchun Xofiz, Bedil va Navoiy asarlari o‘qitilgan. Insoniyat evolyusiyasi tufayli ilm-fan, ma’naviyat va ma’rifat soxa-sida barcha erishganlari an’anaviy madaniyatga xosdir. Biroq, an’anaviylik jamiyatda yuzaga kelayotgan tub islohot, madaniy hodisa, jarayonlarning o‘zgarishiga yo‘l qo‘ymaydi yoki imkon bermaydi, degani emas. Inson ongi makon va zamon hodisasiga ko‘ra ma’lum bir darajada jamiyatga yangila-nishlarni olib kirish tufayli, madaniy jarayonning ma’lum tarixiy davrdagi o‘ziga xosligini belgilaydi. Buyuk Fransuz ma’rifatchilik harakati jamiyatning ma’naviy-ma’ri-fiy sohalarida o‘rnatilgan ijtimoiy, madaniy va ma’rifiy zulmkorlik siyosatiga qarama- qarshi o‘laroq shakllangan ijtimoiy, madaniy-ma’rifiy -demokratik harakat sifatida namyon bo‘lgan. Dastab, ma’rifatchilik harakatiga De Sent-Evremon, A.Bulenvile, Beyl va Mele kabi taniqli ma’naviyat arboblari asos solgan bo‘lsa, Volter, Monteske, Kondilyak, Lametri, Golbax, Didro, Gelvesiy, Russo va Byuf-fon kabi zabardast tafakkur egalari keng ko‘lamda davom ettirishdan Yevropo bo‘ylab keng ommalashuviga muvaffaq bo‘ldi. Uyg‘onish davri gumanistlari harakati tufayli XVIII asr Yevropada ilmiy bilim jamiyat ongini butunlay yangi sifat darajasiga ko‘tarib, “industrial madaniyat”ga mazmun bag‘ishladi. Ilm-fan va ma’rifat insoniyat ma’naviy hayotiga chuqur kirib borib, jamiyatda tub islohotlarni amalga oshirdi. “Industrial madaniyat” tufayli agrar va sanoat ishlab chiqarishga texnikani tadbiq etishdan, og‘ir qo‘l mehnati kamayib, mahsulot tantarhi arzon, ammo yuqori sifat va samaradorlikka erishdi. Avvallari ishlab chiqa-rishda hisob-kitob faqat kirim-chiqim uchun yuritilgan bo‘lsa, bu amaliyotga iqtisodiy, ijtimoiy va huquqiy bilim asosda yondashuv yuzaga keldi. Agar ilgarilari agrar soxa yetakchilik qilgan bo‘lsa, Yevropada sanoat industriyasi jamiyat ishlab chikaruvchi kuchlari taraqqiyoti darajasiga keskin ta’sir ko‘rsatib, ishlab chiqarish, sanoat yetakchi tarmog‘ga aylandi. Bu esa jamiyat a’zolarini ongi,bilim va tafakkurini tubdan o‘zgartirdi. Chunki, inson omili madaniyatning jamiyatdagi o‘rni va taraqqiyotini belgilovchi vositadir. 43 Taraqqiyotdan ruhlangan Yevropa dunyosida ilm-fanga ham yangicha yonda- shildi, antik davr Grek va Rim an’anasiga ko‘ra barcha fanlar falsafa nomi bilan yuritillar edi. Falsafa, tarix va adabiyot kabi fanlar gumanitar, matematika, fizika va astranomiya esa aniq fanlar va ximiya, biologiya va geografiya kabi fanlar tabiiy fanlar sifatida tarmoqlashdi. Ilm-fan bilish, yaratish, ixtiro qilish va loyihalash kabi jarayonlarni o‘zida mujas-sam etib, inson bilimi hamda aql-zakovati tufayli hal bo‘luvchi muammo-larga e’tiborni jalb etdi. Ilm-fan va madaniyatdagi yangi yo‘nalish huquq, iqtisod va texnikaga oid fanlarga asos solinib, rivojiga zamin hozirlandi. Ayni paytda Yevropada sanoat industriyasining rivoji yirik kapitalistik mamlakatlar, feodal sharoit, “qoloq” jamiyatlarni o‘z mustamlakasiga aylan-tirdi. Dastlab, XVI asrda ispan va portugallar okean orti xududlarini bosib oldi, XVII- XVIII asrda esa tashabbus golland, ingliz va fransuzlar Sharqda o‘z mustamlakachilik siyosatini amalga oshirdi. Ismoil Gasprinskiy Angliya, Ispaniya, Germaniya va Portugaliyani sayohat qiladi, so‘ng fransuzchani chuqurlashtirish uchun Parijda yashaydi. U, Yevropa safari chog‘ida Vena, Myunxen va Shtutgart shaxari maktab ta’limini o‘rgangan va safar ta’surotlarini “Farangiston maktublari” va “Evropa madaniyatiga bir nazari muvozana” kabi asarlarida yoritgan. Yurtiga qaytgach fransuz ta’lim tizimini tadbiqi asosida zamonaviy maktabni isoh qiladi. Jadid maktabi uchun darsliklar yaratish bilan birga Turkiy xalqlarga ma’ri-fatparvarlik harakatini hamda maktabdorlik bo‘yicha o‘z tajribasini davriy nashrlarda targ‘ib etgan. Ahmad Donish, M.Behbudiy, Munavvar qori, A.Fitrat va A.Avloniy kabi ma’rifatparvar ham uning izidan borib, Chor Rossiyasi qaramligidagi Turkistonda jadid maktablarini ochib, ilohiy va dunyoviy ilmdan saboq berishadi. “Biz-o‘zbeklar qachongacha g‘aflat uyqusida yotamiz, qachon qoloq-likdan qutulamiz”-deya hitob qilgan A. Donish. Bu qoloqlikdan qutulish yo‘lini u ma’rifatda ko‘radi, xalqni ma’rifatli bo‘lishga chorlaydi. Ma’rifatchilar xalqni milliy uyg‘onishga da’vat etib, “Najot-ilmu irfonda” deb bilganlar, xalqni ma’naviyat yo‘liga boshlashga harakat qilgan-lar. Ammo chor istilochilari va sobiq ittifoq davri bunga imkon bermadi. Xulosa. Insoniyat tarixida bu kabi svilizatsiya, yuksalish bilan bir qatorda tanazzullar ko‘plab ro‘y bergan, qadimgi Misr, Bobil, Turon vahokazolar bunga misol bo‘ladi. Ayonki, “tarixiy evrilishlar” deganda, mamlakat, millat va xalq taqdirida sarbaland evrilishlar yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan muhim voqea va sanalar ko‘z oldimizga keladi. Biroq, insoniyat evolyusiyasida bunday nurli sahifalar ummon suvlari kabi serob, yoki bepayon kengliklarni yashnatgan bahor chechaklaridek besanog‘u behisob emas. Chunki quyosh nuridan jilolangan har bir zarra oltin bo‘lmaganidek, insoniyat hayotida “muhim” sanalgan voqea, xodisalar ham birdek “tarixiy”likka davogar bo‘lavermaydi. Afsuski, ko‘p yillar davomida shu oddiy haqiqat unutildi. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling