B a yo n I №2023-yil 14-fevral O`rtaqo`rg`on mfy
Download 17.75 Kb.
|
Buyuk Siymolar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Raislik qiluvchi: N.Xayrullayeva
- Sh.Maxmatmurodov
- “Buyuk siymolar”
- QAROR QILADI
- 82-maktab direktori N.Xayrullayeva Bayonlashtirdi: IMMBT G.Yuldoshevna
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Shahrisabz tuman bo‘linmasi hamkorligida tumani82-sonli umumta’lim maktabida “Buyuk Siymolar” shiori ostida o’tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbiri B A YO N I № 2023-yil 14-fevral O`rtaqo`rg`on MFY
KUN TARTIBI 1.So‘z mulkinining sultoni mir Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi munosabati bilan “Buyuk siymolar” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazish. ESHITILDI Tadbirni maktab direktori N.Xayrullayeva olib bordi va yig’ilishni ochib berish uchun so’zni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Shahrisabz tuman bo‘linmasi bosh mutaxassisi Sh.Maxmatmurodovga berdi. Mana oradan besh asrdan ortiq vaqt o'tibdiki ulug' mutafakkir bobolarimiz, so'z mulkining sultoni Alisher Navoiy hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning boy ma'naviy merosi butun dunyoni hayratga solib, insonlar qalbiga, ongu shuuriga ezgulik, insonparvarlik, saxovat va mehr-muruvvat nurini taratib kelmoqda. Shu kunlarda yurtimizda Alisher Navoiy tavalludining 582 hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi keng nishonlanmoqda. Navoiy va Boburning hayoti va ijodini o'rganar ekanmiz, ular umri davomida xalqqa xizmat qilib, bunyodkorlik, yaratuvchanlik ishlarida shaxsiy ibrat ko'rsatganini yanada yorqinroq bilib olamiz. Ular barcha asarlarida ana shu ezgu g'oyalarni targ'ib etdi. Har ikki ijodkor dunyo adabiyoti tarixida juda katta o'rin tutgan, xalqparvar davlat arbobi sifatida jamiyatda tutgan yuksak mavqei jihatidan ham, ilm-fan, madaniyat va san'at, adabiyot ahliga ko'rsatgan homiyligi jihatidan ham o'xshashi yo'q siymo, ular bugun o'zbek xalqining milliy iftixoriga, adabiy, ma'naviy kamolot timsoliga aylangan. Alisher Navoiyning ijodini o'rganish bo'yicha so'nggi yillarda qator taniqli tadqiqotchilar ish olib borayapti, bugungi kunda ham uning ijodiy merosi ko'pgina olimlarimizni ilhomlantirib, ma'naviyatimiz asoslarini buyuk bobomizning bebaho merosidan ayro tasavvur etib bo'lmaydi.Hayoti davomida Navoiy musulmon Sharqining turli mamlakatlarida bo‘ladi, o‘z davrining taniqli shaxslari bilan ko‘rishadi. O‘zining she’riy mahoratini oshiradi. O'z o'rnida Bobur buyuk davlat arbobi, mohir sarkarda sifatida aql-zakovati va shijoati bilan Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos solganligi, o'zbek tilida yozilgan “Boburnoma”, “Mubayyin”, “Xatti Boburiy”, “Harb ishi”, Musiqa sirlari”, “Qofiya ilmi” kabi asarlari bilan jahonning mashhur tarixnavis olimlari qatoridan joy olgan deb ma’lumot berib o’tdi va so’zni ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi M.Hamidovaga berdi. Alisher Navoiy butun hayoti davomida adabiy asarlarni siyosat bilan birlashtirgan. Yuqori mansabga ega shaxs bo‘la turib, u mamlakat hayotining ijtimoiy-iqtisodiy takomillashishiga katta hissa qo‘shgan, ilm, fan, san’at rivojiga homiylik qilgan, tinchlik va totuvlik hukmron surishiga doim harakat qilgan. Ko‘rib turganimizdek, Navoiy merosi mavzu va janrlari bo‘yicha turlidir. Uning asarlari XV asrdan hozirgi kungacha o‘zbek adabiyoti rivoji uchun xizmat qilib kelmoqda. Asrlar davomida uning asarlari taqlid va ilhom manbai bo‘lib hisoblanib kelgan. O‘zining ijtimoiy va badiiy mohiyatiga binoan, Navoiyning “Hamsa”si O‘rta Osiyoda yuqori o‘ringa ega bo‘lgan. U ko‘p marotaba qayta ko‘chirilgan. Hozirgi kunda “Hamsa” yoki uning dostonlarining katta ro‘yhati mavjud. Birgina Abu Rayhon Beruniy nomidagi sharqshunoslik instituti fondining o‘zida XV-XX asrlarda qayta ko‘chirilgan 166 ta qo‘lyozma bo‘lib, ular to‘liq “Hamsa” asari yoki uning alohida dostonlarini tashkil etadi. Shulardan 84 tasi to‘liq doston ko‘rinishidadir. Navoiy “Hamsa”sining miqdori va keng tarqalishi uni O‘rta Osiyo intellektual hayotida alohida o‘rin egallaganligini ko‘rsatadi deb so’zni yakunladi. Shuningdek Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Shahrisabz tuman bo‘linmasi mutaxasisi T.Uzoqov ham so’zga chiqib, Sharq madaniyati, adabiyoti va sheʼriyatida oʻziga xos oʻrin egallagan adib, shoir, olim boʻlish bilan birga yirik davlat arbobi va sarkarda hamdir. Bobur keng dunyoqarashi va mukammal aql-zakovati bilan Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos solib, bu mamlakat tarixida davlat arbobi sifatida nomi qolgan boʻlsa, serjilo oʻzbek tilida yozilgan “Boburnoma” asari bilan jahonning mashhur tarixnavis olimlari qatoridan ham joy oldi. Uning nafis gʻazal va ruboiylari turkiy sheʼriyatining eng nodir durdonalari boʻlib, “Mubayyin” (“Bayon etilgan”), “Xatti Boburiy”, “Harb ishi”, Aruz haqidagi risolalasi esa islom qonunshunosligi, sheʼriyat va til nazariyasi sohalariga munosib hissa boʻlib qoʻshildi. Bobur Hindistonda katta hajmdagi davlat ishlari bilan bir qatorda oʻzining adabiy-badiiy faoliyatini ham davom ettirdi va yuqorida zikr etilgan asarlarini yaratdi. Boburning butun jahon ommasiga mashhur boʻlgan shoh asari “Boburnoma”dir. “Boburnoma”ni varaqlarkanmiz, koʻz oldimizdan Markaziy Osiyo, Afgʻoniston va Hindiston xalklariga xos boʻlgan fazilat va nuqsonlar, ularning tafakkur olamini kengligi va murakkabligi bilan birga, oʻsha davrdagi hayot muammolari, Bobur davlatidagi siyosiy va ijtimoiy hayotning toʻliq manzarasi namoyon boʻladi. Bobur lirik sherʼlari va tarixiy “Boburnoma”sidan tashqari islom qonunshunosligi va boshqa sohalarda ham asarlar yaratgan. 1522 yilda oʻgʻli Humoyunga atab yozgan. “Mubayyin” nomli asarida oʻsha zamon soliq tizimini, soliq yigʻishning qonun-qoidalarini, shariat boʻyicha kimdan qancha soliq olinishi va boshqa masalalarni nazmda izohlab bergan. “Xatti Boburiy” deb atalgan risolasida arab alifbosini turkiy tillar, xususan oʻzbek tili nuqtai nazaridan birmuncha soddalashtirib berishga harakat qilgan. Boburning aruz vazni va qofiya masalalariga bagʻishlangan. Bobur oʻzining maʼlum va mashhur asarlari bilan tarixnavis adib, lirik shoir va ijgimoiy masalalar yechimiga oʻz hissasini qoʻshgan olim sifatida xalqimiz maʼnaviy madaniyati tarixida munosib oʻrin egallashi haqida batfsil ma’lumotlar berib o’tdi. Tadbirda tuman madaniyat xodimi X.Shukurov o’zining milliy qo’shiqlari bilan barchaga ko’tarinki kayfiyat ulashdi va maktabning iqtidorli o’quvchi yoshlari va o’qituvchilari tomonidan buyuk ijodkorlarining g’azallaridan namunalar, sahna ko’rinishlari ijro etdi. Kun tartibidagi mavzu yuzasidan maktab direktori N.Xayrullayeva va MMIBDO` O` Raximovlar ham ko’plab ma’lumotlar berib o‘tdi. Bildirilgan fikr mulohazalaridan kelib chiqib, yig‘ilish QAROR QILADI: 1. Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag’ishlab eshittirilgan axborotlar ma’lumot uchun qabul qilinsin va ijroga yo‘naltirilsin. 2. Ushbu targ‘ibot tadbirlarini muntazam o’tkazib borishni tashkil qilish maktab MMIBDO’ (O`.Raximov) va IMMBT (G.Yuldoshevna) zimmasiga yuklatilsin. 82-maktab direktori N.Xayrullayeva Bayonlashtirdi: IMMBT G.Yuldoshevna Download 17.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling