Ma’ruza mashg`ulotlari 1- mavzu: “Kasbiy ma’naviyat” fanining maqsadi, vazifasi va jamiyat hayotidagi ahamiyati Reja
Mavzu: Dunyo xalqlarining milliy mentaliteti
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
КАСБ МАЪНАВИЯТИ УМК
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
- 4.1. Mentalitetning ilmiy asosi, mazmun va mohiyati.
Mavzu: Dunyo xalqlarining milliy mentaliteti Reja: 4.1. Mentalitetning ilmiy asosi, mazmun va mohiyati. 4.2. Sharq xalqlari mentalitetning uzviyligi va o‘ziga xosligi 4.3. G‘arb xalqlari mentalitetning uzviyligi va o‘ziga xosligi 4.4. O‘zbek xalq mentalitetida uzviyligi va o‘ziga xosligi Tayanch iboralar Mentalitet,shaxs, sotsial gurux, aqliy qobiliyat darajasi, ma’naviy salohiyat, ma’naviyat, ma’rifat, madaniy o‘ziga xoslik, milliy qadriyat (aksiologiya), jamiyat, 45 millat, shaxs mentaliteti, makon va zamon hodisasi, tarix va tarixiylik, an’ana, urf- odat, ma’rosim, diniy e’tiqod, Sharq va G‘arb, Sharq va Markaziy Osiyo xalqlari, Markaziy Osiyo xalqlarining islomgacha bo‘lgan davri, Uyg‘onish davri, O‘rta asrlarda din, ilm-fan va falsafa, yangi davr Yevropa va Sharq dunyosi. 4.1. Mentalitetning ilmiy asosi, mazmun va mohiyati. Mentalitet jamiyat, millat yoki shaxsning o‘ziga xos tarixiy an’ana, urf-odat va diniy e’tiqodini ham qamrab oladi. Har bir millatning menta-liteti uning tarixi, yashab turgan shart-sharoiti, ijtimoiy faolligi va boshqa bir qancha omillar bilan bog‘langan bo‘ladi. Agar, Misr, Bobil, Hind va Xitoy xalqlari mentalitetini ularnin sivilizatsiyani shakllanish jarayoni deyarli yetti ming yillik tarixga ega bo‘ladi. Bu xalqlarning insoniyat tarixini o‘zining moddiy va ma’naviy madaniy boyligi, bebaho durdonalari bilan boyitgan. Ularning mentaliteti kabi akliy qobiliyati ham o‘sib, o‘tkirlashib borgan. Ammo bu xalqlarning o‘tmish ajdodllari tarixiy evolyusiyasi jarayonida nafaqat muvvafaqiyat balki, turli istibdod va mustamlakachilik zulmini boshidan kechirganligi tufayli milliy menta-litetiga jiddiy putur yetdi. Bugungi kunda bu xalq vakillari oldida o‘tmish ajdodlarining o‘tmishdagi ilmiy merosi bilan bir qatorda urf-odat, axloq va odob kabi o‘lmas hamda betakror an’analari, haqiqiy mentalitetini tiklash vazifasi turibdi. “Mentalitet (lotincha mentalis-akliy)-ayrim kishi yoki ijtimoiy guruxga xos aqliy qobiliyat darajasi, ma’naviy salohiyat. Jamiyat, millat yoki shaxsning mentaliteti ularning o‘ziga xos tarixiy an’analari, urf-odatlari, diniy e’tiqodini ham qamrab oladi”. 47 Insoniyat tarixida chuqur iz qoldirgan ulug‘ allomalar, harbiy sarkar-dalar, siyosat, sanoat, din arboblari va xalq orasidan yetishib chiqqan ilg‘or fikrli shaxslarning o‘z xalqi oldidagi kamtarona mehnati tufayli millat, xalqning o‘tmishining ajralmas qismiga aylanishi mumkin. Turli tarixiy davrlarda jamiyatning manaviy-intellektual hayotida goh din, goh fan, goh sanoat, goh siyosat arboblari yetakchi mavqeni egallab kelganlar. Dehqonchilik ishlab chiqarishiga asoslangan agrar jamiyatlarda esa xalqning ziyoli qatlami alohida sotsial qatlam, jamiyatni harakatlantiruvchi kuch sifatida ajralib chiqmagan edi. “....O‘zini anglagan inson o‘zi uchun nima foydaliligi va nimalarga qodir ekanligini yaxshi tushunadi. U qo‘lidan keladigan ish bilan shug‘ulla-nish asnosida o‘z ehtiyojini qondiradi va saodatga erishadi. Har qanday xato va baxtsizliklardan xoli bo‘ladi. Buning natijasi o‘laroq, u o‘zga odamlarni qadrlay oladi va ulardan ezgulik yo‘lida foydalana biladi. Oqibatda o‘zini kulfatlardan asraydi ”-degan edi Suqrot Avvalo insoni o‘zini va uni o‘rab turgan atrof-olam sir-sinoatlarga boy, shuningdek jamiyat va uni tashkil qiluvchi insonlar ham bu sirlardan bohabar bo‘lish uchun esa inson doimo izlanishda bo‘lishi lozim. 47 Гачев Г. Ментальности народов мира. –М.: 2018. 46 Mintalitet tushunchasi inson, shaxsning aqliy qobilyati bilan bog‘liq ekan avvalo aql insoni rivojlanishiga qanday ta’sir ko‘rsatadi degan savolga javob topish kerak bo‘ladi ? “اذإ كَلَقَع كًلْقَع امع لا يغبني تنأف لقاع, agar aqling seni noma’qul ishlardan man qila olsa, sen (chindan ham) oqilsan”- degan edi, Omir ibn Abdi Qays. Aql arabcha so‘z bo‘lib, “tutish”, “qaytarish” va “chegaralash” kabi lug‘aviy ma’nolarni anglatadi. Demak, insondagi aql ham o‘z egasini yomon axloq-lardan, qayri oddiy, zararli ishlardan qaytarib, uni insoniylik chegarasida ushlab turadi. Insonga ato etilgan aql haqida Yahudiy (Tavrot, Zabur)lik, Nasroniy (Injil, Bibliya)lik va Islom(Qur’oni karim)da bir necha bor u to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan. Aql-inson miyasining dunyoni aks ettirish, shaxsning voqea yoki xodisa-larga nisbatan bo‘lgan munosabatlarini boshqarib turadigan faoliyatidir. Aql ob’ektiv dunyoda ro‘y berayotgan voqea-hodisalarning muhim qonuniy aloqa- munosabatlarini aks ettirishi va shu tariqa voqelika nisbatan ijodiy yondashuv tufayli uni o‘zgartirish imkonini beradi. Fikrning teranligi, tanqidiyligi, uyg‘unligi, kengligi va tezligi aqlning eng muhim sifatlari hisoblanadi. Aql inson, shaxsning yashash sharoiti ta’sirida, faoliyat va ayniqsa ta’lim-tarbiya jarayonida yuzaga kelib, rivojlanadi. Bir necha falsafiy oqimlarda Aql oliy ibtido va mohiyat (panlogizm), insonlarning bilishi va xulqi asosi (ratsionalizm) deb tushuniladi Ratsionalizm an’analari qadimgi grek falsafasida Parmenid bilimni aql vositasida olingan “haqiqiy” bilimga va sezgilar orqali olingan bilimlarga ajratdi. Qobiliyat-insonning shaxsiy salohiyati va imkoniyatini belgilovchi omil bo‘lib, qobiliyat bilimdan keskin farq qilib, bilim mutolaa natija-sidir. Shu bois qobilyat, shaxsning psixologik va fiziologik xususiyati mahsuli sanaladi. Biroq, qobiliyat ko‘nikma va malakadan farq qiladi. Aksariyat, ilmiy manbalarda mohirlik va shaxs qobilyatini aynan bir holat, jarayon deb qaraladi. Lekin qobiliyat, yaratuvchilik borasida ma’lum bir ko‘nikmaga ega bo‘lgan inson, shaxsning faoliyati davomida malakaga ega bo‘lishdan takomillashib boruvchi jarayonga nisbatan aytiladi. Har qanday qobilyat turi ma’lim bir inson, shaxsga tegishli murakkab psixologik tushunchadan tashkil topgan va u faoliyatg talablariga mutanosib xususiyatlar tizimini qamrab oladi. Shu bois qabilyat deganda biror-bir xususiyatning o‘zini emas, balki shaxs faoliyatining talablarga javob bera oladigan va shu faoliyatda yuqori ko‘rsatkichlarga erishishni ta’minlashga imkoniyat beradigan xususiyatlar, sintezini tushunish lozim bo‘ladi. Barcha turdagi qobilyatning asosi, poydevori, ya’ni tayanch xususiyati- kuzatuchanlik bo‘lib, insonning fahmlash, ob’ektning u yoki bu alomatlarini ko‘rish, farqlash va ajrata olish ko‘nikmasidir. Qobiliyatning yetakchi xusu-siyati biror bir buyum( predmet)ni voqea, hodisa va jarayonlar mahsulini mohiyatini ijodiy tasavvur qilishidir. U inson, shaxsning ijodiy jixat-dan shakllanish, rivojlanishi natijasi bo‘lishi bilan birga, tabiiy manbaga ham egadir. Hozirda zamonaviy jamiyatda bo‘y ko‘rsatgan har qanday yangilik, avvalo o‘tmish mahsuli sifatida namoyon bo‘ladi. Jumladan, miloddan avvalgi III-IV ming yillikda qadimgi Bobilda inson, shaxs qobiyatini aniqlashning ilk metodlari ishlab chiqilgan. Qadimgi Bobilda istiqomat qilgan qulfurush-lar, Misr yoki Hindlar kabi 47 qullarni olib sotish bilan emas balki, ularning qobiyatidan kelib chiqib, ta’lim va tarbiya berib, ulardan bir umr foyda-langan. Chunki, ol eng qobilyatli qullarga savdo-sotiq, ish boshqaruvchi va hisob-kitob amalini o‘rgatishgan. Qul egasi, xo‘jayin o‘z nomidan balog‘atga yetgan quliga, faoliyat ko‘rsatish uchun ruhsat (litsenziya )noma va muhr bergan, qul topgan daromadining 40 % o‘ziga olib, 60 % o‘z xo‘jayiniga to‘lagan. 48 Tajribasi ortib borishi bilan daromadi ham ko‘paygan biroq, o‘z ozodligini sotib olish huquqiga ega bo‘lmagan, karvonsaroy, ta’madixona, uy xizmatchisi va bola tarbiya(murabbiylik)lash, ya’ni xizmat (s yervis) ko‘rsatish kabi mashg‘u- lotlarni bajarib, daromad topishgan. Lekin, qullarning maktabda bolalarga o‘qituvchilik qilishiga izn berilmagan chunki, azal-azaldan Sharqda ta’lim, tarbiya va bilim berish sharafli vazifa hisoblanib, faqat ozod fuqarolarga ruhsat berilgan. Shu sababdan qadimgi Sharqda ilk ta’lim o‘chog‘lari ibodatxonalar qoshida bo‘lib, ta’lim va tarbiyaa bilan asosan rohiblar mashg‘ul bo‘lgan. Qobilyatni yuzaga keltiruvchi omil zehn bo‘lib, u muayyan bir faoliyatga yoki ko‘pgina narsalarga nisbatan ortiqcha qiziquvchanlik, moyillik tufay-liginga harakat, intilishdan namoyon bo‘ladi. Zehnli inson, shaxs belgisi sifatida qobilyatning ichki imkoniyatlarining tabiiy asosini tushunish lozim. Inson, shaxsida ishtiyoq, moyillik, mehnatsevarlik va ishchanlik kabi xislatlar, o‘ziga nisbatan talabchanlik mahsuli sanaladi. Inson, shaxsga xos qobiliyat tushunchasi mazmun hamda mohiyatiga ko‘ra umumiy va maxsus turkumlarga bo‘linadi. Umumiy qobilyat deganda inson, shaxsining yuksak aqliy imkoniyatining taraqqiy etgan holati tushinilib, qobiliyat tabiiy ravishda shakllanishi va muayyan reja asosida rivojlantirilishi mumkin bo‘ladi. Inson,shaxs qobil-yati ma’lum bir faoliyat turiga moyillik yoki intilish orqali, yoki tabiiy zehn belgilarini aniqlash va ma’lum bir mutaxassis yordamida uzluksiz faoliyatga jalb etishdan yuzaga chiqarish mumkin. Inson,shaxs qobilyatini takomiliga yetkazishning maxsus vositalarini qo‘llab, shaxsning faollik alomatlarini maksimal darajada rivojlantirish imkoniyati mavjud. Shuningdek, inson shaxsiga alohida bir e’tibor bilan yondashuvni umumiy talablar bilan uyg‘un tarzda olib borib ham rivojlantirish yo‘llari ham bor. Qobiliyatning yuqori darajasi iste’dod va daholikda namoyon bo‘ladi. Inson, shaxs qobilyatini rivojlanishida tafakkur ham muhim ahamiyat kasb etar ekan, tafakkur tushinchasini tahlil etish lozim bo‘ladi. Tafakkur-nson miyasining alohida funksiyasi. Tafakkur-inson akliy faoliyatining yuksak rivojlangan shakli bo‘lib, ob’ektiv voqelikning ongda aks etish jarayoni. Tafakkur atrof muhitni, unda ro‘y berayotgan ijtimoiy hodisa, voqelik va jarayonlarni bilish “quroli”, shuningdek, inson faoliyatining amaliy sharti bo‘lib hisoblanadi. U sezgi, idrok va tasavvur jarayonlariga qaraganda voqelikni o‘zida to‘la va aniq aks ettiruvchi yuksak bilish hodisasidar. Bozor iqtisodiyoti sharoitida nafaqat tovar, mahsulot va ishlab chiqa-rishda ham keskin raqobat muxiti yuzaga kelganidek ta’lim, mehnat faoliyatini amalga oshirish va boshqa shu kabi soxalarda raqobat mavjud bo‘ladi. Keskin raqobat 48 Хайруллин И.Т. История образования и педагогической мысли. Казань – 2014 48 muxitida esa inson, shaxs o‘z iqtidori, bilim, malakasi va iqtidori kabi sifatlarini namoyon qilgan holda raqobatga kirishadi. Inson, shaxs ish beruvchini talab va ehtiyojidan kelib chiqqan holda doimo o‘z ustida ishlashdan dunyoqarashi, tafakkur tarzi, iqtidori va malaka talabini rivojlatirib boradi. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling