Ma’ruza mashg`ulotlari 1- mavzu: “Kasbiy ma’naviyat” fanining maqsadi, vazifasi va jamiyat hayotidagi ahamiyati Reja
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
КАСБ МАЪНАВИЯТИ УМК
Hindiston-federativ respublikasi Buyuk Britaniya hamdo‘stlik tarki-biga
kiradi, aholi soni esa 1 425 771 530 nafar, byudjet daromadi esa 620 739 dollar. Dunyo reytingida 8-o‘rini egalaydi lekin, aholisining 75% qashoq-likda turmush kechiradi, bu taxminan bir milliardni tashkil qiladi. So‘ngi statistik taxlillarga ko‘ra Afrikaning qashshoq aholisidan ham hindlar nochor sharoitda yashar ekan. Hindistonda 300 millionga yaqin aholi elektr energiyasi bilan 100 million ortiq aholi esa toza ichimlik suvi iste’mol qilishdan mahrum. Bu qadar og‘ir shart- sharoitda yashasada aholisining o‘rtacha umr ko‘rsatkichi 70.8 yosh, erkaklarni o‘rtacha umr ko‘rsatkichi 69.5, ayollarda esa 72.2 yosh, dunyo statis-tikasiga ko‘ra bu ko‘rsatkich 67,2 yosh bo‘lib, eraklarda 65 yosh va ayollarda esa 69,5 yoshni tashkil etadi. Aholining o‘rtacha oylik daromadi 6300 rupiy bo‘lib, bu esa 90 AQSh dollariga teng, yalpi maxsulot ishlab chiqarish 6,91 ming bo‘lib, 17500 dollarni tashkil etadi. Katta yoshli aholining 81% va balog‘ot yoshidagilarning 91,66 % savodili, har yili 10-11 million yoshlar oliy ta’lim muassalarida o‘qib, bakalavir darajasini oladi. Hindiston ko‘p dinlik va ko‘p millatlik mamlakat, shundan 14.4% yoki 202 million aholi Islom diniga e’tiqod qiladi. Mamlakatda 440 dan ortiq til va 2000 yaqin dialekt bor, davlat tili hind va ingliz tili, yana yana 20 ta rasmiy til mavjud, aholining 10% ingliz tilida muloqot qiladi. Shu jihati bilan Hindiston murakkab ahloqiy dilemmaga ega bo‘lgan mamlkatlar tarkibiga kiradi. Aksariyat hind oliy o‘quv yurtlarida ta’lim, ingliz tilida olib boriladi, yuqori reytinga ega ilmiy nashrlar ham ingliz tilida nashr qilinadi. Ish topish, yuqori daromadlik ish o‘riniga ega bo‘lash uchun ham ingliz tilini bilish talab qilinadi, shu sabab bu tilga nisbatan ayniqsa yoshlar o‘rtasida qiziqish katta. So‘ngi yillarda Hindiston dunyo moliya bozoriga shiddat bilan kirib bormoqda: State Bank of India, HDFC Bank, ICICI Bank, Punjab National Bank, Bank of Baroda, Union Bank of Indi, Axis Bank va Bank of India kabi moliya institutlari nafaqat o‘z mamlakatida balki jahon iqtisodiy rivojlanish soxasida ham o‘z o‘rniga ega bo‘lmoqda. 50 Hozirgi davrda inson hayotida turli xil axborot va bilimlar yuksak ahamiyat kasb etib, bilimlar mafkuraviy immunitet tizimining asosiy unsuri hisoblanadi. Biroq hozirda bizga ma’lum va ma’lum bo‘lmagan bilim-lar ko‘p demak, mafkuraviy immunitet tizimidagi bilimlar ob’ektiv bo‘li-shi, voqelikni to‘g‘ri va to‘liq aks ettirishi, inson ma’naviyatini boyitib, jamiyat taraqqiyoti hamda yuksalishiga xizmat qilishi lozim. “Qur’oni Karimning 55-surasida “Xalaqal insona allamahul bayon”, ya’ni “Insonni yaratdi va bayonni o‘rgatdi” oyati mavjud. Nozil qilinganidek, insonni yaratgan va unga kalomni takdim etgan Ollohning o‘zi unga fikrlash va ushbu fikrni ifodalash qobiliyatini ham ato etgan. Shuning uchun bo‘lsa kerakki, odamzot nafaqat fikrni ifodalashda lisoniy qobiliyatga murojaat qiladi, balki ushbu qobiliyatni shakllantiruvchi vosita-til haqida fikr yuritishni ham unutmaydi”. 49 Marginal(fransuzcha cheklov, lotincha xulq-atvor)lik, ya’ni ma’lum bir sotsial shaxs, guruxning dunyoqarashida qadriyat, insonliylik, milliy iden-tiklik kabi tushunchalarni inkor qilishga nisbatan aytiladi. Marginallik sabablari asosan aralash nikohdan tug‘ilgan farzandlar tarbiyasida, yoki o‘z milliy o‘zlika xos ma’naviyat, madaniyat va qadriyatlarni inkor qilishi tufayli namoyon bo‘ladi. Hindiston aholisining ingliz tiliga bo‘lgan qiziqishi ortgandan ortib bormoqda. Yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, hind yoshlarini ingliz tili tufayli ilm-fan, tibbiyot, axborot texnologiyasi va boshqa bir qator soxalarda dunyo integratsiyasiga erishdi. O‘tmishda ko‘p millat, din va tilga ega bo‘lgan mamla-kat hozirda ingliz madaniyatini ustivor qo‘yuvchi sotsialmadaniy guruxni yuzaga keltirdi. Hindistonda mashinasozlik, himiya, formasevtika, og‘ir sanoat, yengil sanoat, ya’ni to‘qimachilik va informatsion texnologiya soxasida yetakchi o‘rini egallaydi. Shunigdek, axborot texnologiya va dasturlashga nisbatan qiziqish ortgan umumiy aholining 12.3% dan ortig‘i shu soxada faoliyat yuritadi. Borliq, inson ongidagi aksi to‘gridan-to‘gri bevosita “ko‘zgudek toza” bo‘lishi mumkin emas, bu aks bilish sub’ektining ob’ektga munosabati ta’si-rida bo‘lib, ammo ushbu ta’sir doirasi inson imkoniyatlariga bogliq, ma’lum chegarada kechadi. Borliqning inson tomonidan idrok etilishi, bu idrok sezgi organlari yoki biror bir asbob vositasida bo‘lishidan qat’iy nazar, doimo sub’ektivdir. Lekin bu bilan voqelik to‘grisida ob’ektiv ma’lumotga ega bo‘lish mumkin emas, deya xulosa qilib bo‘lmaydi. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling