Ma’ruza mashg`ulotlari 1- mavzu: “Kasbiy ma’naviyat” fanining maqsadi, vazifasi va jamiyat hayotidagi ahamiyati Reja


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/71
Sana19.12.2022
Hajmi1.67 Mb.
#1033657
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   71
Bog'liq
КАСБ МАЪНАВИЯТИ УМК

 
 
3-Mavzu: Uyg‘onish davri Sharq va G‘arb xalqlari ma’naviy dunyosi 
Reja: 
3.1. Sharq xalqlari ta’lim va tarbiya jarayonida folklorning o‘rni 
3.2. Uyg‘onish davri Sharq xalqlarida ilm-fan, falsafa va ta’lim 
3.3. Uyg‘onish davri G‘arb xalqlarida ilm-fan, falsafa va ta’lim 
3.4. Uyg‘onish va yangi davr Markaziy Osiyoda ilm-fan va ta’lim 
 
Tayanch iboralar 
Xalq og‘zaki ijodi va afsonalarda milliy qadriyat, ma’naviy dunyoqa-rashning 
aks etishi. Markaziy Osiyo xalqlarining islomgacha va O‘rta asrlarda din, ilm-fan va 
falsafa. Falsafa, kalom, mantiq va axloq falsafasining o‘zaro munosabati. Uyg‘onish 
davri falsafasining ijtimoiy va gnoseologik ildizlari: panteizmi va kosmogoniya. 
Fransuz ma’rifatchiligi, tabiatshu-noslik, falsafa va sotsiologik ta’limotlarning 
rivojlanishi.
3.1. Sharq xalqlari ta’lim va tarbiya jarayonida folklorning o‘rni 
Inson kamoloti ko‘p qirralik bo‘lib, uning aql-idrokining yetukligi ma’naviy 
kamolot darajasi bilan belgilanadi. Yetuk ma’naviyatga ega bo‘lgan inson, 
shaxsgina jamiyat muammolarini aql-zakovati bilan yechishga harakat qiladi. 
Chunki, inson, shaxs zamon va makon hodisasiga ko‘ra jamiyat, o‘z atrofidagi 
odamlar ta’sirida kamolotga erishadi. Zotan, inson jamiyatda yashar ekan, undan 
chetda turolmaydi. Biroq, insonlarga xos bo‘lgan odob-axloq, ma’naviyat, qadriyat


30 
va madaniyat kabi me’yorlar jamiyat taraqqiyoti va hayotiy ehtiyojlar ta’sirida 
o‘zgaradi. Ta’lim-tarbiya, ijtimoiy munosabatlarning shakllanish va rivojlanish 
jarayonlari inson, shaxslarning xatti-harakatlarini, ular o‘rtasidagi munosabatlarni 
ma’naviyat bilan bog‘lan-magan tabiiy ehtiyoj va imkoniyatlar chegarasidan tobora 
uzoqlashtiradi. 
Mohiyatga ko‘ra odob-axloq-ma’naviyatning amalda namoyon bo‘lishi.
Sharq xalqlarida ilm-fan, bilim, dunyoqarash, idrok va iymon inson, shaxsning his-
tuyg‘usi kabi xulq-atvorida o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘ladi. Inson, shaxs 
ma’naviyati esa axloqiy fazilatlarda aks etadi. Inson, shaxs-ning ma’naviyati-his 
etiluvchi, anglangan va oqillikka asoslangan botiniy qudrat bo‘lib, odob va axloq 
bevosita har bir inson, shaxsning o‘zgalar bilan muloqot, munosabatlarida 
anglanadi. “Xalq baxshilarining epik reper-tuari” asarida xalq og‘zaki ijodi 
kuychilarini xalq orasida turli nomlar bilan atalishini va baxshilar bilan birga 
o‘tmishda epik asarlarni xalqqa yetkazishda xalq dostonlarining qayta ishlangan 
nusxalarini, klassik adabiyot namunalaridan “folklorlashtirilgan” variantlarni turli 
yig‘in-larda, xalq to‘plangan joylarda, maxsus uyushtirilgan qissaxonlik kecha-
larida yoddan yoki yozma matn asosida o‘zlariga xos ohangda o‘qiydigan qissa-
xonlar ham ma’lum rol o‘ynaganliklarini haqida ma’lumot”lar berilgan.
29
Insoniyat, shaxs hayotida yozma manbalar bilan bir qatorda o‘zining dast-
labki yaratilish davridanoq xalq og‘zaki ijodi xalqning yozilmagan tarixiga aylandi. 
“Og‘zaki ijod”, “xalq og‘zaki ijodi”, “og‘zaki adabiyot” va “el adabiyoti” kabi turli 
nomlar bilan atalib, badiiy adabiyotning ilk namunasi sifatida paydo bo‘lgan. Lekin, 
ikkinchi jihatdan millat, xalqning turmush tarzining ifodasi bo‘lib, hayot darsligi 
sifatida yosh avlodni tarbiyalashdek muhim vazifani bajarib keldi. Keyinchalik, 
yozuv madaniyati paydo bo‘lgach, o‘zida so‘z san’ati asarlarini yaratish iqtidorini 
his qilgan, xalq orasidan chiqqan inson, shaxslar bevosita xalq og‘zaki ijodi, 
adabiyotiga suyangan holda individual- yakka shaxs ijodiga mansub tarzda asarlarni 
yaratdilar.
“Badiiy adabiyotning bu yo‘nalishi shakllanib rivojlangach, yozma adabiyot 
tushunchasi paydo bo‘ldi. Yaratilish usuliga ko‘ra bir-biridan farq qiluvchi og‘zaki 
va yozma adabiyot bir-birini inkor qilmay, balki o‘zaro ijodiy hamkorlikda 
rivojlandi. Ammo shu bilan birga har ikki adabiyot turi o‘ziga xos ahamiyat va 
xususiyatlarini ham yo‘qotmadi. Ushbu jihatdan xalq og‘zaki ijodi jahon 
folklorshunosligida fan sifatida tan olinib, o‘zining beshta muxim xususiyatga ega 
bo‘ldi. 
1.An’anaviylik. 
2. Og‘zakilik va badihago‘ylik. 
3. Jamoalik va ommaviylik. 
4.Variantlilik va versiyalilik. 
5. Anonimlik (asarni yaratgan muallif ismining noma’lumligi)”. 
30
29
Мирзаев Т. Халқ бахшиларининг эпик репертуари. – Т.: Фан, 1979.-170 б. 
30
Путилов Б.Н. Методология сравнительно-исторического изучения фольклора. Л., 1976, ст. 244. 


31 
Ayni paytda ham yozma adabiyot va xalq og‘zaki o‘zaro uzviy va yaqin 
munosabatda bo‘lishdan yangi bir xususiyat va qirralarini namoyon etmoqda. Bu 
xususiyatni shartlilik deb atash mumkin. 
Insoniyat hayotida eng qadimgi xalq og‘zaki ijodining namunasi sifatida 
shumerlarning “Gilgamish“ (ba’zan bu dostonni Bilgamish-“dono hoqon” sifatida 
talqin qilib, turkiy qavmlarga mansub doston sifatida ham talqin qiladilar)dostonini 
ko‘rsatish mumkin. Shumerlar miloddan avvalgi to‘rtinchi ming yillikda 
Mesopotamiyada yashaganlar. “Gilgamish“ dostoni sopol lavhalarga mixxatlar bilan 
yozib qoldirilgan. “Gilgamish” dostoni she’riy matnda yozilgan bo‘lib, doston 
yaratilgan Uruk shahrini madhiya qilish bilan boshlanadi.
Gilgamish, asar qahramoning nomi, u kabi kuchli odam hali yer yuzida yo‘q 
edi, shuning uchun u odamlarga zulm o‘tkazaveradi. Uning zulumlaridan bezgan 
odamlar xudolarga iltijo qiladilar. Xudolar yer yuziga buyuk ayol “xudo” Aruruni 
yuboradilar. Aruru loydan Enkidani yaratadi. U insondan ko‘ra, hayvon (arslon) 
qiyofasiga va qudratiga ega edi. Rejaga ko‘ra, Enkida Gilgamishni mag‘lub qilishi, 
bu kurashda unga hayvonlar yordam berishlari kerak edi.
Gilgamish qanchalik kuchli, jasur va qo‘rqmas bo‘lmasin Xudolarga qarshi 
chiqqani uchun turli boshiga turli sinovlar tushib, ohir-oqibat Gilgamish ham o‘lim 
muqarrar ekanini, abadiy hayot yo‘qligini tushunib yetadi. 
Xalq og‘zaki ijodidagi an’anaviylikni uch yo‘nalishda tahlil qilish lozim. 
Birinchidan, ming yillardan buyon maqoldan topishmoqqacha, qo‘shiqdan 
dostonlargacha bo‘lgan asarlar og‘zaki an’anada yaratilmoqda, og‘zaki tarzda 
yashab kelmoqda. Ikkinchidan, folklor asarlarining ijrosi ijro qilinish vaziyati (urf-
odat, marosim va boshqa shu kabi vaziyatlar) va ijro usuli jihatidan an’anaga ega. 
Uchinchidan, an’anaviylik og‘zaki asarlarning matnida namoyon bo‘ladi. 
Xalq ijodiyotida an’anaviylik matni o‘zgarishsiz tarzda avlodlarga 
yetkazilishi, og‘zakilik asosida yashashi va saqlanishidir. An’ana qandaydir 
noma’lum turg‘unlik emas, balki ketma-ketlik va izchillik natijasida rivojlanadigan 
taraqqiyot bosqichi va bu bosqichda nomoyon bo‘ladigan ma’lum darajadagi 
barqarorlikdir. Putilov ta’kidlaganidek, “An’anaviylik mana shu murakkab hayotda 
doimo o‘sish va harakatda bo‘lgan og‘zaki tarixiy-adabiy jarayonning maxsus 
shaklidir, xalq tarixi, jumladan, folklordagi barcha hodisalar yig‘indisining harakat 
shaklidir”.
31
Xalq og‘zaki ijodidagi matn an’anasining o‘zini ham ikki ko‘rinishga ajratish 
mumkin. Birinchidan, har bir asarning janr xususiyatlarini belgi-lovchi an’anaviylik 
(hajm, shakl, mazmun) bo‘lsa, ikkinchidan, badiiy tasvir vositalari-badiiy 
san’atlarda namoyon bo‘ladigan an’anaviylik. 
Qadimgi davr insoni har doim insonga yaxshilik qilish tarafdori bo‘lgan u 
hayvonlarda ham insonga foydali xususiyatlar bor, deb bilgan. Sehr - jodu vositasida 
hayvonlardagi bu xususiyatlarni insonlarga o‘tk azish mumkinligiga ishongan. 
O‘tmishga hos tafakkur tarzi ba’zi xalqlarda necha ming yillar davom etgan bo‘lsa, 
ayrimlida bu kabi hanuzgacha “yashab” keladi.
31
Мирзаев Т. Халқ бахшиларининг эпик репертуари. – Т.: Фан, 1979.-170 б. 


32 
XIX asrda yangi Gvineyada ilon ovlovchilar avvaldan zaharli ilonni kuydirib, 
yongan kulini tanasiga surtadi va endi hech qanday ilon menga tegmaydi, degan 
ishonch bilan o‘rmonga ilon ovlagani ketgan. 
Xalq og‘zaki ijodi o‘lmas meros sifatida avloddan-avlodga o‘tishda zamon 
bilan hamnafas tarzda sayqallanib, yangicha shakl, mazmun va mohiyat kashf etishi 
mumkin. Lekin, uning asl ildizlari millat, xalqni o‘tmish bilan bog‘lab, milliy 
an’ana, ma’naviyat, madaniyat va qadriyatidan hikoya qiladi. Xalq og‘zaki ijodi 
namunlari: ertak, topishmoq, matal, rivoyat, afsona va doston kabi turli janr va 
usullarga ham bo‘linadi, ularda millat, xalqning orzu umid, o‘tmish an’anasi va 
qahramonliklari yashab, millatni tarbiyalaydi.
Buyuk ipak yo‘li o‘tgan xudud xalqlari ma’naviy, madaniy merosi jumladan 
musiqa, yozuv, san’ati va adabiy merosi, turmush hamda hayot tarzi, tufayli 
ijtimoiy-madaniy integratsiyalashuvga erishdilar. Shu boisdan qadimda asos 
solingan madaniyatlardagi umumiylik, uyg‘unlik nishonalari hozirgacha yaqqol 
sezilib turadi. jumladan, ipak yo‘li kesib o‘tgan mamlakat, xalqlarining 
folklorshunosligi bir-biriga juda hamohang, o‘xshashdir. 
Halq og‘zaki ijodi xoh og‘zaki tarzda xoh cholg‘u yordamida ijro qilinganda 
nafaqat sozlarning o‘hshashligi balki, ularning ohangi bir-biriga yaqin, bir-birini 
to‘ldirib turadi. yoki o‘ziga xos yo‘sinda uyg‘unlikka ega. Yaqin va O‘rt Sharq 
mamlakatlari-Ozarbaydjon, Eron, Arabiston, Hindiston xalqlari urf-odat, anana, 
adabiyot va san’atini deyarli ajratib bo‘lmaydi, ohanglar uyqash, tovushlarida 
betakror sharqona nazokat mavjud.
“Xalq donishmandligini namoyon etuvchi bu kabi xilmaxil janrdagi og‘zaki 
va yozma ijod namunalari qatorida mashhur hind masallar qomusi “Kalila va 
Dimna”, Nizomulmulkning “Siyosatnoma”, Nosir Xisravning “Saodatnoma”, 
“Ro‘shnoyinoma”, Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig”, Mahmud 
Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘otit-turk”, Kaykovusning “Qobusnoma”, Sa’diyning 
“Guliston” va “Bo‘ston” kabi asarlari ham borki, ularda oila tarbiyasi ijtimoiy 
turmushning eng muhim masalalari sifatida talqin etiladi”.
32
Jumladan, “Kalila va 
Dimna”da majoziy, allegorik obrazlar vositasida hayotdagi salbiy ko‘rinishlarga 
qarshi o‘t ochiladi, insonpar-varlik, aql-idrok ulug‘lanadi. 
Kishilik jamoasining qaysi bosqichi olib qaralmasin, xiyonat va jinoyat, 
pastkashlik, ig‘vo, fisq-fasod, zolimlik va munofiqlik inson zotini ulug‘lagan emas. 
Aksincha, bunday odob-axloq, ta’lim va tarbiyaga zid nuqsonlar taraqqiyot yo‘liga 
to‘g‘anoq bo‘lgan, jamiyatning tanazzulga yuz tutishiga sabab bo‘lgan.
“Shohim, mening fikrimcha, insonni butun hayvonlardan yuqori qo‘ygan, uni 
dunyoning butun sirlaridan voqif etgan to‘rt narsa bordir: hikmat, aql, qanoat va 
adolat. Ilm tahsil etmoq, savod chiqarmoq va har narsani atroflicha tushuna bilmoq-
hikmatga, tadbir, sabr, nazokat, marhamat-aqlga, hayo, oliyja-noblik, o‘zini qo‘lga 
olmoq va o‘zining haq-huquqini bilmoq- qanoatga, to‘g‘rilik, va’daga vafo, ezgu 
ishlar qilmoq va yaxshi xosiyatli bo‘lmoq- adolatga tegishlidir. Bu sifatlarning 
32
Нажмидинова К. Оила тарбиясида миллий ва умуминсоний ахлоқий маданиятнинг ўрни. –Т.:2016, Б. 14. 


33 
barisi bir odamda mujassam bo‘lsa, dunyodagi eng buyuk saodat ham uni gangitib 
qo‘ymaydi, eng katta baxtsizlik ham uni sarosimaga sola olmaydi”. 
33
“Kalila va Dimna” hikoyatlari ana shunday teran falsafiy mushoxada va 
tarbiyaviy mulohaza va xulosalarga boy, asarlar asrlar osha jamiyat va oila 
tarbiyasini shakllantirdi. Turli millat, xalq avlodlarining odob-axloq va tarbiya 
topishiga ko‘maklashdi, minglab odamlar qalbiga ezgulik urug‘ini sochdi. Nafaqat 
ziyolilar va hatto oddiy xalq orasida ham mazkur asar g‘oyatda mashhur bo‘lib, 
masallar ichida masallardan iborat murakkab syujet qurilishi o‘quvchilarda zavqu-
shavq va ulkan taassurot uyg‘otgan. Ularning ma’naviy, tafakkur olamini 
boyitganiga sabab, mazkur go‘zal hikmatlar hayotiy masalalarga uzviy bog‘liqligiga 
borib taqaladi. 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling