Ma’ruza mashg`ulotlari 1- mavzu: “Kasbiy ma’naviyat” fanining maqsadi, vazifasi va jamiyat hayotidagi ahamiyati Reja
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
КАСБ МАЪНАВИЯТИ УМК
Fransiya-G‘arbiy Yevropada joylashgan va davlat tuzimi-respublika shiori
“Erkinlik, tenglik va hamdo‘stlik”, poytaxti-Parij, ma’muriy jihatdan 22 region (viloyat) va 96 departamentga bo‘lingan. Yer maydoni 547,03 ming kv km, aholisi soni 65790152 kishini tashkil etadi. Aholining 41% katolik, 40% dini inkor qiluvchilar va boshqa turli dinlarga e’tiqod qiluvchilar tashkil etadi. Fransuz xalqi tafakkur tarzi va dunyoqarashi xuddi e’tiqodi kabi erkin va xudud bilmaydi. Fransuz xalqi fikr dunyosini lisoniy jihatdan batafsil o‘rganish, tilida madaniy qadriyatini qay tarzda, qanchalik saqlaga-niga baholashdan yaxshiroq tushunish imkonini beradi. Fransiyada xristianlik o‘ziga xos jihatlarda shakllangan, aholining ayrim toifasi unga nisbatan hayrihox munosabatda bo‘lgan bo‘lsa, aksariyati dinga nisbatan tanqidiy fikr mavjud bo‘lan. Diniy rahnamo, ruhoniylar xalqdan o‘z ruxiyatidagi hasadgo‘ylik, ochko‘zlik va munofiqlik kabi salbiy sifatlarini qanchalik yashiririshga urinmasin baribir oshkor bo‘lib qolardi. Shu bois ham fransuz xalqining cherkov xizmatchilariga nisbatan salbiy munosabati fransuz tilining iboralarida ham o‘z aksini topgan. 54 O‘z e’tiqodidan voz kechgan murtad va daydining gunohidan kechib, xudo- jo‘ylar safiga qaytishiga 12 dublon, 3 dukat va 6 karling turadi. Bu kabi mubolag‘ali fikrlar Volter, Didro va Rable singari o‘z davrining ilg‘or fikrli mutaffakirlari asarlarida ham bayon etilgan. L’absolution d’un apostat et d’un vagabond qui veut revenir dans le giron de l’église coûte douze tournois, trois ducats et six carlins (Voltaire, “Dictionnaire philosophique”). Lekin shu kabi jihatlarga qaramay fransuzlar milliy mentalitetini tashqi ta’sirlardan yetarli darajada muhofaza etganlar. Bu borada antik dunyoning sotsiomadaniy qarashlari maqbul bo‘lgan. Zero fransuzlar antik davrga xos haqiqat, tafakkur tarzi va ratsional(oqil)likni qadirlashgan. Rim davlatchiligi huquqi tizimi avvalo, ijtimoiy tabaqaga oid tizim fransuz ratsionalizmini yangicha qarash hamda tushunchasi bilan to‘ldirilgan. Buyuk fransuz revolyusiyasi bilan uyg‘unlikda zamonaviy fransuz mentaliteti ichki va tashqi mohiyatini belgilab bergan ikkinchi global sotsiomadaniy mazmun deb hisoblash mumkin. “Mentalitet” tushunchasini iqtisodiy, ma’naviy, sotsial va madaniy jihatdan tahlili xalqlarning madaniy an’analari va qadriyatlarini yanada kengroq anglashimizga yordam beradi. Milliy til bu milliy o‘zlik va madaniyatning ajralmas qismi sifatida til mental qadriyatlarni targ‘ibot-chisi hisoblanadi. Shu tariqa mentalitet har bir xalq, millatning nafaqat dunyoni anglashi, balki o‘zini jahonga namoyon etishida o‘ziga xos sotsial-psixologik yadrosi sifatida ko‘riladi. Mentalitetni xalq, millatning madaniy ildizini belgilovchi tashkiliy ibtidosi deya baholash mumkin, til esa bizga mentallik sohasiga kirishga yordam beruvchi yagona yashirin vosita deb qarash mumkin. Zero til va mentalitet olamning u yoki bu madaniyatda mansubligini aniqlab beradi. T.B. Radbil ta’kidlaganidek, “…ibtidoiy ong miqyosida mentalitet deb atab kelingan narsa qadimdan bizning ekzistensial tajribamizning shartsiz mavjudligi sifatida his qilinadi. Bunga bizni folklordan olingan ma’lumotlar, xususan, milliy mavzudagi latifalar, frazeologizm, maqol va matallarning lisoniy materiali hamda falsafiy, madaniy va adabiy an’ana-lar ishontiradi”. Fransuz jamiyati katolik taqvosi va e’tiqodda sobit turadi biroq, din hamda diniy qarashlarida ingliz xalqining diniy xayrixoxligiga nisbatan qarashlari anchayin erkindir. Fransuzlarda hukmronlikni pisand qilmas-lik mavjud bo‘lib, davlat tuzimi va qoidalarni tanqid qilish va hatto chet ellik mehmonlar bilan bo‘lgan suhbatda ham manifestatsiyalarda ishtirok etishlarini yashirmaydilar. Tabiatdan asosan bag‘rikeng va oqko‘ngil bo‘lganligi uchun fransuzlar o‘zlari qo‘shilmaydigan fikrga ham hurmat bilan qarashadi. BNP, Paribas, Crédit Agricole, Société Générale, Crédit Mutuel va Caisse des Dépôts et Consignations likvidli aktivlarining yuqoriligi bilan xalqaro moliya institutini mavjudligi mamlakatning iqtisodiy saloxiyatidan dalolat beradi. Yangi davr Yevropada sanoat ishlab chiqarishiga asoslangan industrial jamiyatda bozor munosabatlari to‘liq rivojlangan bir sharoitda intelligen-siya, alohida sotsial qatlam sifatida ajralib chiqib, ilm-fan va jamiyat taraqqiyotini tezlashtiruvchi ijtimoiy farovonlik va mo‘l-ko‘lchilikni taominladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling